M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Bu davrda notiqlik san’ati 
ustalarini 
nadimlar,hissaguylar, 
masalguylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, 
muammogo‘ylar,voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi 
ham anashundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb 
atalgan.
Voizlik, ya’ni va’zxonlik haqida «Qur’on»ni targ‘ib qilish bilan mushtarak 
holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan o‘rinli foydalanish borasida yaxshi fikrlar 
aytilgan. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanliginiva uning, eng avvalo, xalqqa 
xizmat qilishini to‘g‘ri anglovchi sog‘lomfikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini 
doimo to‘g‘ri tushunibkelganlar.
Sharq mutafakkirlari mudarrisning muloqotga kirishish odobi to‘g‘risidagi 
adabiy meroslarida ko‘plab ijobiy fikrlarini bayon qilganlar. Ana shu nuqtainazardan 
haralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelingan nutq 
madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini jalb etgan. Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Unsurul Maoliy Kaykovus Abu Abdulloh Al-
Xorazmiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ siymolar nutq odobi masalalariga, 


232 
umuman notiqlik san’atiga jiddiy e’tibor berishga da’vat etish bilan birga tilga, 
lug‘atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozdilar.
Buyuk qomusiy olim 
Beruniy
(973-1048) o‘zining «Geodeziya» asarida har bir 
fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan 
yuzaga kelishini aytadi. Uning fikricha, notiqlik san’atining ildizlari bo‘lmish 
grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir, ulug‘ 
vatandoshimiz 
Abu Nasr Forobiy
to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, 
mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar 
ahamiyati cheksizligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, 
fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga 
kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism 
beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...» Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida 
mudarrisning “so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon 
va ravshan bayon eta olsin... Bilish va o`qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi 
bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan, osonlik bilan o‘zlashtira olsin” deydi.
Unsurul Maoliy Kaykovus
tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi 
Sharq pedagogikasining ajoyib namunalaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham 
nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Muallif farzandiga qilgan 
nasihatlari orqali o‘quvchini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga, behuda 
gapirmaslikka undaydi. So‘zlaganda o‘ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani 
ko‘z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi aql-idrokli bo‘lishi, o‘zini xalq orasida 
omiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko‘p gapirish donolik 
belgisi emasligini ta’kidlab, “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir” 
deydi. « Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan 
pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib qolmagaysan. Ko‘p bilu, oz 
so‘zla, kam bilsang, ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi ko‘p so‘zlaydi, deganlarki, jim 
o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi aqlli odam bo‘lsa ham, xalq uni aqlsiz 
deydi...» - deb uqtiradi alloma. U axloqlilikning birinchi belgisi, suxandonlik deb 
biladi. Suxango‘ylar notiqlikda rost so‘zlash kerak. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, 
sovuq so‘zlik bo‘lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, birovning so‘zini diqqat bilan 


233 
eshitish ularning burchidir deb ta’kidlaydi. 
Ulug‘ shoir 
Yusuf Xos Hojib
turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy 
yodgorligi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so‘zlarni to‘g‘ri 
tanlash va to‘g‘ri qo‘llash haqida «Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur» degan edi. 
Mutafakkir so‘zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so‘zning 
ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi va so‘zning 
qudratini shunday ifodalaydi: 
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, 
Ortiq so‘z qiladi bu boshni egik, 
Tilingni avayla – omondir boshing, 
So‘zingni avayla uzayar yoshing.
Adib Ahmad Yugnakiy
(XII-XIII) ham mudarrislarni so‘zlaganda nutqni o‘ylab, 
shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so‘zlarni
ishlatmaslikka, mazmundor so‘zlar izlab topishga chaqiradi, noto‘g‘ri tuzilgan nutq 
tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:
Uquv so‘zla, so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing kizla, keyin, boshing kizlama. 
(So‘zni uqib so‘zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so‘zlarni yashir, yaramas 
gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.) 
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko‘rsatmalarda sodda va o‘rinli gapirish, 
qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida 
nutk odobini saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalikni 
qoralash va boshqa qonuniyatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. 
Buyuk alloma 
Abdurahmon Jomiy
o‘z adabiy merosida so‘z va nutqning qudrati 
naqadar ulug‘ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi vosita hech qaerda 
bo‘lmasligini bayon etgan: 
Tildagi ketma-ket xatoga hayhot, 
Chiroyli kiyimlar berolmas najot. 
So‘zni kiyimingdek bekamu ko‘st qil,


234 
Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil.
Mutafakkir 
Alisher Navoiy
davlat arbobi sifatida, o‘zbek mumtoz adabiy 
tilining homiysi bo‘lgan buyukshoirdir. Alisher Navoiy turkiy tilda go‘zal
nutq tuzishningbayrokdori sifatida, o‘zining butun ijodiy merosi bilan o‘zbek
tiliboyliklarini namoyon etdi. Navoiy o‘zbek adabiy tilida buyukasarlar
yaratish mumkinligini va shu bilan o‘zbek xalqini butun jahonga mashhur qilishni
isbotlab berdi. SHoir o‘zining«Muhokamatul-lug‘atayn» asarida har bir tilning
ijobiy vasalbiy tomonlari borligini eslatib o‘tadi.
Alisher 
Navoiyning«Muhokamatul-lug‘atayn», «Mahbub-ul-qulub», «Nazmul-javohir» asarlari 
o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari bo‘lishibilan birga, uning 
yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi. U o‘zining «Mahbub-ul-qulub» asarida shunday 
yozadi: «Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutedurki, agar nopisand 
zohir bo‘lsaq, boshning ofatidir...» ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, 
agar u o‘rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir. Navoiy ta’limi bo‘yicha so‘z: 
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, 
Har neki ag‘yor durur yor aylar. 
So‘z hattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, 
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar.
Xullas, Sharq mutafakkirlari, so‘z va nutqning inson hayotidagi o‘rni, vazni va 
qadr qimmatiga katta ahamiyat berganlar. Ular har bir so‘zning nutqda o‘z o‘rni va 
ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so‘zdan kuchliroq va buyukroq narsa 
yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri ila odamzod mo‘‘jizalar yarata 
olishini doimo ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So‘z orqali nutq va fikr oydinlashadi.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiyasining samaradorligi so‘z boyligi bilan belgilanadi. Demak, 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish