Maktabgacha yoshdagi


yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

3 yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar.
Yosh 
davr-
lari
Bilishi
Harakatlari
Muloqoti
1 hafta Harakatlarni kuzatish.
2 hafta
Onasining tovushidan 
boshqa tovushlarni 
farq lashi, shaqildoq to-
vushiga reaksiya.
Ko‘ruv diqqati.


363
1–2 
oylik
Ko‘rish, eshitish, ta’m, 
hid bilish reseptorlari-
ga nisbatan shartli ref-
lekslar hosil bo‘ladi.
Eshitish diqqati.
Jonlanish kom-
pleksi.
Guvranish.
3 oylik
Ko‘rish qobiliyatining 
shakllanishi, obyektni 
ko‘zi bilan qidirish.
Yon tomon-
ga o‘girilish 
qo‘llarni ma’lum 
maqsad bilan 
harakatlantirish.
Jilmayish va 
ovozga javob qay-
tarish, mulo-
qotga intilish. 
Emotsional reak-
siyalarning
paydo bo‘lishi.
5 oylik
Dinamik stereotiplar-
ning dastlabki 
ko‘rinishi. Rangli ma-
tolarni ezg‘ilash, to-
vush kelgan tomonga 
tez va to‘g‘ri qarash.
Dastlabki emak-
lash harakatlari. 
Yordam bilan 
o‘tirish.
Kattalarga mu-
nosabatning pay-
do bo‘lishi. Ku-
lish, qiyqirish, 
yotsirash, gap 
ohangidan tushu-
nish, javob reak-
siyalari.
7 oylik
Taqlidiy harakatlar.
Yordam bilan 
turishi.
So‘zlar bilan bu-
yumlar aloqa-
sini anglash, ko‘z 
bilan so‘ralgan 
buyumga qarash.
8 oylik
Sensomotor intellekt -
ning yuzaga kelishi. 
Paypaslash, ushlash, 
og‘ziga solish.
Tayanib yurish, 
tanish ohangga 
mos harakatlar 
qilish.
Noverbal mulo-
qoti
9–10 
oylik
Nutqni tushunish.
Emaklash, yu-
rish harakatlari.
Kattalarga 
bog‘liqlik, begona 
muhit va be gona 
kishilardan xa-
votirlanish, yot-
sirash. Bolalarga 
qarab kulish.


364
1 yosh
Kubik, piramidalarni 
taxlash, yorqin ranglar-
ga intilish.
Mustaqil hol-
da tik turish va 
yurish.
Nutqdan foy-
dalanishning 
dastlabki belgi-
lari, birinchi 
so‘zlar. Predmet-
larning nomlarini 
aytishni so‘rash.
1,5–2 
osh
Oriyentirovka reflek-
si, ko‘rgazmali-harakat 
tafakkurining rivojla-
nishi.
Mayda muskul 
harakatlarini 
bajarish, ip 
bog‘lash, tug-
macha taqish va 
h.k.
Nutqning jadal 
rivojlanishi. Be-
gonalardan qoch-
maslik.
2–2,5 
yosh
Sensor rivojlanish ning 
senzitiv davri. Qizi-
qishlarning kuchayishi. 
«Bu nima?» savolining 
paydo bo‘lishi.
Serharakat va 
ermak o‘yinlar.
300–400 so‘zni 
ishlatish, 3–4 ta 
so‘zdan iborat 
gap tuzish, aktiv 
muloqot.
3 yosh
O‘z-o‘zini ijtimoiy 
muhitda anglash, ba-
holash, taqqoslash.
Ilk layoqat nishonala-
rining ko‘rinishi. 
3 yoshli inqiroz.
O‘z harakat-
larini irodaviy 
boshqarish, 
predmetlar bilan 
harakatlar ba-
jarish.
Nutqdan 
muomalada ak-
tiv foydalanish, 
tengdoshlar bilan 
muloqot.
Nazorat savollari:
1. Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda 
qanday xususiyatlar ko‘zga tashlanadi? 
2. 1 yoshli inqiroz qanday kechadi?
3. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida qanday hissiy holatlar yu-
zaga keladi?
4. Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining zaruriy shart-
sharoitlari nimalardan iborat?
5. Uch yoshli inqiroz haqida so‘zlab bering.


365
9.2. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida (3–5 yosh)
shaxsning shakllanishi 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy 
muhitning o‘rni
Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 
davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivoj-
lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynida 
bola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bolaning 
shaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktab-
gacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich – 3–4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bos-
qich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mus-
tahkamlanishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich – 4–5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan axlo-
qiy jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.
Uchinchi bosqich – 6–7 yoshni qamrab olib bolada ishbilar-
monlik, o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shakllanishi 
bilan xarakterlanadi.
Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi 
bosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa katta 
bog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi. 
Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit-
lar. 
Bola rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-atvor 
ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, jamiyatning 
kichik bir a’zosiga aylanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bo-
la butunlay shakllanib ulgurmagan va keyinchalik kamol topish-
ga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga qaramay bolada 
nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadi-ki, u bolani ilk bora 
shaxs deb atashga asos bo‘la oladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari av-
valgi yosh bosqichidan jiddiy farq qiladi. Kattalar tomonidan 
bolaning xulqiga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshadi. Jami-
yatda barcha uchun majburiy bo‘lgan axloq qoidalariga, ijtimoiy 
odob normalariga amal qilish asosiy talabga aylanadi. Atrof-
muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari tashkil 
qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabatlar shaklini 


366
ilk bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosabatlar shak-
lini ilk bora kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati tur-
larida o‘zlashtirib boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, 
o‘z harakatlarini tengdoshlarining harakatlari bilan muvofiqlash-
tirishni, o‘rtoqlarining qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni 
faoliyat jarayonida o‘rganadi. Maktabgacha bo‘lgan bolalik dav-
ri davomida bola harakatlarida o‘zgarishlar va qiyinchiliklar ro‘y 
beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xotirasinigina emas, 
o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham talab qiladi. Shaxslararo 
munosabatlardagi axloq-odob namunalarini o‘zlashtirish kattalar 
ta’siri ostida boshqariladi. Bu kattalarning bola shaxsini shakl-
lanishiga ko‘rsatgan asosiy ta’siridir. 
Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. Ular-
dan biri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini va
unda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqi-
da o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki bu 
harakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va iroda-
ni rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlar 
ta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlar-
ga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob na-
munasi sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro 
munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning 
xulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi-
lishga, odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsalar-
ga bo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bi-
lan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola kattalar 
ha yoti bilan har xil yo‘llar orqali tanishadi: ularning mehnatini 
kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarning
mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola 
uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guru-
hida ijobiy baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining ha-
rakatlari ham u uchun namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, ertaklarda 
aks ettirilgan personajlarning harakatlari ham namunalikda kat-
ta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u yoki bu odob fazilatla-
riga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga kirmaydigan, shun-
day bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona olgan odamlar fikri uning 
namunali xulqni o‘zlashtirishida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. 


367
Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning 
kattalarga, bolalarga, hikoya va ertak qahramonlariga bergan ba-
hosi u uchun boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi.
Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar axloq namunalariga kat-
ta qiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib,
ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tushadilar. 
Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi 
nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoqchi bo‘ladilar. 
O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi tomonidan qutqa rib 
qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh yoshli bo-
la: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, 
u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak 
haqidagi bir qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar 
yaxshi bo‘ladimi yo yomonmi?» – degan savolni berdi (Muxina 
tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayot-
gan xulq haqidagi tasavvurdan kelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z 
harakatlarini baholay boshlaydilar.
Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar madaniy-gigiyenik ko‘nikma 
qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bilan muoma-
la qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga 
bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qi-
ladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganligi haqida bog‘cha 
tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan murojaat qiladilar. Aksariyat 
hollarda bunday shikoyatlar chaqimchilik emas, balki o‘ziga xos 
bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun majburiy 
ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar 
bilan o‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Do‘stining fikrini, uning huquqlarini va 
xohishini hisobga olish majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini 
murakkablashtiradi. O‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish 
bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir holat xususiyatini tu-
shunmay, bolalar bu qoidalarni dastlab rasman qabul qiladilar. 
Ular tomonidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, 
buzi lishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.
Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish