Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
bilan o‘radi. 
Begimning yonida o‘n yashar o‘g‘ilchasi Safarni qo‘lidan yetaklab kelayotgan Robiya ham 
bor edi. Tohir o‘g‘li bilan xotinini tez bir biyaga mingashtirdi. 
Qosimbek boshliq ellik-oltmishta xos navkarlarga ayollar va bolalar mingan otlarni 
o‘rtaga olib, janub tomonga yo‘naldilar. 
Uch tomonni yov halqasi o‘rab olgan, faqat janub tomon ochiqroq edi. To‘fang 
gumburlashi, yarador bo‘lganlarning dodlashi, otlarning pishqirishi va kishnashi orasidan 
kimlarningdir asabiy baqiriqlari eshitilardi: 
— Hammamiz shu podshoning kasofatiga qoldik! 
— Shialarga sotilib bizni xarob qildi! 
— Yo‘qolsin Bobur! 
— Urug‘ini qurit! Qir hammasini! 
Xonzoda begim hech narsaga tushunolmay yonida borayotgan Qosimbekdan so‘radi: 
— Bu qanaqa yog‘iy? 
— O‘zimizdan o‘t chiqdi, begim! Burnog‘i yil Qunduzda shayboniyzodalardan bizga 
qochib o‘tgan mo‘g‘ul beklari isyon ko‘tardi! Quzg‘unlar hazratimni uyquda tutib 
o‘ldirmoqchi ekanlar. Xayriyat, Tohirbekning qo‘rchilari payqab qolibdi! 
— Falokat ustiga falokat! 
— Ha, bular bizdan ikki barobar ko‘p. Hammasi oldindan tayyorlanib chiqqan! O‘rtada 
yuringlar, o‘rtada! 
Shu payt isyonchi otliqlar janub tomonga ham chopib o‘tdilar. O‘sha tomondan 
Boburning ovozi eshitildi: 
— Ustod Ali! To‘fangandozlarni oldinga boshlang! Oldinga! 
To‘fanglardan otilgan o‘qlar jiba va dubulg‘alarni bemalol teshib o‘tar, shuning uchun 
fitnachilar to‘fang qarshisida turish berolmas edi. Bobur to‘fanglar va eng ishongan xos 
navkarlari yordamida yov halqasini janub tomondan yorib o‘tmoqchi, so‘ng Bobotog‘ning 
shar-qidagi Hisor qal’asiga yetib olmoqchi edi. Biroq fitnachi beklar uni qal’aga 
o‘tkazmoqchi emas edilar— ular bu mustahkam qo‘rg‘onni o‘zlari egallash maqsadida 
isyon ko‘targan edilar. 
Uch-to‘rt marta o‘q otilgandan keyin to‘fanglarning quvurlari qizib ketib, ish bermay 
qo‘ydi. Yov saflari sharq tomonda sal siyraklashganini ko‘rgan Bobur Xo‘ja Kalonbek 
boshliq mingtacha navkarini o‘sha tomonga tashladi. 
Xos navkarlar qurshovida borayotgan Xurramshoh goho qilichlarning bir-biriga shaq-
shuq urilganini eshitib qolardi. Bu tungi jang unga juda qo‘rqinchli tuyulsa ham u 
vahimani yengishga tirishardi. Tog‘asiga shunday paytda suiqasd qilgan xoinlarning hech 
bo‘lmasa bittasini soqdog‘idagi o‘qlari bilan otib yiqitgisi kelar edi. 
Yov qurshovini yorib o‘tayotganlarida bolalar va ayollarni o‘rab borayotgan navkarlar 
ham jangga tushishga majbur bo‘ldilar. Shunda Xurramshoh ularning yoniga kirdi-yu, 
otining jilovini qo‘yib yuborib, kamonidan ustma-ust uchta o‘q otdi. Xonzoda begim tungi 
to‘polonda uni bir lahza ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydi. Keyin bolaning navkarlar yonida o‘q 
otayotganini ko‘rib, otini unga tomon choptirdi. U o‘g‘liga yetib borgan ham ediki, 
qarshidan otilgan bir daydi o‘q bolaning o‘ng biqiniga «shart» etib sanchildi. Xurramshoh 
ingrab, kamonini qo‘lidan tushirib yubordi va egardan og‘ib tusha boshladi. 
— Voy, bolam! — deb Xonzoda begim qichqirib o‘g‘liga tomon intildi. 
Tohir ham shu yaqin joyda edi, otidan sirg‘alib tushayotgan Xurramshohni ushlab qoldi, 
so‘ng uni egari ustiga ko‘tarib o‘tqazdi. 
Bola behush edi. Tohir bilan Xonzoda begim uni Boburning ovozi kelayotgan tomonga 
olib chopdilar. Bu tomonda yov qolmagan, Xo‘ja Kalonbekning navkarlari podshoh uchun 
yo‘l ochib, uning ketidan haram ahlini ham olib o‘ta boshlagan, orqadan ta’qib etishga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish