Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
ko‘rpacha ustida chordana qurib o‘tirgan xon Muhammad Solihga qarab: 
— Sen, shoir, nuqul Hirotni maqtar eding, — dedi.— Hiroting hayosini yo‘qotgan 
betavfiqlarning uyasi ekan-ku! 
Muhammad Solih xonning boshiga kechasi qanday hangoma tushganini allaqachon 
payqagan edi. Shayboniyxon hozir keksalik zaifligiga chora topolmay alami kelayotgani 
ham sezilib turardi. 
Muhammad Solih uning yarasiga tuz sepmaslik uchun gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Hazratim! Hirotning axloqini temuriylar buzgan. Siz temuriylarni jangda jismonan 
yengdingiz, endi ularni ma’nan yengmoqdasiz! Imomi zamonamizning axloqiy pokliklari 
hirotliklarga ibrat bo‘lmog‘i kerak. 
— Gapga chechansen! Lekin Hirotning axloqini shoirlar ham buzganini nega aytmaysen! 
Temuriylarni maqtab, behayo she’rlar yozib, lagan-lagan oltin olgan shoirlaring 
bo‘lmag‘anmi? 
— Bo‘lgan, xon hazratlari. Mana mavlono Binoiyni Hirotdan ana o‘shanaqa shoirlar 
ketkizib yuborgan! 
Shayboniyxon mavlono Binoiyga yuzlandi: 
— Shundaymi? 
— Shundoq, hazratim! — dedi Binoiy ta’zim bilan. 
— Unday bo‘lsa mavlono Binoiy adolat qilichini beliga taqib, yomon shoirlardan qasdini 
olsin! — dedi xon. — Bizning g‘olib navkarlarimizdan ellik-oltmishtasini mavlononing 
ixtiyoriga bering. Temuriylarning oltinidan quturib yurgan shoirlarning molu mulki 
musodara qilinsin! Barcha oltinlarini tortib olib xazinaga topshiring! Keyin bu shoirlarning 
ko‘zi ochilib, tavfiqu hayo yo‘liga qaytishi oson bo‘ladi! 
Mavlono Binoiy bezovtalanib Muhammad Solihga qaradi. U bir vaqtlar o‘ziga alam 
o‘tkazgan ba’zi Hirot shoirlarini har qancha yomon ko‘rsa ham, lekin yoniga askar olib, 
birovlarning uyini tintishni, molu mulkini musodara qilishni o‘ziga munosib ko‘rmas edi. 
Biroq buni xonga ro‘yi-rost aytish ham mumkin emas edi. 
— Hazratim, shunday ulug‘ vazifani faqirga ishonib topshirmoq niyatingizdan 
sarfarozmen!.. Faqat bir andesham bor. 
— Xo‘sh? 
— Hazratim, men umrimda qilich chopmagan keksa odammen. Yoshim ellikdan oshgan. 
Bu farmoni oliyni jangovar bek shoir Muhammad Solih janoblari faqirdan yuz hissa 
yaxshi bajarurlar! Faqir bu janobga kuchim yetganicha yordam beray! 
Muhammad Solih bu ishni o‘ziga yo‘latgisi kelmadi. 
— Mavlono, men Hirot shoirlarini sizchalik yaxshi bilmaymen! 
Buyrug‘i sansalor bo‘layotganini sezgan Shayboniyxon, ko‘zlari tahdidli yaltirab, Binoiyga 
tikildi. 
— Ot in’om qildik — mindingiz. To‘n in’om qildik— kiydingiz. Ulufa berdik — yo‘q 
demadingiz. Endi ish buyursak, yo‘q deysizmi?! 
Boshqa e’tirozga o‘rin qolmadi. Olti yildan beri xon xizmatida yurgan Binoiy uning hozirgi 
buyrug‘ini bajarishga majbur edi... 
 
_______________ 
* Sh a b p o‘ sh — kechasi kiyib yotiladigan do‘ppisimon yengil bosh kiyimi. 
* R o f i z i y l a r — islomning sunniy mazhabidan shia mazhabiga o‘tganlar va umuman, musulmonchilikdan chiqqanlar.
 
*  *  * 
 
Shayboniyxonning o‘ng qo‘l vaziri — oltmish besh yoshlik mulla Abdurahim Hirot 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish