Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet53/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

Lug’aviy me’yor. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so’z tanlash imkoniyatlari uning leksik me’yorini belgilaydi. Umumxalq tilidan o’sib chiqqan adabiy til unda mavjud bo’lgan so’z variantlaridan lug’aviy me’yor sifatida eng ma’qulini–hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab oladi, qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda, ijtimoiy guruhlar tilida yashayveradi. Har bir shevada o’sha sheva uchun so’z qo’llashning o’z lug’aviy me’yori bo’lgani kabi adabiy til me’yorida ham shevalarda uchragani kabi o’ziga xosliklar bor. Masalan, she’riy asarlar tilida visol, ruxsor, siyna, falak, yanoq, qalb, hijron kabi so’zlar sheva va lahjalar, hatto jonli so’zlashuv tili uchun xos emas.

Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar, eng avvalo, leksikada o’z aksini topadi. Shuning uchun ham leksikaning boyib borishi tildagi boshqa unsurlarga qaraganda birmuncha faoldir. Bu hol leksik me’yor masalasi bilan tilshunoslikda muntazam shug’ullanish lozimligini taqozo qiladi.

O’zbek adabiy tilining lug’aviy me’yorsi birmuncha tartibga keltirilgan bo’lib, u imlo lug’atlarida o’z ifodasini topgan. Shu tufayli yozma nutqda so’z qo’llash birmuncha turg’un holatda bo’lib, me’yorni buzishlar unchalik sezilmaydi. Ammo og’zaki nutqda so’z qo’llash me’yorsiga hamma vaqt ham yetarli darajada amal qilinyapti deb bo’lmaydi. Ularning ayrimlarini ko’rib o’tamiz.

Garchi adabiy tilda me’yor sifatida belgilangan so’z mavjud bo’lsa ham, ayrim holatlarda bu so’zlarning sheva variantlari qo’llanilyapti: chelak–satil–paqir, narvon–shoti–zangi kabi.

Tilda paronimlar degan qatlam mavjud. Ular talaffuzda bir-biriga yaqin so’zlar bo’lib, boshqa-boshqa tushunchalarni anglatadi: archish–artish, o’tqazish–o’tkazish, asr–asir, yoriq–yorug’ kabi. Ularni farqlamasdan qo’llash nutqda xatolikka olib keladi.

Ba’zi so’zlar rus tilidan ko’r-ko’rona kalka qilingan holda qo’llanyapti: bugungu tantananing aybdorlari, boshliq o’zlaridami, men o’zimda bo’laman kabi. Bu gaplarni bugungu tantananing sababchilari, boshliq o’z xonasidami, men o’z xonamda bo’laman tarzida qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Narsaning o’zbekcha nomi bo’la turib, uni ifodalovchi ruscha so’zning tarjimasi noo’rin qo’llanadi: Yetti qaroqchi deyilmasdan Katta ayiq deyiladi.

O’zbek tilida ideologiya – mafkura, intellegent – ziyoli, avtor – muallif, redaktor – muharrir, filosofiya – falsafa kabi leksik dubletlar deb ataluvchi so’zlar ham ishlatilib kelinmoqda. Atamalar sohasida ham ana shu kabi parallellikka ko’plab duch kelamiz: poeziya–nazm, she’riyat, proza–nasr, traditsita–an’ana, tema–mavzu, plan–reja kabi. Keyingi paytlarda bu so’zlarning milliy variantlari ustunlik qilmoqda. Ba’zi o’zlashgan so’zlar leksik muqobillikdan chiqib, bir-birlarining sinonimlariga aylanib qolganlar: temperatura–harorat, gradus–daraja, piramida–ehtirom, entsiklopediya–qomus, universitet–dorilfunun, kapitan–darg’a.




Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish