Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
— Nechun ko‘ngilga olay? Shohlardan ko‘ra darvishlarda adolat ko‘proq... Axir siz ham 
musulmonsiz-ku. 
— Alhamdulilloh muslimman. Barcha muslimlar bir-birlariga birodardirlar. Yuring, men 
sizga hamma odamlaringiz sig‘adigan ulkan hovalni ko‘rsatay! 
Bobur quvonib, tez o‘rnidan turdi-da, Tohir bilan Mamatni chaqirdi. 
— Qani, janob Sulton bilan boringlar-chi, boshqa kamarlar bor emish! 
Chindan ham orqasi ulkan g‘orga tutashib ketgan ikkita kamar bor ekan. Ularga 
tashqarida qolgan hamma odamlar kirib, tuni bilan shamolpana, quruq joyda gulxanlar 
yoqib isinishdi. 
Ertasi kuni qor bo‘roni to‘xtab, havo ochilib ketdi. Kechagi kuchli shamol qorlarni uchirib, 
hamma o‘ngir va jarlarni qorga to‘ldirgan va tekislab ketgan edi. Bo‘ron va sovuqning 
shiddatidan bu qorlar shibbalanib, qalin qatqaloq hosil bo‘lgan edi. Ana shu qatqaloqdan 
va o‘ydim-chuqurlarni to‘ldirib tekislagan qorning qalinligidan Sulton ustalik bilan 
foydalandi, Boburni barcha odamlari bilan tog‘ning narigi tomoniga boshlab ketdi. Yana 
kuni bo‘yi yo‘l yurib, kerak bo‘lganda qor tepib, kechki payt Yakkao‘lang* degan 
qishloqqa yetib bordilar. 
Bu turkiyzabon qishloq odamlari: 
— Osmondan tushdilaringizmi? — deb hayron qolishdi: — Umrimiz bino bo‘lib qish 
chillasida bu dovondan tirik o‘tib kelgan shuncha ko‘p odamni ko‘rmagan edik! 
Yakkao‘langliklar Bobur va Qosimbekning oyog‘i tagiga qo‘ylar so‘yib, katta ziyofatlar 
berishdi. 
Bir kecha dam olganlaridan so‘ng Sulton qaytib ketishga ruxsat so‘radi. 
— Bir o‘zingiz tog‘dan qanday o‘tasiz? — dedi Bobur. 
— Kelgan yo‘limiz hali bekilmagandir. Otlarim bor-ku. 
— Balki biz bilan qolursiz? Mamlakatning to‘rt tomoni tog‘. Bizga sizdek yo‘l ko‘rsatuvchi 
doim kerak. 
— Taklifingiz uchun tashakkur, hazrat shoh. Men sizdek mard podshohni umrimda 
birinchi ko‘rishim. Uyga qaytib, barcha pashoyilarga sizning to‘g‘ringizda so‘zlab 
bermoqchiman. Xizmatingizga kelsam ham, yuz-ikki yuzta yigitlarni boshlab kelamen. 
Xudo hofiz! 
Bobur xazinachiga buyurib, Sultonga kutganidan ham ortiq mukofotlar berib jo‘natdi. 
 
_______________ 
* O‘ l a n g — yaylov degani.
 
*  *  * 
 
Kobulda ularni boshqa xavf-xatarlar kutmoqda edi. Fitnachilar Boburni «Hirotda qatl 
etilibdi» deb ovoza tarqatganlari rost ekan. O‘ratepaning sobiq hokimi Muhammad 
Husayn dug‘lat fitnachilarga bosh bo‘lib, Boburning o‘rniga uning amakivachchasi — 
marhum Mahmud mirzoning yigirma yoshlik o‘g‘li Mirzoxonni Kobul podshosi, deb e’lon 
qilibdi. Buning xabarini Kobulda qolgan sodiq navkarlardan Muhammad Andijoniy 
Langari Temur degan joyda Boburga yetkazib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, Kobul qal’asini 
Bobur uchun berkitib turgan Mullo Bobo va Ahmad Yusuflarning ahvoli juda og‘ir. 
Qo‘rg‘onni qamal qilayotgan Mirzoxon boshliq mo‘g‘ullarning yigirma ming odami bor, 
devorlarga naqb solib borut bilan portlatib o‘tishga harakat qilishyapti. Qo‘rg‘on 
himoyasida ikki yuztagina odam turibdi. Ularning ham zaxiralari tugab boryapti. Shu 
ketishda fitnachilar ketma-ket hujum qilaversa qo‘rg‘onni bir hafta-o‘n kunda olib 
qo‘yishlari ehtimolga yaqin. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish