2. Ishga oid nazariy tushunchalar
Simulink - dinamik tizimlarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish
uchun interaktiv vositadir. U grafik blok - diagrammalarni qurish, dinamik
tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni
mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink Matlab bilan to‗la
integrallashgan.
Matlab dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin Simulink dasturining
quyidagi uchta usulidan biri yordamida ishga tushurish mumkin:
Simulink tugmasini bosish;
Matlabning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so‗zini terib
klaviaturadagi tugmasini bosish;
File menyusida Open... buyrug‗ini bajarish va modelning faylini
(mdl - fayl) ochish.
Simulink kutubxonasida quyidagi asosiy bo‗limlar mavjud:
Continuous — chiziqli bloklar;
Discrete — diskret bloklar;
Functions & Tables — funksiyalar va jadvallar;
Math — matematik amallar bloklari;
Nonlinear — chiziqli bo‗lmagan bloklar;
Signals & Systems — signallar va tizimlar;
Sinks — registratsiya qiluvchi qurilmalar;
Sources —signallar va ta‘sirlar manbalari;
Subsystems — ost tizimlar bloklari.
Simulink kutubxonasi bo‗limlarining ro‗yxati daraxtsimon shaklga ega
bo‗lib,
bunday
ro‗yxatlar
bilan
ishlash
qoidalari
odatdagidek.
Kutubxonaning zarur bo‗limi tanlanganda uning tarkibi oynaning o‗ng
qismida ochiladi. Оyna bilan ishlashda menyuda jamlangan buyruqlardan
foydalaniladi. Menyuda quyidagi tugmalar mavjud:
File (Fayl) — kutubxona fayllari bilan ishlash;
Edit (Tahrirlash) — bloklarni qo‗shish va ularni izlash (nomi
bo‗yicha);
View
(Ko‘rinish)
— interfeys elementlarining ko‗rinishini
boshqarish;
Help (Yordam) — kutubxona bo‗yicha yordam oynasini chiqarish.
Аsboblar panelidagi tugmalarning vazifalari quyidagilar:
31
Yangi S - modelni yaratish (model yaratish uchun yangi oynani
ochish).
Mavjud S - modellardan birini ochish;
Оynaning xossalarini o‗zgartirish;
Blokning nomi (yoki nomidagi birinchi simvollar) bo‗yicha izlash.
Blok topilgandan keyin kutubxonaning mos bo‗limi ochiladi va
topilgan bo‗lim ajratib ko‗rsatiladi. Аgar blok topilmasa izoh
oynasida Not found < blok nomi> (blok topilmadi) yozuvlari paydo
bo‗ladi.
Simulink muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish
zarur:
File/New/Model, buyrug‗i yoki asboblar panelidagi
tugma
yordamida modelning yangi fayli yaratiladi.
Model
oynasida
bloklar
joylashtiriladi.
Buning
uchun
kutubxonaning kerakli bo‗limi ochiladi (masalan, Sources—
manbalar). So‗ngra kerakli blok kursor bilan ko‗rsatiladi va
sichqonchaning chap tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi.
Аgar blokni yo‗qotish zarur bo‗lsa, uning ustida sichqonchaning
chap tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi Delete tugmasi
bosiladi.
Hisoblash sxemasi tuzilgandan keyin uni diskda fayl sifatida saqlash
kerak. Buning uchun sxema oynasidagi menyudan File/Save punkti
tanlanib papka va fayl nomi ko‗rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |