M abduraimova, N. Abdullaeya



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Sug’urtalovchi - 
O’zbekiston Respublikasining Sug’urta faoliyati 
to’g’risidagi qonunning 6-moddasida quydagicha tarif berilgan. 
 
1.Tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun Moliya vazirligi 
tomonidan litsenziyaga ega bo’lgan va sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta 
tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat 
tashkiloti bo’lgan, Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs 
sug’urtalovchi deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonunnida 
Sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshirishga bevosita bog’liq bo’lmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emasligi takidlab o’tilgan.
Bugungi kunda O’zbekiston sug’urta bozorida quyidagi sug’urtalovchilar o’z 
faoliyatini ko’rsatib, mijozlar uchun tez va sifatli xizmatlarni ko’rsatmoqdalar.
Sug’urtalovchining huquq va majburiyatlari
Sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
-qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug’urta (qayta 
sug’urta qilish) shartnomalari tuzish;
-o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish, shu jumladan 
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish;
-maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda 
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
-qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional 
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun 
sug’urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi; 


87 
-sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish 
bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta agenti sifatida sug’urta vositachiligini 
amalga oshirish;
-sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda 
moliyalashtirish;
-sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta turlariga doir 
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
-sug’urta hodisasi ro’y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek 
sug’urta tovoni (sug’urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli 
axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, 
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa 
tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;
-sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, sug’urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
-sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta 
(qayta sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad 
etish, sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
-sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, 
sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi 
ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshirish;
-chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish;
ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug’urta 
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni 
realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
-O’zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting 
tashkilotlari reytinglarini olish;
-o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish.


88 
Sug’urtalovchi qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan shartnomalarga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Sug’urtalovchi quyidagi majburiyatlarga ega:
-sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
-sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan axborotning 
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;
-o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi;
-qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
talabiga binoan taqdim etishi;
-sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug’urta 
(qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur 
hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lashi;
-(firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan 
taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda 
belgilangan tartibda etkazishi;
-sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va 
shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o’tishi;
-maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta 
aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi;
-maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda 
yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, 
-moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug’urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin
11

11
O'zbekiston Respublikasining qonuni «Sug’urta faoliyati to'g’risida». - T.: 2002 y., 5 aprel.// «Xalq so'zi» gazetasi, 2002 yil 28 
may. 


89 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish