Sumbali begoniya
(Begoniyalar oilasi). Bu o’simlik juda chiroyli o’sadi: och yashil
rangli yirik-yirik panjasimon-qirqilgan barglari bor, barg bandlari uzun-uzun bo’ladi;
barrining orqa tomoni va barg bandlari dasta-dasta bo’lib to’plangan ancha yirik qizil
tuklar bilan qoplangan. Bu begoniyaning poyasi egri-bugri bo’lib o’sib, osilib
tushadi, uvda to’kilib ketgan barglarining o’rni ko’rinib turadi. Gullaganida gullari
ko’rimsiz, och rangda bo’ladi, uzun-uzun gul bandlarida turadi; bu gullarni olib
tashlash kerak. Sumbali begoniyaga yorug’lik o’rtacha miqdorda kerak bo’ladi. Bu
o’simlik bargli qalamchalaridan yoki suv quyib qo’yilgan qalamchasidagi bargidan
ko’paytiriladi; ko’chirib olib o’tqazilganida poyasidan bargli qismlarini ajratib olish
34
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |