Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish


Agava (Amarillislar oilasi)



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Agava (Amarillislar oilasi).
Agavaning vatani— Markaziy Amerika. Bu o’simlik 
sukkulent. Agavaning necha yuzlab turlari va bog’bop formalari bor. Ekiladiganlari 
orasida meksika, amerika agavasi, ipdor, vahimador agava degan xillari ko’proq 
uchraydi. Ko’pchilik agavalarning barglari ildizi yonida to’p barg hosil qiladi, pishiq, 
to’q yashil rangda bo’ladi. Ba’zi turlarida barglarining chetida siyrak tishchalari bor. 
Barglari ola-bula bo’ladigan agavalar ham uchraydi (bular bargining chetidan ochiq 
rangli serbarg yo’l o’tgan bo’ladi). Ba’zi agavalar monokarpik o’simlik-lar bo’lib, 
butun umri bo’yi bir marta gullaydi, yon tomonida, barg qo’ltig’ida gul band 
chiqaradigan boshqa turlari esa har yili gullashi mumkin. Bu o’simliklar uchun 
tuproqni chim tuproq, barg chirindisi va qumdan tayyorlanadi. Tuproq aralashmasiga 
bir oz maydalan-gan pista ko’mir qo’shish o’rinli bo’ladi. 
Xonada agavani qishda past haroratda (8—10° li haroratda) saqlab kam sug’oriladi. 
Yozda o’simlikni aftob joyga olib chiqib qo’yib, har kuni sug’orib bo-rish ma’qul. 
Aloe, sabir o’t
(Piyozgullilar oilasi). Vatani — Janubiy Amerika. Bu o’simlik xona 
sharoitlarida juda ham kamdam-kam gullaydigan bo’lgani uchun ruschada stoletnik, 
ya’ni yuz yillik o’t deb ataladi. Aloening har xil turlari tik o’sadigan bo’ydor yoki 
kalta noya; kulrangnamo-yashil tusli etdor, qalin barglar. chiqaradi; ba’zi turlari 
barglarining chetlarida tishchalari bo’ladi; aloening barglari ola-bula bo’ladigan 
shakllari h.am uchraydi. Aloening barglarida juda taxir shirasi bor, shu shirasida 
biogen xossalarga ega bo’lgan aloin degan dorivor modda bo’ladi. Aloe kam talab 


30 
o’simlikdir, u o’rtacha miqdordagi yorug’likka muhtoj bo’ladi, tik quyosh nurlariga 
chidash berolmaydi (oftob tushib turadigan bo’lsa, barglarida qovjirab qolgan joylar 
paydo bo’ladi). Qishda o’simlik yorug’ va salqin joyda saqlanadi. Aloe zaharli 
gazlarni neytrallashtiradi, shu sababdan uy sharoitlarida uni oshxonada saqlash 
foydalidir. Gullagan paytida uzun gul bandida shaklan qo’ng’iroqqa o’xshab 
ketadigan qiz-g’ish rangli maydaroq gullar paydo bo’ladi. Ildiz yoni o’simtalari va 
qalamchalaridan ko’payadi. Ajratib olingan o’simtasi yoki qalamchasini qumli 
tuvakda 5— 6 kun davomida albatta quritib olish, shundan keyin tuproqqa ekish 
kerak. 2—3 yilda bahorda bir marta 1:1:1:1 nisbatdagi chim tuproq, barg chirindisi, 
chirindili tuproq va qumdan iborat tuproq omuxtasiga ko’-chirib olib o’tqaziladi. 
Xonalarda o’stiriladigan xillari orasida daraxtsimon, qiltiqli, vahimador aloe, eru va 
teskari aloe ko’proq uchraydi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish