Maktabgacha ta`lim


Ikkinchi  nazariya  –  liderlikning  vaziyatga  bog’liqligi  nazariyasi



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Ikkinchi  nazariya  –  liderlikning  vaziyatga  bog’liqligi  nazariyasidir.  Bu 
erdagi  asosiy  g’oya  –  lider  vaziyatning  mahsuli  degan  g’oyadir.  Har  bir  ohamda 
liderlik  sifatlari  bor,  lekin  ba`zi  vaziyatlar  ayrim  shaxslarning  o’zlarini 
ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay muhit bo’lib xizmat qiladi. 
Yuqoridagi  ikki  nazariyani  tanqid  qilish  natijasida  paydo  bo’lgan  uchinchi 
nazariya  –  liderlikning  sintetik  nazariyasidir.  Bu  nazariya  lider  guruhiy 
munosabatlarning  bevosita  mahsuli,  deb  hisoblaydi  hamda  uning  ro’yobga 
chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi. 
Oxirgi  yillarda  ko’plab  olimlar,  jumladan,  psixologlar  M.G.Davletshin, 
E.G’ozieva,  M.Vohidov,  Z.R.Qodirova,  R.I.Sunnatova,  M.Sh.Rasulovalarning 
faoliyat  kontseptsiyasiga  tayangan  holda,  liderlikni  faoliyat  mahsuli,  guruhning 
ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan  me`yorlar hamda ijtimoiy 
kutilmalarga kim ko’proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, 
deb  hisoblashmoqda.  Bundan  tashqari,  ijtimoiy  kutilmalar  nazariyasi  hozirda 
ko’pchilik tomonidan ma`qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda. 
Shuni  alohida  ta`kidlash  joizki,  butun  dunyoda  ishlab  chiqarish  va  uni 
boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning 
o’ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini 
boshqarish  siyosatiga  o’tishi  munosabati  bilan  boshqaruv  masalalariga  ham 
munosabat  o’zgardi.  Jumladan,  mustaqil  O’zbekistonda  ham  erkin  fuqarolik 
jamiyati  qurish  tamoyillarining  yangidan  belgilanganligi,  Prezident  I.A.Karimov 
tomonidan  barcha  jabhalarda,  xususan,  ijtimoiy  sohalarda  insonparvarlik 
siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan 
ijtimoiy  fikrda  ham  muayyan  o’zgarishlar  ro’y  berdi.  Bugun  O’zbekiston 
sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo’lgan, o’z oilasi, mahallasi, shaxsan o’zi 
va jamiyat mafnaatini o’ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy 
himoyada  bo’lib,  uning  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  unga  etarli  darajada  ish 


 
17 
sharoitlarini yaratishga mas`ul bo’lgan rahbar, eng avvalo, unga g’amxo’r bir inson 
sifatida  qarashi,  mehnatdan  manfaatdorlik  psixologiyasini  uning  ongiga  singdira 
bilishi  shart.  Xalqqa  yaqin  bo’lib,  uning  dardi  bilan  yashash,  har  bir  ishning 
istiqbolini yaqqol tasavvur qila olish – zamonaviy rahbar-liderga xos fazilatlardir. 
Zamonaviy  psixologiya  fani  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  boshqaruvda, 
ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo’lishi ko’proq ahamiyat 
kasb etadi. 
 
 
Nazorat savollari:  
 
1.  Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalarini yoriting. 
2.  Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisiga qanday talablar qo’yilgan? 
3.  Jamoani boshqarishda uslubchining liderlik etakchilik faoliyatini qanday 
izohlash mumkin? 
4.  Ta`lim - tarbiyaviy ishlarga raxbarlik qilishda uslubchi tomonidan qanday 
usullar qo’llaniladi? Ularni yoritib bering. 
 
Testlar: 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish