Maktabgacha tarbiya yoshining o‘ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqni so‘z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar. Lekin bolalar bog‘chasidagi to‘g‘ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini ko‘rsalar o‘zlari ham ularga o‘xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g‘oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va tamoyillarini belgilaydi, ruhiy pedagogik asosi esa bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berishning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik shart-sharoitini belgilab beradi. Axloqiy tarbiya jismoniy, aqliy, mehnat, estetik tarbiya bilan va bolalarning o’z faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |