mafkuraning o‘rni.
shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifaga o‘tgan asrda hal etilmay,
uchinchi ming yillikka, bizga meros bo‘lib o‘tgan an‘anaviy muammolarni, ikkinchi
toifaga keyingi vaqtda mutlaqo yangi asosda vujudga kelgan tahdidlarni kiritish mumkin.
President Islom Karimov ta‘kidlaganidek, ―afsuski, bu tahdidlarni oldindan ko‘ra bilishga
hamma vaqt ham muvaffaq bo‘linmayotir. Ko‘pincha ular kutilmaganda ro‘y bermoqda‖.
Shunday ekan, mazkur masalaga jiddiy yondoshish, teran tahlil etish asosida uning
yechimini topish zarur. Bu o‘rinda insoniyat ushbu muammoni qay darajada anglab
yetayotgani, tahdidlar qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini qay darajada
Tahdid va uning siyosiy jihatlari dunyo siyosatchilari, davlat va jamoat arboblari
e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Bu o‘rinda Reyshauer, Nibur, Xantington, Kissenjer
(AQSH), Toynbi (Angliya), Turli (Fransiya), Moiseev (Rossiya) singari olimlarni, ―Rim
klubi‖ va Pagoush tinchlik harakati kabi tashkilotlar faoliyatini misol tariqasida keltirish
mumkin.
O‘zbekistonda esa muammoga, uning mazmun-mohiyatini anglashga bo‘lgan
qiziqish Prezident I.A.Karimovning mazkur masalaga oid bir necha asarlarining nashr
etilishi, ularda ilgari surilgan g‘oya va fikr-mulohazalarning jiddiy o‘rganilishi hamda bu
borada o‘tkazilgan baxs-munozaralar bilan uzviy bog‘liqdir. Sirasini aytganda ―tahdid‖
tushunchasining o‘zi ham bizning siyosiy leksikonimizga ilk bor Prezident I.A.Karimov
tomonidan 1994 yil 22 sentabrda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan nutqida kiritilgan edi.
Ta‘kidlash joizki, davlatimiz rahbarining asarlarida mamlakatimizga huruj qilayotgan
tahdid turlari, manbalari batafsil tahlil etilgan va ularni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari
ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot tajribasi shundan guvohlik beradiki,
mamlakat, jamiyat hayotiga nisbatan xavf-xatarlar ob‘yektiv ravishda hamisha mavjud
bo‘ladi. Bu hol aslida insoniyat jamiyati taraqqiyoti xarakteridan hamda ijtimoiy xavf-
xatarlar omilining ichki mohiyati bilan belgilanadi. Tahdidlar aksariyat hollarda turli
ijtimoiy-siyosiy guruhlar manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarga e‘tiborsizlik va ularning
vaqtida hal etilmagani oqibatida vujudga keladi.
Shu bois xavf-xatar omiliga doimiy ravishda e‘tibor qaratilgan, muntazam nazorat
etib borilgan hollarda u jamiyat asoslariga jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Tahdidga bevosita javob tariqasida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
umummilliy siyosiy yetakchi omili; zudlik bilan aniq siyosiy qaror qabul qilish; milliy
xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan barcha zarur ishlarni zudlik bilan amalga oshirish;
tahdid va unga qarshi chora-tadbirlar mohiyati va yo‘nalishi haqida jahon hamjamiyatini
ogoh qilish; hokimiyat organlari, muassasalari faoliyatining uyg‘unlashuviga erishish;
tahdidga qarshi umummilliy safarbarlikni ta‘minlash; OAV orqali tahdidga oid haqqoniy
axborot berib borish va uning millat taqdiri va istiqboliga qarshi qaratilganini targ‘ib
etish; xalqning siyosiy ongiga tayanish; umumxalq, umumdavlat birligini oshirish; tahdid
va tahdidli holatga barham berish.
Tahdid – inson va jamiyat hayotiy faoliyatini qiyinlashtiradigan, uning
barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligini ta‘minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy
tuzilmani zaiflashtirish, ya‘ni davlatning konstitutsiyaviy asoslarini buzishga qaratilgan
va salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
Tahdid o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, uning shartli ravishda ijtimoiy va
geosiyosiy jihatlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: