Мактабгача ёшдаги болаларда матбуот материаллари асосида одоб маданиятини шакллантириш


KIRISH  Mavzuning  dolzarbligi



Download 453,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana28.01.2021
Hajmi453,58 Kb.
#56879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda matbuot materiallari asosida odob madaniyatini shakllantirish

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi:  So’nggi  yillarda  respublikamizda  maktabgacha  ta’lim 

tizimida  tub  islohotlar  amalga  oshirilib,  maktabgacha  ta’lim  konsepsiyasi,  ―Bolajon‖ 

tayanch  dasturi  kabi  qator  me’yoriy-huquqiy  asoslar  yaratildi.  Yurtboshimiz  ta’biri 

bilan  aytganda  ―Mamlakatimizning  istiqlol  yo’lidagi  birinchi  qadamlaridanoq,  buyuk 

ma’naviyatimizni  tiklash  va  yanada  yuksaltirish,  milliy  ta’lim-tarbiya  tizimini 

takomillashtirish,  uning  milliy  zaminini  mustahkamlash,  zamon  talablari  bilan 

uyg’unlashtirish  asosida  jahon  andozalari  va  ko’nikmalari  darajasiga  chiqarish 

maqsadiga  katta  ahamiyat  berib  kelinmoqda

1

.‖  Ushbu  ezgu  maqsadni  hayotda  o’z 



isbotini  topishida  ―Ta’lim  to’g’risida‖gi  qonun  va  ―Kadrlar  tayyorlash milliy dasturi‖ 

huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.  

O’zbekiston  Respublikasi  ―Maktabgacha  ta’lim  konsepsiyasi‖da  ko’rsatib 

o’tilganidek  –  maktabgacha  ta’lim  –  u  ko’p  tomonlama  maqsadga  yo’naltirilgan, 

bolaning  ta’limning  keyingi  bosqichi  maktabga  tayyorlovchi,  jismoniy,  ruhiy, 

individual  va yoshga doir rivojlanishini  ta’minlovchi  ta’lim-tarbiya  jarayonidir.   

―Ta’lim  to’g’risida‖gi  Qonunda  ta’kidlanganidek,  maktabgacha  ta’lim  bola 

shaxsini  sog’lom  va  yetuk  maktabga  o’qishga  tayyorgarlik  darajasida  shakllantirish 

maqsadida  tashkil  etiladi.  Respublikamiz  mustaqilligi  yillarida  maktabgacha  tarbiya 

muassasalarida  amalga  oshiriladigan  pedagogik  jarayonlarga  qo’yiladigan  talablar 

o’zgardi.  Bugungi  kun  bolalar  bog’chalari  kichkintoylarning  dastlabki  mehnat 

ko’nikmalarini  shakllantirishi,  ularda  musiqa,  nafosat  tarbiyasini  shakllantirishi, 

sog’lom-barkamol  bo’lib  o’sishini,  ona-yurt  va  uning  go’zal  tabiatiga,  xalqiga 

muhabbat  va  sadoqat  ruhida  tarbiya  topmog’i,  xorijiy  tillardan  birini  va  kompyuter 

texnikasi  alifbosini  o’tagan,  o’qish-yozishni  o’rganib,  savodxon  bo’lgan  bolalarni 

tarbiyalab  berishi  zarur. 

Xalqimizning 

boy 


tarixi, 

madaniyati, 

milliy 

qadriyatlarini, 

buyuk 

bobokalonlarimiz  madaniy-ma’rifiy  merosini  o’rganish,  ular  bilan  faxr  va  iftixor 



etish  tuyg’usini  tarbiyalash  bugungi  bolalar  bog’chasidan  boshlanadi.  Mazkur 

                                                 

1

 Barkamol  avlod – O’zbekiston  taraqqiyotining poydevori. –T.:  ―Sharq‖, 1997,  -B.  14-15. 




 

talablar  asosida  maktabgacha  tarbiya  muassasalarining o’quv dasturlari, bog’chalarga 



olib borilayotgan  pedagogik ishlarning  mohiyati  va mazmuni  tubdan o’zgardi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  20-maydagi  PQ-1533-sonli 

hamda  2011  yil  4-iyuldagi  ―2011-2012  o’quv  yilida  O’zbekiston  Respublikasi  oliy 

ta’lim  muassasalariga  qabul  to’g’risida‖gi  PQ-1564-sonli  qarorlari  asosida 

yangilangan  oliy  ta’lim  yo’nalishlari  va  mutaxassisliklari  klassifikatoriga  muvofiq  

2011  yilning  16-sentyabrida  O’zbekiston  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 

tomonidan  modernizasiyalashgan  davlat  ta’lim  standartlari  va  o’quv  rejalari 

tasdiqlandi.  Yangi  davlat  ta’lim  standartlari  va  o’quv  rejalari  asosida  barcha  o’quv 

kurslari  fan dasturlari  ham qayta takomillashtirildi. 

Tabiiyki,  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodga  yuqorida  bayon etilgan talablar asosida 

ta’lim-tarbiya  berish  maktabgacha  tarbiya  tizimlarida  mehnat  qilayotgan  pedagoglar, 

nazariy-metodik  hamda  kasbiy  tayyorgarligiga  yuksak  talablar  qo’yadi.  Shu  bois, 

bolalar  bog’chalari  rahbarlarini,  tarbiyachilarini,  pedagoglarini,  musiqa  rahbarlarini, 

jismoniy  tarbiya  xodimini,  tibbiy  hamshiralarini,  logopedlari  hamda  defektologlarini 

va  boshqa  toifadagi  xodimlarining  nazariy,  uslubiy,  kasbiy  mahoratlarini  muntazam 

takomillashtirib  turishni  ta’minlovchi  muassasalarning  roli beqiyosdir. 

Ana  shunday  maqsadlarni  ro’yobga  chiqarishni  ta’minlashda  maktabgacha 

tarbiya  muassasalari  pedagoglari  malakasini  oshirish,  qayta  tayyorlar  bo’yicha 

doimiy   ishlab turuvchi respublika  kurslari  asosiy o’rinda turadi.  

Keyingi  yillarda  bunday  mas’uliyatli  va  katta  vazifani  samarali  uddalash 

maqsadida  Respublika  xalq  ta’limi  vazirligining  bevosita  yordami  va  g’amxo’rligi 

ostida  Respublika  kurslari  o’zining  moddiy-texnika  bazasini  hozirgi  zamon  talablari 

darajasida  takomillashtirishga  va  o’zining  maktabgacha  tarbiya  xodimlariga  nazariy-

metodik  xizmatlar  ko’rsatish  bo’yicha  imkoniyatlar  doirasini  sezilarli  darajada 

kengaytirishga  erishdi.  Zamonaviy  o’quv  korpusi,  katta  didaktik  imkoniyatga  ega 

bo’lgan  kabinetlar,  o’quv  laboratoriyalari,  studiyalar,  innovasion  xizmat  ko’rsatish 

markazlari  va boshqa qulayliklar  barpo etildi.  

Bundan  tashqari  kurs  tinglovchilari  uchun  ―Xalq  ta’limi  vaziri  bilan  yuzma-

yuz‖,  ―Xalq  ta’limi  vazirligi  mas’ul  xodimlari  sizning  mehmoningiz‖  kabi  amaliy 



 

uchrashuvlar  muntazam  o’tkazib  turilibdi.  Respublika  ―Ma’naviyat    va  ma’rifat 



markazi‖,  ―Sog’lom  avlod  uchun‖  jamg’armasi  rahbarlari  bilan  uchrashuvlar  tashkil 

etilmoqda.    Bu  tadbir  yuqori  samaralar  berayotir.  Chunki  birinchidan,  bunday 

uchrashuvlar  tinglovchilarga  hurmat  va  e’tibor  bo’lsa,  ikkinchidan  ular  o’z 

muammolarini  yuzma-yuz  muloqotda  bayon  etib,  ularga  amaliy  va  qoniqarli  javoblar 

olmoqdalar. 

Malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlash  kurslariga  kelgan  tinglovchilar  o’z  amaliy 

mashg’ulotlarini  poytaxtning  eng  ilg’or  bolalar  bog’chalarida  o’tkazishlari 

ta’minlangan.  Kurslar  boshlanishi  oldidan  va  kurs  yakuniga  ko’ra  tinglovchilar  test 

sinovlari  topshiradilar.  Bu  tadbir  tinglovchilarning  o’quv  kursi  davomida  olgan 

nazariy-metodik  hamda  kasbiy  ko’nikmalarining  kuchli  va  zaif  tomonlarini  aniqlab 

olish  imkoniyatini  beradi.  Kurs  nihoyasida  tinglovchilarga  guvohnoma,  maktabgacha 

tarbiyaga  doir  dasturlar,  me’yoriy  hujjatlar,  qonunlar  va  boshqalardan  nusxalar 

oladilar. 

Tabiiy, 


maktabgacha 

tarbiya 


yoshidagi  bolalarning  barchasini  bolalar 

bog’chalariga  jalb  qilish  qiyin.  Shu  tufayli  oilada  bolalarni  maktabga  tayyorlash  va 

tarbiyalash  bo’yicha  ota-onalar  uchun  bola  ta’lim-tarbiyasi  bo’yicha  darsliklar  va 

qo’llanmalar  yaratish,  farzandlari  maktab  bo’sag’asida  bo’lgan  bolalarni  maktabga 

tayyorlash  bo’yicha  respublika  radio  va  televideniyasi,  xalq  ta’limi  gazeta,  jurnallar 

orqali ota-onalarga  uzluksiz  maslahatlar  berib borishni yo’lga qo’yish kerak. 

Mustaqillikka  erishganimizdan  so’ng  yurtimizda  inson,  uning  manfaatlari, 

huquq  va  erkinliklarini  oliy  qadriyat  deb  e’lon  qilindi.  O’zbekistonda  yangi  hayot, 

yangi  jamiyat  barpo  etish  masalasi  qanchalik  dolzarb  va  muhim  vazifaga  aylangan 

bo’lsa,  ta’lim  tizimini  yuksaltirish,  bu  borada  zamon  talablariga  javob  beradigan 

yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim-tarbiyaning  ijtimoiy  ahamiyatini  oshirish 

va uning  ma’naviy-axloqiy  asoslarini  kuchaytirish  ham qat’iy zaruratga  aylandi.   

Mustaqil  davlatimiz  rahbariyati  eng  avvalo,  ishni  ta’lim  sohasidagi  davlat 

siyosatining  huquqiy  asoslarini  yaratib  berishdan  boshladi.  Sobiq  ittifoq  tarkibiga 

kirgan  respublikalar  ichida  birinchilardan  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasining  Oliy 

Kengashi  1992  yil  2-iyulda  ―Ta’lim  to’g’rsida‖gi  Qonunini  tasdiqladi.  Bu 




 

dasturilamal  hujjatda  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari,  ta’lim 



tizimi,  uning  boshqaruv  tarkibi,  pedagog  xodimlarning  haq-huquqlari,  burch  va 

mas’uliyatlari  aniq  belgilab  berildi.  Binobarin,  bu  muhim  davlat  hujjatining  qabul 

qilinishi  ta’lim  sohasida  amalga  oshiriladigan  barcha  islohotlarning  muqaddimasi 

ham huquqiy kafolati  edi.  

Ta’lim  sohasidagi  islohotlarning  asosiy  yo’nalishlari  uning  demokratik, 

insonparvarlik  tamioyillarini  qaror  toptirish  xalqimizning  tarixiy  an’analari  va 

pedagogikasi,  shuningdek,  jahon  xalqlari  pedagogikasining  ilg’or  yutuqlari  asosida 

ta’lim  mazmunini  tubdan  o’zgartirish,  shu  maqsadda  o’qituvchilar,  pedagogik 

jamoalarning  tashabbuskorligiga  keng  imkoniyatlar  ochib  berish  va  uni  har 

tomonlama  rag’batlantirish,  bilim  va  ko’nikmalarining  puxtaligini  ta’minlaydigan 

zamonaviy  didaktik  vositalarni  qo’llashni  keng  ko’lamda  yo’lga  qo’yish,  shu  asosda 

ta’lim  mazmunini  yaxshilashga  erishishdan  iborat bo’ldi. 

Prezidentimiz  tomonidan  belgilab  berilgan  yangi  jamiyat  barpo  etishning  besh 

tamoyili  bugungi  kunga  kelib  ijobiy  natijasini  ko’rsatmoqda.  Yurtimizda  shaxs, 

inson,  jamiyat,  davlat  yangilanmoqda,  barcha  ijtimoiy  jarayon  ta’lim  va  madaniyat, 

ma’naviyat  o’ziga  xos  tarzda  shakllanib  bordi.  1992  yilda  Prezidentimiz 

―O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li‖  kitobida  bu  masalaga  alohida 

to’xtalib,  quyidagilarni  ta’kidlagan  edi:  ―Bugungi  kunda  hur  va  ozod  xalqimiz, 

barcha  xalqlar  va  davlatlar  tomonidan  yaratilgan  ma’rifatda,  fan  va  texnikada, 

madaniyat  va  san’atda  nimaiki  yangi  va  ilg’or  jihatlar  bo’lsa,  shunga  dadillik  bilan 

intilmoqda.  O’zbekiston  diyorida  tarixda  ko’p  marta  bo’lganidek,  yana  yangidan 

o’zimizning  betakror  va  ilg’or,  iqtidorli  va  eng  muhimi,  insonlarga  kerakli 

qadriyatlarimiz  barpo etiladi.  

―Ta’lim  to’g’risida‖gi  Qonunda  belgilab  berilganidek,  maktabgacha  ta’lim  bola 

shaxsini  sog’lom  va  yetuk  maktabda  o’qishga  tayyorgarlik  darajasida  shakllantirish 

maqsadida  tashkil  etiladi.  Ushbu  ta’lim  bolaning  olti-yetti  yoshga  to’lgunga  qadar 

oilada  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  (yaslilar  uch  yoshgacha  bo’lgan  bolalar 

uchun;  bolalar  bog’chalari  3  yoshdan  6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun) va mulk 

shaklidan  qat’iy nazar  ta’lim  muassasalarida  olib boriladi. 



 

Maktabtacha ta’limning vazifalariga esa quyidagilar kiradi:  



1)bolalarni  xalqning  boy  milliy,  madaniy-tarixiy  merosi  va  umumbashariy 

qadriyatlar  asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy  jixatdan  tarbiyalash; 

2)  bolalarda milliy  g’urur, vatanparvarlik  hislarini  shakllantirish; 

3)  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarda  bilim  olish  ehtiyojini,  o’qishga 

intilish  mayllarini  shakllantirib,  ularni  muntazam  ravishda  ta’lim  jarayoniga 

tayyorlash va hokazo. 

Ta’lim  O’zbekiston  xalq  ma’naviyatiga  yaratuvchilik  faoliyatini  baxsh  etadi. 

O’sib  kelayotgan  avlodning  barcha  eng  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo’ladi. 

Kasb-kori,  mahorati  uzluksiz  takomillashadi,  katta  avlodning  dono  tajribasi  anglab 

olinadi  va yosh avlodga o’tadi‖. 

Bu  so’zlar  ta’lim  tizimiga  berilgan  ijtimoiy  buyurtma  bo’lib,  O’zbekiston 

Respublikasining  ―Ta’lim  to’g’risida‖gi  Qonuni,  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatida 

ham o’z ifodasini topgan. 

Mustaqillik  yillarida  ―Ta’lim  to’g’risida‖gi  Qonun  va  ―Kadrlar  tayyorlash 

milliy‖  dasturi  asosida  uzluksiz  ta’lim  tizimining  eng  muhimi  quyidagi  yo’nalishlari 

hayotga tadbiq etildi: 

1.  Maktabgacha ta’lim. 

2.  Umumiy  o’rta ta’lim. 

3.  O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. 

4.  Oliy  ta’lim. 

5.  Oliy  o’quv yurtidan keyingi  ta’lim. 

6.  Kadrlar  malakasini  oshirish va ularni  qayta tayyorlash. 

7.  Maktabdan tashqari ta’lim. 

Maktabgacha  ta’lim  xalq  ta’limi  tizimining  dastlabki  bo’g’ini  hisoblanadi.  Unda 

ikki  oylikdan  yetti  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  tarbiyalanishiga  e’tibor  beriladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  ommaviy  turidan  tashqari  sog’lomlashtirish, 

jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishida  nuqsoni  bo’lgan  bolalar  uchun  mo’ljallangan  maxsus 

turlari  ham barpo etildi.   




 

Demokratik  islohotlarni  hayotga  tadbiq  etish,  alohida  yangicha  dunyoqarashni 



shakllantirishda  ommaviy  axborot vositalarining  o’rni va ahamiyati  kattadir. 

Mustaqillik  sharofati  bilan  o’zbek  matbuoti,  ommaviy  axborot  vositalari  o’z 

milliy  zaminiga  ega  bo’ldi.  Respublika  ommaviy  axborot  vositalari  qayta  oyoqqa 

turgan  o’zbek  davlatchiligining    asl  ifodachisi,  himoyachisi  sifatida  tarix  sahnasiga 

kirdi. 

O’zbekiston  ommaviy  axborot  vositalarining  huquqiy  poydevorini  yaratish 

tadbirlari  ko’rildi.  Avvalo  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasida  ommaviy 

axborot  vositalarining  erkinligi,  qonunga  muvofiq  ish  yuritish,  senzuraga  yo’l 

qo’ymasligi  belgilab  qo’yildi.  

1996  yil  26-avgustda  Oliy  Majlis  tomonidan  ―Noshirlik  faoliyati  to’g’risida‖, 

―Mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar  to’g’risida‖  qonunlar  qabul  qilindi.  Bu 

qonunlar  noshirchilik  faoliyatining,  ixtirochilik  va  badiiy  ijod  mualliflari  huquqlarini 

himoya  qilishning  huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.  

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  1997  yil  24-aprelda  ―Axborot  olish 

kafolatlar  va  erkinligi  to’g’risida‖,  ―Jurnalistik  faoliyatni  himoya  qilish  to’g’risida‖, 

1997  yil  26-dekabrda  ―Ommaviy  axborot  vositalari  to’g’risida‖  qonunlar qabul qildi. 

Bu  qonunlar  O’zbekiston  Respublikasi  ommaviy  axborot  vositalarining  demokratik 

jamiyatga  xos huquqiy asoslarini  belgilab  berdi.  

Ommaviy  axborot  vositalarining  inson  ongiga  ta’siri  juda  katta.  Hozir,  ayniqsa, 

texnika  asrida  yashar  ekanmiz  farzandlarimizning  ma’nan  sog’lom  rivojlanishiga 

jiddiy  e’tibor  berishimiz  zarur.  Sababi  hozirgi  kunda  har  qanday  axborot  kishilar 

ongiga  hyech  qiyinchiliklarsiz  kirib  kelmoqda.  Farzandlarimiz  ongini  yaxshi, 

bunyodkor  g’oyalar  bilan  boyitish,  intellektual  salohiyatini  ko’tarishda  ommaviy 

axborot  vositalarining  o’rni  katta.  Biz  farzandlarimizga  televizor  ko’rishini,  radio 

eshitishini,  gazeta  jurnallar  o’qishini  cheklab  qo’ya  olmaymiz.  Shunday  ekan  efirga 

uzatilayotgan  har  bir  ko’rsatuv,  kino,  radio  eshittirish,  chop  etilayotgan  har  gazeta, 

jurnal  mazmunan  boy,  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo’lishi  lozim.  Ommaviy  axborot 

vositalarining  yoshlar  tarbiyasida,  xususan,  kichik  yoshli  bolalar  shakllanishida  roli 

juda  katta.  Shuning  uchun  ham  biz  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimiz  mavzusini 



 




Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish