98
Maktabga tayyorlov guruhda tabiat bilan tanishtirishning ish mazmuni
Jonsiz tabiat.
Bolaning jonsiz tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish.
Bolaning o’zi uchun yangi bo’lgan narsalarning xususiyatlarini bilib olishga
qiziqishini rag’batlantirish. Havoning xususiyatlari bilan tanishtirish. Bola uchun
tushunarli vositalar yordamida havo hamma joyda: suvda, g’ishtda, yerda va
boshqalarda mavjudligini tajribalar orqali ko’rsatish. Havoning qayishqoq bo’lishi,
ma’lum hajmni egallashi (sovun ko’piklarini puflash, sharlarni puflash) mumkinligini
ko’rsatish. Havo harakatlanadi, shamol daraxtlarni egadi, buyumlarni joydan-joyga
ko’chirishi va shuningdek, harakatga qarshilik ko’rsatishi mumkin (parashyut).
Bola o’zining mustaqil dalillarini keltirib, voqealarni muhokama qilishini
rag’batlantirish. Bolaga shamol qanday paydo bo’lishini oddiy misollar bilan
tushuntirish. SHamol-havoning harakati degan xulosaga amaliy tajribalar (qog’oz
parchalarini stol ustiga sochib, daftar bilan yelpisak, ular uchib ketadi. Puflangan shar
og’zini qog’oz parchalariga to’g’rilab bo’shatsak, shardan chiqayotgan havo qog’oz
parchalarini uchirib yuboradi) orqali tushuntirishga erishish.
Havo va suv bilan amaliy tajriba o’tkazish orqali havo haqidagi tushunchalarini
kengaytirish, sharni puflaganda sharning ichida havo paydo bo’lishi, suv solingan
tog’oraning ichiga sharni solib, undan asta –sekin havo chiqarilsa, suv yuzasida
mayda ko’pikchalar paydo bo’lishiga bolaning e’tiborini qaratish.
Bolani magnitning tortish va o’zidan itarish xususiyatlari bilan tanishtirish.
Magnit o’ziga metall buyumlarni tortishi, magnitning tortish xususiyati to’siqlar
ortida ham namoyon bo’lishi, agar temir buyumlar suv ichida, qog’oz, plastmassa,
yog’och, karton ortida turgan bo’lsa ham magnitga tortiladi).
Bolaning tabiat hodisalarining oddiy sabab-oqibat aloqalarini bilishga
qiziqishlarini rag’batlantirish. Tabiatda yomg’ir yog’ish hodisasi, bulutlarning
qanday paydo bo’lishini, suvning bug’lanishi bo’yicha oddiy amaliy tajribalar
o’tkazish yo’li bilan tushuntirish.
Ye
r yuzidagi turli suv havzalari sathidagi suv
parlanib, tepaga chiqadi, u yerda bulut shakliga kirib, kattalashadi, so’ngra sovib,
pastga yomg’ir bo’lib tushadi, degan xulosaga kelishlariga yordam berish
.
Bir xil kattalikdagi idishlarda turli narsalar (qum, qog’oz bo’laklari, paxta,
mayda toshchalar) har xil og’irlikda bo’lishini tushuntirish.
Bolaning O’zbekistonda tog’lar, o’rmonlar, dengiz, daryolari borligi haqidagi
tushunchalarini kengaytirish. Tog’, o’rmon, dengiz, daryo kabi atamalarni solishtirib,
farqini ajrata olishga, ularda yashaydigan hayvonlar va o’simliklar haqida qisqacha
tushunchaga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: