325
Uchinchidan, kompyuter texnologiyalarini laboratoriya va amaliy dars
jarayonida qo’llash olingan kimyoviy tajriba natijalarini hisoblash va statistik qayta
ishlash imkoniyatlarini yaratadi.
Kompyuter texnologiyayaridan foydalanish o’quvchilarda ilmiy-tadqiqotchilik
faoliyatini oshishida, bilimga intiluvchanlik xususiyatlari va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlanishiga yordam beradi.
Kimyo darslarida o’rgatuvchi programmalardan foydalanish mumkin.
Programmalarning mazmuni darsni mazmuni, maqsadi, o’quv materiali ketma-
ketligidan kelib chiqadi. Shu jihatlariga qarab o’rgatuvchi programmalarni
quyidagilarga ajratish mumkin:
− Har bir mavzuga doir ma’lumotlarga ega qo’llanmalar;
− Hisoblashga doir masalalar yechimlari;
− Laboratoriya va amaliy ishlar va ularni tashkil etish;
− Bilimlarni sinash va nazorat qilish.
O’rgatuvchi programmalar samarador bo’lishi uchun kimyoviy ta’lim
yo’nalishiga mos kelishi, ko’rgazmali ma’lumotlarga boy, foydalanish imkoniyati
soddaroq bo’lishi va natijada talaba bilimini oshishiga, malakasini o’sishiga xizmat
qilishi lozim.
Kimyo fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanish quyidagi
natijalarni beradi:
1. Ma’lumotlar bir vaqtning o’zida bir nechta sezgi organlariga ta’sir etadi;
2. Diqqatni oshiradi;
3. Fanga bo’lgan qiziqishni oshiradi;
4. O’tiladigan material sifatliligini oshiradi;
5. Vaqtdan unumli foydalaniladi.
Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarni tadbiq etish borasida Oliy ta’lim
tizimida ham izlanishlarning tashkil etilayotganligi aloxida e’tiborga molikdir.
Bugungi kunda ta’lim tizimining mazmuni, o’quv jarayonini loyihalashtirishga ham
yangicha yondoshish, uni yangicha tashkillashtirish, ta’lim mazmunini va uning
tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, bilim, ko’nikma va malaka, ijodiy faoliyatini
takomillashtirish kun tartibiga ko’ndalang qo’yildi. Ta’lim jarayoniga yangicha
yondashib, unga zamonaviy pedagogik va kompyuter texnologiyalari, ijodkorlik,
faollik tadbiq etilsagina ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi, ya’ni:
- talabaning o’quv mehnatiga ma’suliyati, javobgarligi oshadi; - bilimlarni
mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- o’z bilimini o’zi boyitishga ishonch paydo bo’ladi;
- shaxsning jamiyatda o’z o’rnini tezroq topib olishi uchun muhit yaratiladi
Kompyuter texnologiyalarini kimyo fanlarni o’qitishda qo’llanilishi
o’quvchilarni bu fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi va kelajakda yaxshi mutaxassis
bo’lib yetishishida yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: