Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  Qadimgi  Hindiston  iqtisodiy  ta’limotlari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

2.  Qadimgi  Hindiston  iqtisodiy  ta’limotlari
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (eramizdan awalgi IV-
III  asrlar)  ijtimoiy  m ehnat  taqsimotining  hukmronligi  va  bo‘ysunish 
institutlarining mavjudligi aytiladi.
Qadimgi dunyo olimlari tomonidan siyosiy-iqtisodiy mavzuda yozilgan 
birinchi asarlardan biri «Artxashastra»dir.  U hind iqtisod ilmining birinchi 
namunasidir.  Bu asar Shoh Chandraguptaning  (eramizdan awalgi IV-III 
asrlar oralig‘ida) bosh maslahatchisi Kautilye tomonidan yozilgan. Hindcha 
«artxa» so‘zi foyda, moddiy manfaat, «shastra» esa ilm, ilmiy asar m a’nosini 
anglatib,  asar moddiy manfaat  to ‘g‘risidagi  ilm  m a’nosini bildiradi.
Bu  asarda,  birinchi  navbatda,  shu  davlatda  yashayotgan  xalqlar  va 
guruhlar haqida ma’lumot beriladi. Unda hind xalqi 4 ta kastaga (tabaqaga): 
braxmanlar,  kasriylar,  vayshiylar  va  shudralarga  b o ‘linadi.  Kautilye 
yozadiki:  «jahonning  rivojlanishi  kastalarning  o ‘z  qonunlari  asosida 
yashashiga bog‘liqdir.  Podshoh hech qachon kastalami aralashib ketishiga 
yo‘l  qo‘ymasligi kerak».  Bu  asarda yozilishicha,  braxmanlar va kasriylar 
barcha imtiyozlarga ega bo‘lib, boshqarish ishlari bilan shug‘ullanganlar, 
vayshiylar va shudralar yerda ishlashgan,  hunarmandchilik va savdo bilan 
shug‘ullanganlar.  Bu asarda qullar, ulami sotib olish haqidagi m a’lumotlar 
berilishi  bilan  birga,  qullarni  ham   xususiy  mulki  b o ‘lishi  va  uning 
daxlsizligini  qonun yo‘li bilan ta ’minlanishi  taqiqlanadi.
Bu  asarda yer boylik manbayi b o iib ,  undan  to ‘g‘ri  foydalanmoqlik, 
kimda  kim  yerga  ishlov bermasa,  madaniylashgan  yerlarni  tortib  olish, 
ishlov talab qilinadigan va madaniylashgan ekin maydonlaridan foydalanib 
dehqonchilik qilganlarga yordam ko‘rsatish va imtiyozlar berish uqtirilgan.
Asarda savdo haqida ham so'z yuritilib, unga xo‘jalik yuritishning asosiy 
bo‘g‘ini sifatida qaraladi. Xazinaning ortishiga asosiy yo‘l savdo deb qaraladi. 
Savdoni  nazorat  qiluvchining  oldiga  qator  talablar  qo‘yiladi,  aw alo,  u 
tovarlar  qayerdan,  qancha  kelishi  haqidagi  m a’lumotga  ega  bo‘lishi, 
baholarmi  aniq  bilish  va  tovami  sotishdan  qancha  foyda  olishini biUshi 
shart  deyiladi.  Savdo  foydasi haqida gapirilib,  agar bu foyda podshohga 
katta zarar asosida keltirilsa kerak emas, hech foyda keltirmasa ham birlamchi 
iste’mol tovarlaiini to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak deb yoziladi. 
Masalan, tarozilar har 4 oyda,  albatta,  tekshirilib turilishi kerak deyiladi. 
Xazinaga olinadigan soliqlar haqida quyidagicha yoziladi:  0 ‘lchov (metrga 
o'xshash)  bilan  sotiladigan  tovarlardan  tushadigan  daromadning  1/16, 
tarzida sotiladigan tovarlaming daromadidan  1 /1 1  olinadi,  deb yoziladi.
29


M ahsulotning  bozor  bahosi  bilan  uning  tabiiy  qiymati  o ‘rtasidagi 
farq  haqida:  tovarga  bo'lgan  ehtiyoj  ortganda  uning  bahosi  qiymatidan 
oshib ketishi mumkin, deyilgan.  Savdo bilan shug‘ullanuvchilarga alohida 
urg‘u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko‘tarilgan, foydaning miqdori tovar 
bahosiga qo'shilib, hisoblanishi aytiladi.  Umuman,  «Artxashastra» da biz 
savdo,  baholar  haqidagi  m a’lum otlami  o'rganish  bilan  Hindistonning 
o'sha  davrdagi xo'jalik holatini  boshqarilish tizimini  tushunib  olishimiz 
mumkin.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish