Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
— Bas! —deb shivirladi Xo‘ja Abdulla Tohirga.— Oyoq-qo‘llarini bog‘lasalaring bo‘ldi! 
Mavlono Fazliddin Tohir bilan Xo‘ja Abdullaga tomon otildi: 
— Ustod!... Jiyanim!.. Najotkorlarim!.. 
Tohir narigilarning qo‘l-oyog‘ini bog‘lash bilan ovora edi. 
— Mavlono Fazliddin, qanisiz? — dedi Xo‘ja Abdulla.  
Xo‘ja Abdulla mavlononi bag‘riga bosar ekan, uning qo‘li bog‘liq ekanini sezdi-yu, 
quchog‘idan qo‘ymay eshikdan tashqariga olib chiqdi. Fonus yorug‘ida belidan xanjarini 
olib, mavlononing qo‘li bog‘langan ola chilvirni kesib tashladi. 
Tohir sherigi bilan narigi ikki soqchini ichkariga qamab, eshikni qulfladi-da, tog‘asining 
quchog‘iga otildi. 
— Jiyanim, xudo seni qaydan yetkazdi? 
— Boya Samarqanddan chopar bo‘lib keldim! 
— Bobur mirzo sog‘milar? 
— Ha, tuzalib qoldilar. Yordamga yetib kelmoqchilar! 
— Andijon qo‘ldan ketganini bilurlarmi? 
— Hali bilmaydilar-da!.. 
Xo‘ja Abdulla ularga shipshidi: 
— Endi jim! 
Tohir tog‘asini otiga mingashtirib oldi. Chaqardan sekin chiqib, qal’aning ovloq bir 
chetiga qarab ketdilar. G‘oliblar hovlilarda hamon talon-toroj bilan band edilar. 
To‘rtovlon uch otda qal’a devorining tagiga keldilar. Endi hamma himoyachilar tarqab 
ketib, devor atrofi huvillab qolgan edi. 
— Mana shu yerda oshib o‘tishga qulay joy bor, — dedi Xo‘ja Abdulla. 
Hammalari otdan tushdilar. Tohirning sherigi hurjunidan o‘ram qilingan arqon oldi. 
To‘rtovlon maxsus zinapoyadan devor tepasiga chiqqanlarida Xo‘ja Abdulla mavlono 
Fazliddinga yondashdi: 
— Mavlono sizni darvozadan otliq chiqarish xatarli. Tanib qolurlar. 
— Minnatdormen, ustod! 
Xo‘ja Abdulla qo‘ynidan bir narsa olib, mavlononing qo‘liga tutqazdi. Bu — ichi oltinga 
to‘la og‘irgina charm hamyon edi. 
— Buni sizga xonim hazratlari berib yubordilar,— dedi Xo‘ja Abdulla. 
— Voqeadan xonim hazratlari ham xabar topdilarmi? 
— Hazrat xonim yig‘lab mendan iltimos qildilar. Ahmad Tanbal siz orqali begimu 
xonimlarni sharmisor qilmoqchi ekan. Ammo biz tirik bo‘lsak, Bobur mirzoning oilasiga 
ham, muborak nomiga ham dog‘ tushurmagaymiz! 
Mavlono hamyonni olib qo‘yin cho‘ntagiga solar ekan: 
— Men to‘g‘ri Bobur mirzoning huzurlariga yo‘l olurmen! — dedi. 
— Mavlono, — dedi Xo‘ja Abdulla ma’yus tovush bilan. — Biz xonim hazratlari bilan sizga 
boshqa bir maslahat bermoqchi edik. 
Andijonda arab tilini Xo‘ja Abdullachilik yaxshi biladigan odam yo‘q edi. Bir vaqtlar 
mavlono Fazliddin ham shu odamdan arab tilidan saboq olgan edi va shundan beri uni 
ustod deb atar edi: 
— Qanday maslahat bo‘lsa bosh ustiga, ustod! 
— Samarqandga Tohirbek borurlar. 
— Men tog‘amni birga olib ketsam-chi? — dedi Tohir.  
— Yo‘q, Tohirbek, siz choparsiz. Balki Bobur mirzo Samarqandni tashlab chiqqandirlar... 
Mavlono, sizning noyob iste’dodingiz bor. Siz o‘zingizni ehtiyot qilmog‘ingiz kerak. 
Movarounnahrdagi bu fatoratlar* hali-beri bosilmasa kerak. Mavlono, siz bir vaqtlar 
Hirotga ketish fikringiz borligini aytgan edingiz. Endi shu fikrni amalga oshiradigan payt 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish