Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Quvaday joylarda hech qanday xavf-xatar bo‘lishini kutmas edi. 
Tohir ko‘prikdan beriroqda — qorayib turgan katta bir daraxtning tagida hamrohlarini 
to‘xtatdi: 
— O‘zlaringdan qolar gap yo‘q. Beklar bilan navkarlar bizni yog‘iyning oyog‘i ostiga 
tashlab ketdi. «O‘zing uchun o‘l yetim», degan gap bor. Xudo kushoyishi korimizni 
bersa, hammamiz uy ichimiz bilan bir balodan xalos bo‘lamiz. Mabodo, ishimiz o‘ngidan 
kelma-sa... Bitta-yarimtamiz qo‘lga tushadigan bo‘lsak... 
— O‘shanda ham mard bo‘lish kerak, — dedi Mahmud. — Ont ichaylik: kimki yog‘iyga sir 
bersa, onasi xotini bo‘lsin! 
— Omin! 
— Omin! 
Hammalari yuzlariga fotiha tortishdi-yu, birin-ketin ko‘prikka chiqishdi. Tohirning mo‘ljali 
qirq-ellik qadam ichkariroqqa borib, ko‘prikning o‘rtasidan o‘t qo‘yish edi. Ammo ular 
ilgarilagan sari atroflari ochilib, o‘zlarini himoyasiz seza boshlashdi. Suvning ochiq sathi 
sohilga nisbatan yorug‘roq edi. Ko‘prik yov qo‘shinlari qarshisida nishon taxtasiga 
o‘xshab turgandek vahimali tuyulardi. 
Bir vaqt duradgor yigitning qo‘lidagi katta arra egilib, yupqa po‘lati Tohirning boltasiga 
tegib ketdi. Uning jarangi qorong‘ida shunday keskin eshitildiki, yigitlar seskanib 
to‘xtashdi. Atrofga quloq solib, bir lahza qotib turishdi. Qurbaqalar bir tekis qurillamoqda 
edi. 
— Tohir, ko‘p nariga bormaylik! — deb shivirladi Mahmud. — Kelib qolsa qochib 
qutulishni ham o‘ylang-lar. 
— Naryoqdan keladimi? Umrzoqni o‘sha yoqqa qorovul qilib qo‘yamiz. Qo‘rqmanglar, 
yog‘iy uzoqda. 
Shu payt yomg‘ir savalay boshladi. Endi uzoqdagi gulxanlar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Yov 
ularni ko‘rib qolish ehtimoli butunlay bartaraf bo‘lganini sezib, Tohir ichida suyunib 
qo‘ydi. 
Ko‘prik xiyla uzun bo‘lganligi uchun uch-to‘rt joyida tagidan qo‘yilgan zo‘r sepoya 
tirgaklari bor edi. Tohir ko‘prikning qanotidan pastga egilib qarab, shu tirgaklardan 
birini mo‘ljalga oldi-yu, to‘xtadi. Umrzoq ko‘prikning narigi chetida qorovul bo‘lib turish 
uchun ketdi. Qolganlar ko‘prik yog‘ochlarining osonroq yonishi mumkin bo‘lgan 
joylaridan tanlab, bolta bilan payraha ko‘chirishdi, so‘ng chuvadagi yog‘dan sepishdi. 
Uch kishilashib chaqmoqni toshga urib, tutani* yomg‘irdan bekitib, rosa uringanlaridan 
keyin, nihoyat achchiq paxta tutuni dimog‘lariga urildi. O‘t yoqishga epchilroq bo‘lgan 
juvozkash yigit tutani puflab-puflab cho‘g‘ qildi. Tohir chakmonning tagidan qo‘ltig‘iga 
qisib olib kelgan quruq poxolni shu cho‘qqa tutdi. 
Poxolning zaif olovi zig‘ir yog‘i sepilgan payrahalarga ilashib endi sal ko‘tarilay deganda, 
shamol qayirib urayotgan yomg‘ir tomchilari «jiz-jiz» etib tegdi-yu, o‘chirib qo‘ydi. 
— Yonmaydigan sirqindi moy ekan! — dedi Mahmud juvozkash yigitga ta’na qilib. 
— Yomg‘ir o‘chirdi-ku! Shu moyni topib chiqqanimga ham jon de! 
— Bas! — shipshidi Tohir juvozkash yigitga. — Tutani o‘chirmay tur! 
Tohir ikkita belbog‘ni bir-biriga ulab, bir chetini beliga bog‘lab, ko‘prikning tagiga osilib 
tushdi. Tirgaklarning nam tegmagan joylaridan payraha ko‘chirib olib yog‘ sepib, ming 
azob bilan endi olov oldirayotganda shamolning kuchli bir epkini yonayotgan 
payrahalarni suvga uchirib tushirdi. 
Tohir ko‘prikka qaytib chiqdi-yu, boltani qo‘liga olib, g‘azab bilan ko‘prik qanotlarini urib 
sindira boshladi: 
— Mana yonmasang! Mana yonmasang! Mana! Mana! 
Juvozkash yigit ikkinchi boltani qo‘liga olib, ko‘prikning narigi qanotini sindirishga tushdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish