Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun


Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarga munosabatning o‘zgarishi va yangilanish tendensiyalari



Download 494 Kb.
bet12/22
Sana11.01.2022
Hajmi494 Kb.
#346154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Milliy urf-odatlar va qadriyatlarni oquvchilar ongida tarkib toptirishning oziga xos xususiyatlari

1.3. Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarga munosabatning o‘zgarishi va yangilanish tendensiyalari

O‘zbekiston Respublikasida demokratik, erkin, huquqiy, bozor iqtisodiyotiga asoslangan va fuqarolik jamiyat qurishning muhim omillaridan biri milliy va umuminsoniy qadriyatlarning, xususan milliy-ma’naviy merosning tiklanishi va yangilanishidir. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda ular ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim dolzarb vazifalardan biri sifatida kun tartibiga ko‘ngdalang qo‘yildi. Chunki Prezident I.А.Karimov alohida ta’kidlaganidek: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlardanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosimizni tiklash davlatimiz siyosatining nihoyatda muhim ahamiyatga molik ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Bunday o‘zgarishlarni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat bo‘lgan uzviy jarayon edi, deb baholash mumkin”7.

Yuqorida ta’kidlanganlardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, istiqlol odamlar ongida madaniy-ma’naviy, ahloqiy va milliy qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratdi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarni tiklash va targ‘ib qilishni yaxshilash uchun bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligini alohida ta’kidlash joiz.

Tan olib aytish lozimki, milliy-ma’naviy merosga yangicha munosabat davlat miqyosida yurtboshimiz Islom Karimov rahbarligida amalga oshirila boshlandi. Eng avvalo milliy ma’naviyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari jahonda va mamlakatimizda nishonlanib, ruhlari shod etildi va asarlari nashr etildi hamda qadamjolari obod qilindi. Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib, tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib haykallar o‘rnatildi. Bu tadbirlar yurtimizda iymon, diyonatning qaytadan tiklanishiga olib kelmoqda. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlanmoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Prezident I.A.Karimov biz mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, nega shu ulug ajdodlarimizning tabarruk nomlarini tiklashga kirishdik, degan savolga quyidagicha javob berdi: “Chunki bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bolmaydi. Biz bu ulug‘ nomlarsiz, bu ulug‘ nomlarni esa dinimizsiz tasavvur eta olmaymiz”8.

Shuning natijasi ularoq mustaqilligimizgacha o‘rganilmay kelingan yoxud ta’qib ostiga olingan Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy kabi buyuk zotlarning merosiga bo‘lgan qiziqish ko‘chaydi. Bu borada, islom olamining zabardast allomalari buyuk sanalarining, xususan, Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi, Hoja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Burxoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi, Abu Mansur Moturdiy tavalludining 1130 yilligi, Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi xuddi shuningdek buyuk daholarimiz va davlat arboblarimiz Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Amir Temur, Ahmad Farg‘oniylarning tavallud topgan kunlari va yubiley sanalari o‘tkazildi.

Prezidentimiz I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz, bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, Balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilm-u fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga etkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart, deb hisoblayman” [33].

Milliy qahramonlarimiz bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi, “Avesto” kitobining 2700 yilligini nishonlanishi, yoki Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz shaharlarining 2500-2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi, 2007 yilda Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileylarini o‘tkazilishi bu boradagi katta tarixiy ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar hisoblanadi.

Mustaqillik sharofati bilan Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima qilinib ko‘p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‘rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning “Xikmatlar” to‘plami chop etildi. Ko‘plab Qur’oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib turibmiz.

Istiqlol tufayli Iyd Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‘z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar.

Prezidentimiz tomonidan Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi tantanali marosimi qatnashchilariga yo‘llagan tabrik xatida shunday so‘zlar yozilgan: “Bugungi kunda Termiziyning ma’naviy meroslari nafaqat din ahli orasida, balki dunyoviy ilm sohiblari, keng miqyosdagi ahli jamoa orasida ham o‘z qadrini topayotir. U kishining shoh asarlaridan “Sahih at-Termiziy” hozirga qadar hadis ilmining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Allomaning asrlar davomida fozilu-fuzalolarga dastur bo‘lib kelgan... insonparvarlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalari davrimizning murakkab va ziddiyatli ahloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda zamonaviy ahamiyat kasb etadi” [33].

Mustaqillik tufayli boshlangan milliy-ma’naviy merosni qayta tiklash borasidagi harakatlar har yili beistisno o‘nlab, yuzlab amaliy ishlar orqali mustahkamlanib, rivojlanib bordi. Ayniqsa, mustaqil O‘zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat, Fitrat. Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug‘ shoir va ma’rifatparvarlarning kunlarini o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi.

Prezidentimiz I.A.Karimov Imom al-Buxoriy majmuasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida shunday degan edi. “Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat O‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir. Ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik. Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgohga emas, balki go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik yo‘lida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyot haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib qolishiga ishonaman”9.

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz va xalqimiz madaniy-ma’naviy yuksalishida “Avesto” kitobining 2700 yilligini nishonlanishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, qariyb 30 asr muqaddam yaratilgan va tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan “Avesto” milliy g‘oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat to‘yg‘ularini mustahkamlash va xalq an’analarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan. Yurtboshimiz aytganidek, -“Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir”10.

Tarixiy haqiqatga aylangan istiqlolimiz O‘zbek xalqining obro‘-e’tiborini, qadr-qimmatini, o‘ziga ishonchini tiklash bilan bir qatorda, xalqimizning milliy-ma’naviyatini keng qamrovli sarchashmalaridan yanada to‘laqonli bahramandlik topishida, milliy o‘zligini anglab yetishida milliy tili g‘ururi, iftixori va qadriyatlarini yanada gullab yashnashida istiqbol yo‘lini farovon etib bormoqda.

Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma’naviy merosimizga bo‘lgan munosabatni o‘zgarishiga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish va yangilanish konsepsiyasi juda katta nazariy va metodalogik ahamiyatga ega. Ular quyidagilardan iborat:




Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish