Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Fikus, elastika
fikus (Tutdoshlar oilasi). Vatani — Hindiston. Tanasi tik o’sadigan 
va barglari tuxumsimon, yirik-yirik, terisimon, yaltiroq bo’ladigan daraxt. Barglari 
navbatma-navbat joylashgan, uzun-uzun bandlari bor. Bu o’simlikning barglari 
chiroyli ola rangda bo’ladigan xillari bor. Fikusning yosh barglari naycha holida 
o’ralgan bo’lib, pushti rang g’ilofcha bilan qoplanib turadi; barg yozilganida g’ilofi 
tushib ketadi. Fikus kauchukli o’simlikdir, uning poya va barglarida tarkibida 
kauchuk bo’ladigan sutsimon oq shirasi bor. 
O’rtacha issiq xonada yaxshiroq o’sadi, yozda ochiq havoda o’sishi mumkin. Yozda 
uni mo’l-ko’l sug’orib turish kerak, suv purkab turish ham o’rinli; qishda o’rtacha 
sug’oriladi. Bu o’simlik salqinroq xonada issiqlik manbaidan, yelvizakli joylardan 
nariroqqa qo’yiladi, aks holda fikus barglarini to’kib yuboradi. Bu o’simlik 
yorug’likning o’rtacha miqdorda bo’lishiga ko’nib ketaveradi, lekin ola bargli xiliga 
ko’p yorug’lik kerak. Fikus qalamchalaridan ko’paytiriladi; qalamchalarini ekishdan 
oldin sutsimon shirasi chiqib ketsin deb bir necha kun suvga solib qo’yiladi. Yosh 
o’simliklarni har yili, qarilarini bir necha yilda bir marta qum aralash oziqli tuproqqa 
ko’chirib olib o’tqaziladi. 
Fuksiya
(Qipreylar oilasi). Vatani — Janubiy Amerika. Past bo’ylikkina daraxt yoki 
buta; poyasining pastki qismi yog’ochlanib boradi; yosh novdalari sershira, qizg’ish, 
ularda qizil bandli mayda-mayda tuxumsimon barglar qarama-qarshi joylashgan 
bo’ladi. Bargining o’rtasidagi tomiri qizil, barg plastinkasining cheti mayda tishli. 
Fuktsiya yozda shig’ab gullaydi. Gullari yirik, chiroyli, solinib turadigan, oddiy va 
seryaproq, gultoj kosachasi ochiq, oq yoki qizil rangda bo’ladi. Gulini toji bilan 
kosachasi ko’pincha pushti rangda; gul toji ba’zan moviy, oq, pushti, qizil bo’ladi. 
Fuksiya — yorug’sevar o’simlik; yorug’lik yetishmay qolganida bu o’simlik bo’yicha 
o’sib, gullamay qo’yadi. Yozda fuksiya mo’l-ko’l sug’orilib, o’g’itlar bilan vaqti-
vaqtida oziqlantirib turiladi, qishda sug’orishni kamaytirib, o’simlikni salqin yorug’ 
xonada saqlanadi. Bahorda sog’tuproq bilan chim tuproq hamda qumdan iborat 
tuproq aralashmasiga ko’chirib olib o’tqaziladi. O’tqazish oldidan fuksiyaning 
novdalari kesilib, kaltaroq qilib qo’yiladi. Bu o’simlik qalamchalaridan 
ko’paytiriladi. Mamlakatimizning janubida ochiq yerda o’sadi. 
Xlorofitum (Piyozgullilar oilasi). Vatani — Janubiy Afrika. Yoyilib o’sadigan, dasta-
dasta bo’lib to’plangan, chiziqli och yashil rang uzun-uzun barglar chiqaradigan 
kamtalab o’simlik, keng tarqalgan. Xlorofitumning ancha chiroyli bo’ladigan tur-
xillari bor: ularning barglarida cheti yoki o’rtasida joylashgan oppoq bo’ylama 
yo’llari bo’ladi. Voyaga yetgan o’simlikning dasta barglari o’rtasidan osilib turadigan 
uzun-uzun gul bandlari o’sib chiqib, ularda mayda-mayda ko’rimsiz oq gullar, 
keyinchalik esa o’simlikning bolachalari (havo ildizlari bo’ladigan to’p barglari) 
paydo bo’-ladi. 


46 
Xlorofitum salqin xonalarda ham, havosining harorati bir muncha yuqori bo’ladigan 
xonalarda ham yaxshi o’saveradi; soyaga bardosh beradi. O’simlikni yozda mo’l-ko’l 
sug’orib turiladi. Xlorofitum 2:2:1 nisbatdagi bargli, chirindili tuproq va qumdan 
iborat tuproq aralashmasiga o’tqaziladi. Bu o’simlik parxesh yo’li bilan va yosh to’p 
barglaridan ko’paytiriladi. Xlorofitumlarning ola bargli tur-xillariga ko’proq 
miqdorda yorug’lik kerak bo’ladi; yorug’lik yetishmay qolganida barglarining oq 
rangi yo’qolib ketadi. Bu o’simlik ko’proq qalqondor bitdan zararlanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish