Maktabgacha yoshdagi


qiziqish deb ataladi. Qandaydir  faoliyatga intilish  mayl



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

qiziqish
deb ataladi. Qandaydir 
faoliyatga intilish 
mayl 
deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishi ning 
emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qiziqish yoki 
maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsiyalar uyg‘otadi. 
Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza 
yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqida-
gi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu nima?» refleksi, ya’ni 
oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qiziqishning mohiyatini tu-
shunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiyada qiziqish 
qu yidagi tiplarga ajratiladi:
1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.
2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.
3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
4. Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror.
Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi 
bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyati-
ga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni tut-
ganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini bildiradi. 
Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivojlanishi va aq-
li bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga qiziqishi oxir-
oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qiziqishlar hodisalar-
ning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi, tashqi 
ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bilvosita qizi-
qishlarni tarkib toptirish hamda maxsus treninglarda amalga 
oshi rish muhimdir.


68
Qiziqish turlari
Mazmuni
Ijtimoiy-siyosiy 
Intellektual 
Estetik, sport
Maqsadi
Bevosita 
Bilvosita
Kengligi
Tor 
Keng
Barqarorligi
Barqaror 
Beqaror
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan 
farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularning qi-
ziqishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator so-
halarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlar ning 
kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan darak beradi. 
Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday degan edi: «Hamma 
narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va oz narsa haqida ham-
ma narsani bilish kerak». Barqaror qiziqishga ega shaxs uzoq vaqt 
davomida yoqtirgan buyumlariga, obyektlariga, ho disalarga o‘z 
maylini o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. Qiziqishlar ning ba’zan be-
qarorligi katta yoshdagi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ular da qiziqish-
lar ko‘pincha g‘oyat ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masa-
lan, bir vaqtning o‘zida ular matematika, ta rix, falsafa, logikaga 
qiziqishlari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in ki-
rishib, masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bi-
lan qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik 
va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib tura digan qi-
ziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqarishi-
ni ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga hamda o‘z 
samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi. 
E’tiqod
– shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, unga o‘z 
qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda yashash-
ga imkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mumkin: 
Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oila-
ga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qiziqishlar har biri 
kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish