Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
to‘plar, ora-oradan esa to‘fanglar yaqin kelib qolgan yovga o‘q ota boshladi. To‘plarning 
gumburlashi, miltiqlarning qarsillashi, borut tutuni, har qanday qalqonni teshib o‘tadigan 
olovli o‘qlar zarbasi va yana buning hammasi behisob aravalar shakliga kirib o‘z-o‘zidan 
yurib kelayotgani yov qo‘shinini dahshatga keltirdi. Fillar yarador bo‘lib bo‘kira boshladi. 
Filbonlar talvasaga tushib, fillarni orqaga burdilar. Orqada esa g‘uj-g‘uj otliqlaru 
piyodalar bir-biriga aralashib ketgan edi. Itar-itar, ur-sur boshlandi. Yaralanib quturgan 
fillar otliqlarni yiqitib, piyodalarni  bosib yanchib o‘ta boshladi. 
To‘plar va miltiqlar hamon o‘q otmoqda. To‘p o‘qi tekkan fillardan bir qanchasi piyodalar 
ustiga ag‘anab tushdi. Orqadan kelayotgan otlar va fillar o‘zlarini to‘xtatolmasdan 
ag‘anab yotgan fillarga surinib yiqilishardi. Ketma-ket bir-birini itarib, surib kelganlari 
oldin yiqilganlarning ustiga qulashar va o‘tib bo‘lmaydigan to‘siqqa aylanishardi. 
Bu qiyomat ur-yiqitdan qochib qutulushning ilojini topgan filbonlaru otliqlar jon-jahdlari 
bilan qochishga tushdilar. Orqada to‘lg‘ama ishlatgan otliqlarning safi ancha siyraklashib 
qolgan edi. Fillar bu safni birpasda yorib o‘tdilaru Dehli tomonga intildilar. 
Tepalik ustidan buning hammasini ko‘rib turgan Bobur: 
— Yog‘iy Dehlini bekitmoqchi! — dedi va aloqachi beklari turadigan o‘ng tomonga 
o‘girildi. Biroq aloqachi beklar, choparlar va yasovullar hammasi birin-ketin jang 
maydoniga maxsus topshiriqlar bilan yuborilganicha qaytib kelishmagan edi. Ehtimol, 
ularning ba’zilari o‘lgandir yoki yaralangandir — jang busiz bo‘lmaydi. Bobur otini burib, 
ichki beklari va navkarlari tomonga yuzlandi. Shunda uning ko‘zi Tohirga tushdi. Tohir 
maxsus farmonlarni hamisha yaxshi ado etib kelganini esladi: 
— Tohirbek, Ibrohim  Lodi qochdimi yoki jang maydonida qoldimi, shuni aniqlamoq 
kerak. Agar qochgan bo‘lsa xossa tobin* dan quvg‘inchi yuborgaymiz. 
Tohir chang-tutunga burkanib jahannam bo‘lib yotgan jang maydoniga ko‘zi javdirab 
qaradi-yu, singan boshmaldog‘ini eslab, ovozi qaltirab dedi: 
— Bosh ustiga, hazratim! 
Shu payt jang bo‘layotgan tomonda oyog‘iga o‘q tegib, uzangisidan qon sirqib oqayotgan 
bir yasovul ot choptirib keldi. 
— Hazratim, zafar bizniki! — dedi u hansirab.— Yog‘iy qochdi! 
— Ibrohim ham qochdimi? 
— Qochgan fillar orasida Ibrohimning oq filini ko‘rdim! Qochdi! 
— Bo‘lmasa darhol iziga tushmoq kerak! Tohirbek, siz to‘xtang! Janob Qosimtoy mirzo! 
— Labbay, hazratim! — deb qirq yoshlardagi norg‘ul bek safdan oldinga chiqdi. 
Turkistonda tug‘ilib-o‘sgan bu bekning Ulug‘bek mirzoga uzoq qarindoshchiligi bor edi. U 
o‘n besh yildan beri Bobur huzurida xizmatda edi. 
— Agar Ibrohim Lodi Dehli yoki Agraga yetib, bu qal’alarni bekitsa, muhoribayu 
muhosara qaytatdan boshlanur, — dedi Bobur Qosimtoy mirzoga. — Holbuki, biz Dehli 
bilan Agrani jangsiz olish umididamiz. Yog‘iyning bizga hamla qilish ehtimoli endi 
bartaraf bo‘ldi. Janob Qosimtoy, xossa tobindan ming kishini oling. Beklardan 
Bobochuhra... Tohirbek navkarlari bilan... Ibrohimni quvlanglar. Agar Dehlida to‘xtamay 
yana qochsa, Agragacha ketidan qolmanglar, toki bu shaharlarni berkita olmasin. 
Ketlaringizdan biz izma-iz yetib borurmiz! 
— Farmoni oliyga jonimiz fido! — dedi Qosimtoy mirzo. 
— Siz bizning ilg‘orimizsiz. Tangrim yoringiz bo‘lsin! Yengingu yengilmang! 
— Omin! 
Shunday g‘olibona jangda ilg‘or safda bo‘lish Tohirning ko‘nglini ko‘tardi-yu, singan 
boshmaldog‘ining og‘rig‘i ham sezilmay qoldi. U navkarlarini yoniga olib, jang maydoniga 
hammadan oldin kirib keldi. 
Oftob tikkaga kelgan. Kun issiq. Chekinayotgan yov besh-olti bo‘lakka bo‘linib ketgan. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish