Ulug‘ yozuvchimiz Oybekning «Qutlug1 qon» romanida o'zbek
ziyolilarining ilg‘or vakili Abdushukur tilidan o ‘zimizning millatdan
boylar chiqishi uchun ular iqtisod ilmini chuqur o ‘rganishlari kerak,
deydi. «Kaminaning g'oyaviy hayoti shunday, yana takrorlayman, -deydi
Abdushukur, - milliy sarmoyani o ‘z boylarimiz, musulmon boylarimiz
to‘la egallasinlar ya’ni Turkistonimizda tijorat o‘z boylarimiz qo'lida bo‘lsin,
bu bilan qanotlanmay zavod, fabrikalar qursinlar. Buning uchun ilmiy
iqtisodni, ilmiy tijoratni bilgan savdogarlar yetishishi kerak1».
Demak, mulkdor bo'lmoq, milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va
Vatan ravnaqini ta’minlamoq uchun iatisod ilmini eeallash dolzarb
masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabat-
larini jadallik bilan shakllantirayotgan davrimizda ham saqlanib qolayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |