Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
— Nahot? — dedi Bobur ham birdan xavotirga tushib.
— Egachingiz sizni jondan aziz ko‘rurlar, Mirzo hazratlari, so‘zingizni ikki qilmaslar, — 
dedi Do‘st-bek.— Volidai muhtaramangiz bilan ikkalamiz sizdan iltimos qilgani keldik. 
Xonzoda begimni huzuringizga chorlab, nasihat qiling. Davlatingizning manfaatlari uchun 
egachingiz rizolik bermoqlari kerak. Sulton Ahmadbek oraga odam qo‘ygan. Butun 
urug‘lari bilan sizning marhamatingizga muntazir. Rad javobi ularni sizdan... sovitib 
qo‘yishi mumkin. So‘ngra, agar Xonzoda begim rizo bo‘lmay, yana uch-to‘rt yil uyda 
o‘ltirib qolsalar, «kuyov topilmabdir, qari qiz bo‘libdir», deb yog‘iylaringiz malomat 
qilurlar. Bunday gaplar podshoh oilasining sha’niga mutlaqo to‘g‘ri kelmas. Agar 
Xonzoda begim sizga yaxshilik istasalar, rizo bo‘lmoqlari kerak. Buni endi begimga faqat 
siz tushuntirursiz, Mirzo hazratlari! 
Bobur boshini changallab bir lahza jim qoldi. Bunday nozik, bunday chigal ishga umrida 
birinchi duch kelishi. Begona bo‘lsa ham bir sari edi, gaplashishi osonroq bo‘lardi. 
O‘zining jonajon opasi. Bobur Xonzoda begim bilan bu to‘g‘rilarda gapirishishdan ham 
iymanadi. Lekin bu yoqda onasi mushkul ahvolga tushib, yordam kutib o‘tiribdi. Bu 
yoqda opasi joniga qasd qilmoqchi emish. 
— Mayli, — dedi Bobur onasiga ma’yus ko‘z tashlarkan, — begim kelsinlar, o‘zim bir 
so‘zlashay. 
Qutlug‘ Nigor xonim tez o‘rnidan qo‘zg‘alib: 
— Hozir... hozir borib ayttirib yuborurmen, — dedi va chodir eshigiga yo‘naldi.
Do‘stbek yirik tishlarini ochib mamnun kulimsiradi-yu, chodirdan orqasi bilan yurib chiqa 
boshladi. Eshik oldida ta’zim qildi-da: 
— Amirzodam, siz shohsiz, sizning hukmingiz vojib,— deb Boburni dadilroq bo‘lishga 
undab ketdi. 
_______________ 
* «V a q o i ’» — «Chindan yuz bergan voqealar», demakdir. «Boburnoma» eng avval shunday deb atalgan.
* * * 
Bobur qator shamlari lipillab yonayotgan ikkita oltin qandil oralig‘ida sadaf bilan 
bezatilgan bejirim mizga ko‘kragini tirab kitob varaqlab o‘ltirganda Xonzoda begim 
chodir eshigidan sekin kirib keldi. Egnida sidirg‘a sariq atlas ko‘ylak. Hazin tovush bilan 
salomlashib, Bobur taklif qilgan zarbof ko‘rpacha ustiga xastalardek bo‘shashib o‘ltirdi. 
Uning qovoqlari shishinqiraganini ko‘rgan Bobur: 
— Muncha g‘amginsiz, begim? — dedi. 
— Amirzodam, men huzuringizga najot izlab keldim! 
Xonzoda begimning so‘lg‘in yuziga ko‘zlaridan yosh sirg‘alib tushdi. Bobur yaqindagina 
yayrab-yashnab yurgan opasini hozir bu ahvolda ko‘rib, yuragini bir narsa timdalab o‘tdi. 
Onasi uning zimmasiga yuklab ketgan vazifa qanchalik mushkul ekanini u endi astoydil 
his qildi. Taqdir uning boshiga solayotgan mushkulotlar ozmidi, ustiga bu ham qo‘shildi? 
Bobur kuyunib gapira boshladi: 
— Men o‘zim bu falakning dastidan najot izlaymen, begim. Yechilmas muammolar biri 
ustiga biri qo‘shilur. Shu asnoda nahotki siz ham mening mushkullarimni 
ko‘paytirmoqchi bo‘lursiz? 
Xonzoda begim ukasining o‘zi chindan ham yordamga muhtojligini, yoshiga nomunosib 
ishlar uni juda qiynab yuborganini sezdi-yu, ko‘zini tez artdi. Boyagidan tetikroq ohang 
bilan gapira boshladi: 
—Amirzodam, men bir gap eshitdim. Rostmikin? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish