Kelishik me’yorlari. Tilimizda ayniqsa, Buxoro shevasida ayrim kelishik
qo‘shimchalari nutq jarayonida adabiy til me’yoriga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanish
holatlari yuz beradi. Bunday kelishik qo‘shimchalari ko‘pincha haratqich kelishigi
bilan tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi bilan o‘rin-payt kelishigining o‘rnini
anglamaslik natijasida ro‘y beradi. Masalan: Menga Ozodbek Nazarbekovni
“Onajonim” qo‘shig‘ini qo‘yib bering (suhbat). Ahmadni uyiga bordim. Bu ikki gapda
haratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘llangan. Nutqda qarashlilik ma’nosi
o‘rnida voqelik asosidagi bosh fikr (Ozodbek Nazarbekovning “Onajonim” qo‘shig‘i)
ga harakat tushishi ohang yordamida uqtiriladi va nutqda kelishikning to‘g‘ri
qo‘llanishda xatoga yo‘l qo‘yiladi. Xuddi shuningdek, jo‘nalish kelishigi va o‘rin-payt
kelishigini qo‘llashda ham nutqda yo‘nalish yoki o‘rinni farqlash emas, ob’ekt birinchi
navbatda haraladi: Men akamnikiga mehmon bo‘ldim. SHaharga hishloqdan avtobusga
keldim. (suhbatdan).
3.