4. Aniqlikni talab etadigan toifadagi nizoli shaxs hislatlari: ishga nihoyatda jiddiy yondashadi; o‘ziga nihoyatda yuqori talab qo‘yadi; atrofidagilarga yuqori talablar qo‘yadiki, bu ularga nisbatan go‘yoki ta’qibdek tuyuladi; yuqori darajada xavotirlanish hislatiga ega; hamma narsaga nihoyatda e’tiborli; atrofidagilarning tanqidiy fikriga katta ahamiyat beradi; gohida do‘stlari, tanishlari bilan munosabatlarni uzadiki, bu go‘yoki uni xafa qilganlari oqibatidek tuyuladi; gohida o‘zi-o‘zidan aziyat chekadi, xatolaridan qayg‘uradi, xatto gohida bu xatolarga nisbatan bosh og‘riqlari, uyqusizlik sifatida javob qaytaradi; tashqi jihatdan hissiyotlarini oshkora etmaslikni ma’qul biladi; guruhdagi real o‘zaro munosabatlarni yaxshi his etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |