243. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va
miqdor, sonlar va sanash, geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlarini namoyish etish;
244. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va
“ko‘p” va “bitta” buyumlarni ajratish, “ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” so‘zlarining ma’nosini
tevarak-atrofdan bitta va ko‘p o‘xshash buyumlarni topa olish;
buyumlarning o‘lchamini aytish, “katta”, “kichik” so‘zlarining ma’nosini tushunish, qizil, katta,
kichik, yumaloq va shu kabi boshqa sifatlarga ega bo‘lgan barcha buyumlarni ajrata olish;
doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllarini bir-biridan farqlash;
shar, kub, silindrlarning nomini ayta olish va ularni farqlash;
5 gacha sanash va 5 tagacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash;
buyumlarni baland-past, uzun-qisqa, qalin-yupqaligiga ko‘ra farqlash;
u yoki bu buyumning o‘ziga nisbatan joylashuvini so‘z bilan ifodalay olish, “yaqin” va “uzoq”,
“orqada” va “oldinda”, “tepada” va “pastda”, “chapda” va “o‘ngda” kabi so‘zlarni tushunish;
sutkaning turli vaqtlarini (kun va tun, ertalab, kunduzi, kechqurun) farqlash, kecha, bugun, ertaga, tez,
sekin kabi vaqtni ifodalovchi so‘zlarni tushunish, o‘z nutqida qo‘llash;
“lego” turidagi bo‘laklardan sodda model yig‘ish va 5 — 8 ta qismlardan pazllar yasash;
qog‘ozdan buklash yo‘li bilan sodda shakllar yasash.
245. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaning muloqot, o‘ynash vaqtida sonlardan foydalanishini rag‘batlantirish;
buyumlarning belgilari, o‘lchamlari, og‘irligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha saralaydigan o‘yinlar
tashkil etish;
bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish;
bir buyum o‘rniga boshqa buyumdan foydalanishni talab qiladigan o‘rgatuvchi mashg‘ulot, o‘yinlarni
o‘tkazish;
bolaga buyumlarni kuzatish, ularning joylashuvi, belgilari, o‘lchamlariga e’tibor qaratish imkoniyatini
berish;
bolaning buyumlarning ko‘proq yoki kamroq ekanligi nuqtai nazaridan so‘zlashini rag‘batlantirish;
boladan buyumlarning o‘lchami, shakli va rangini solishtirish hamda ular o‘rtasidagi tafovutlar
to‘g‘risida so‘zlab berishni iltimos qilish;
bolaga oson bajara oladigan topshiriqlar berib borish;
bolaga ikki-uch harakatlardan iborat topshiriq berish;
bolaga buyumlarning joylashgan o‘rni haqida savollar bilan murojaat qilish.
246. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan munosabatlarda ularning individual xususiyatlari va
bolalar egotsentrizmini e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: