Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

xususiyatlari 
Korxona moliyasi – bu iqtisodiy pul munosabatlarni pul 
harakati mobaynida vujudga kelib turli xil pul fondlarini hosil 
qilishni bildiradi.
Korxonalar sof foydasini pul fondlariga sarflaydi. Korxonaning 
fond bozorlari bilan bo‘ladigan munosabatlari turli xildagi fondlarni 
hosil qilish, ularni shakllantirish va foydalanishdan iborat. Ustav 
fondiga korxonaning asosiy vositalari va aylanish mablag‘lari 


95 
shakllanadi. Bu korxonaning o‘z mablag‘larining asosiy manbasi 
hisoblanadi. 
Hissadorlik jamiyatida ustav fondi chiqariladigan barcha 
aksiyalar qiymati bilan teng bo‘lishi lozim. Ish natijasiga ko‘ra ustav 
fondi miqdorini ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ya’ni 
qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki ularning nominal qiymatini 
oshirish orqali ustav fondi ko‘payishi mumkin. Muomaladan 
aksiyalarni qaytarib olish tufayli esa ustav fondini kamaytirish 
mumkin. 
Ustav fondi
– korxonalarning o‘z mablag‘larining manbai 
hisoblanadi. Bundan tashqari korxonalarning ustav fondi asosiy 
vositalarni qayta baholash hisobiga, aksiyalarni nominal qiymatidan 
ko‘ra baland narxda sotish hisobiga, ishlab chiqarishga bepul asosiy 
vositalarni sotib olish hisobiga ko‘payishi mumkin. 
Zahira fondi
– bu fond foydadan ajratmalar hisobiga tashkil 
qilinadi. Fondning asosiy maqsadi bo‘lib, favqulodda zararlarni 
qoplash, aksiyalarni qayta sotib olish hisoblanadi. 
Jamg‘arma fondi
– bu korxonalarning ishlab chiqarishni 
kengaytirish va rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Bu fond o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun investitsiya fondidan va 
amortizatsiya fondidan foydalanadi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishning hammasi o‘zida sarflanayotgan 
mehnat xarakteriga asoslanib ikki yirik sohaga ajraladi: 
- moddiy ishlab chiqarish; 
- nomoddiy ishlab chiqarish.
Birinchi sohaning xususiyati – bu tovar ishlab chiqarishdir, 
ikkinchi sohaning o‘ziga xos xususiyati – bu turli xizmatlar (ijtimoiy, 
maishiy va boshqalar) ko‘rsatishdir. Moddiy ishlab chiqarishni 
tashkiliy tuzulmasining asosi bo‘lib korxonalar, birlashmalar, 
assotsiasiyalar tashkil etadi, noishlab chiqarish sohasida esa, 
muassasalar, tashkilotlar va boshqa tuzulmalar faoliyat ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida turli xarakterli moliyaviy 
munosabatlar vujudga keladi. Shu asosda, tashkil etilgan bir 
maqsadga yo‘naltirilgan pul fondlari xususiyatini inobatga olganda, 
moliyaviy munosabatlar tizimida bir turdagi pul munosabatlarga 
nisbatan quyidagi guruhlarni birlashtirish mumkin. 


96 
– moddiy ishlab chiqarishning xo‘jalik bo‘linmalarida birlamchi 
daromadlarni shakllantirish, xo‘jalik ichidagi maqsadli fondlar - 
nizom fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, rag‘batlantirish 
fondi va boshqalarni tashkil etish va foydalanish bilan bog‘liq 
bo‘lgan. Ulardan bir qismi ishlab chiqarish, ikkinchi qismi ta’minot 
ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi; 
– turli korxonalar orasida vujudga keladigan munosabatlar, agar 
bu munosabatlar taqsimlash xarakteriga ega bo‘lsa, lekin 
almashtirishga xizmat qiluvchi emas. Bu pul munosabatlari asosidagi 
moliyaviy resurslarni harakati fond shaklida emas, balki, 
shartnomalar bo‘yicha jarimalar olish yoki to‘lash, turli birlashmalar 
qatnashchilarini badal to‘lovlarini to‘lashi, ishlab chiqarish 
jarayonlarini kooperatsiyalashdan tushgan foydani taqsimlashda 
ularni ishtirok etishi, aksiya va obligatsiyalarga mablag‘larni 
investitsiyalash va ular bo‘yicha dividendlar va foizlar olish va h. k. ; 
– turli sug‘urta fondlarini tashkil etish va foydalanish bilan 
bog‘liq bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish korxonalari va sug‘urta 
tashkilotlari o‘rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar; 
– bank ssudalarini olish va qoplash, ular bo‘yicha foizlar to‘lash 
hamda ma’lum to‘lov evaziga vaqtincha foydalanish uchun bo‘sh pul 
mablag‘larini banklarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar va 
banklar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar; 
– byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish va 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish va davlat 
o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar. Moliyaviy munosa-
batlarning bu guruhi byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga 
to‘lovlar, byudjetdan moliyalashtirish va h. k.; 
– korxonalar bilan ularning yuqori boshqaruv tuzulmalari 
orasida vujudga keladigan munosabatlar. Bunga "vertikal" o‘zaro 
bog‘liqlik deyiladi, tarmoq ichki chegaralarida saqlanib qolgan 
moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishi.
Yuqorida ko‘rsatilgan pul munosabatlari korxonalar moliya-
sining mazmunini hosil qilib, xo‘jalik subyektlarining jamg‘ar-
malarini va pul daromadlarini tashkil etish, foydalanish va ularni 
moliya-bank tizimining majburiyatlarini bajarish uchun, kengay-
tirilgan takror ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish, 


97 
ishchilarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari deb aniqlash mumkin.
Mulkchilikning turli shakllari, tarmoqlarning xususiyatlari, 
iqlimiy-tabiat omillarning mavjudligi ham moliyaviy o‘zaro 
bog‘liqliklarni ko‘p qirrali qilib, ta’sirini o‘tkazadi. Bu asosda 
moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy munosabatlarning ko‘p 
qirraligi, usullarini turli-tumanligidan dalolat beradi.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish