Kurs ishi mavzu: Davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari va harakatlari


Moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash sohasiga ko‘ra



Download 84,56 Kb.
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi84,56 Kb.
#243520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Qo'shnazarov. B

Moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash sohasiga ko‘ra, davlat boshqaruv organlari byudjet organlari (masalan, ichki ishlar organlari) va xo‘jalik hisobidagi organlarga bo‘linadi. Byudjet organlari davlat tomonidan ta’minlanadi. Xo‘jalik hisobidagi organlar o‘z faoliyati yoki o‘zlari bo‘ysungan korxonalarning xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydadan ajratilgan mablag‘ hisobidan ta’minlanadi.

Davlat organlari vazifasi umumiy bo‘lgan tizimni tashkil etadi. Bu tizimning asosi demokratik markazchilikdir. Bu prinsip umumdavlat va mahalliy maqsadga erishishda asosiy o‘rin tutadi. Endidavlat boshqaruv organlarining huquqiy holatini ko‘rib chiqamiz.

1. Oliy ijro etish va farmoyish berish vakolatiga ega bo‘lgan organ – Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiqlaydi. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga Qoraqalpog‘iston hukumatining boshlig‘i ham kiradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruvining barcha masalalarini hal qiladi. Vazirlar Mahkamasining chiqargan qaror va farmoyishlari barcha davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart. Vazirlar Mahkamasi vakolat muddati tamom bo‘lganidan keyin yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Xalq deputatlari, Vazirlar Mahkamasining ishini nazorat qilish maqsadida, undan o‘z savollariga rasmiy javob berishni talab qilishlari mumkin.

Bunday hollarda javob og‘zaki yoki yozma ravishda shu o‘tayotgan sessiyada berilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining tarkibiga: Prezident, bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, shuningdek, Prezident tayinlagan boshqa organlarning rahbarlari kiritilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifasi xalq xo‘jaligida ijtimoiy, ma’muriy-siyosiy va sohalararo boshqaruvni tashkil qilish; ular orasidagi aloqani kuchaytirish va ularning faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qilishdan iborat.

2. Mahalliy ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organlar – hokimliklar. Hokimliklar o‘z vazifalarini hokim rahbarligida bajaradilar. Mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyoriga quyidagilar kiradi:



  1. − qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavf-sizligini ta’minlash;

  2. − hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

  3. − mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliq va yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;

  4. − mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;

  5. − atrof-muhitni muhofaza qilish;

  6. − fuqarolik holati dalolatnomalarining qayd etilishini ta’minlash;

  7. − normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va respublika qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Mahalliy hokimliklarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida va O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunida qayd etilgan. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992 yil 4 yanvar qonuniga asosan, hokim ijroiya apparatiga ega bo‘lib, bu apparat avvalgi ijroiya qo‘mita vazifalarini bajaradi. Apparatning tuzilishini va shtatlarini hokim belgilaydi hamda xalq deputatlari kengashi tasdiqlaydi. Hokimning o‘rinbosarlari, apparat bo‘limlari va boshqarmalarining, boshqa bo‘linmalarning rahbarlarini hokimning taqdimiga muvofiq xalq deputatlari kengashi tasdiqlaydi.

3. Markaziy sohaviy ijro etuvchi va farmoyish beruvchi davlat boshqaruv organlari – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat assotsiatsiyalari, korporatsiyalari, kompaniyalari, kompaniyalari, banklaridir.

Bu organlar Prezidentning farmoniga asosan tashkil etiladi va Oliy Majlisda tasdiqlanadi. Ular vakolatining hajmi Prezident farmonida va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shu organlar to‘g‘risidagi nizomlarda ko‘rsatiladi. Ushbu organlarning rahbari etib Prezident farmoniga asosan, vazir yoki rais tayinlanadi. Ana shu rahbarlarning buyrug‘iga asosan, quyi organlar tashkil qilinishi mumkin. Agar shu quyi organ mahalliy hokimiyatning tarkibida bo‘lishi zarur bo‘lsa, hokimning roziligi bilan hamda xalq deputatlari kengashida tasdiqlanishi kerak.

4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’muriyati. Ma’muriyat – mansabdor shaxslar guruhi bo‘lib, unga rahbar, uning yordamchilari, muhandis-texnik mutaxassislar va boshqaruv ishi bilan shug‘ullanuvchi boshqa xizmatchilar kiradi.

Ma’muriyatning huquqiy holati maxsus nizomda yoki ustavda qayd etiladi. Bu korxonalarning nizomi yoki ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston hududidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi asosida ta’minlanadi.

Mazkur Nizom, mulk shakllari va qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish (xo‘jalik), tijorat va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan ta’minlangan filiallar va tarkibiy bo‘linmalarni (bundan keyin korxonalar deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish korxona joylashgan hokimiyatda amalga oshiriladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun korxonalar hokimiyatga quyi-dagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mulkchilikning yoki vakil qi-lingan organning yangi korxonalar tashkil etish to‘g‘risidagi qaror, ishlab turgan korxonalar uchun ularni tashkil qilish to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlar; b) korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza; v) korxonaning ta’sis etuvchi tomonidan tasdiqlangan ustavi; g) agar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun er maydoni talab qilinsa, erdan foydalanuvchining rozilik xati; d) O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mahalliy organlarida korxonalarning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; e) korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olish daftariga kiritish uchun hokimiyatning moliya bo‘limiga o‘n kun muddat ichida etkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonaga ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida order beriladi.
1.2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va uning tizimi

O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan davrda fuqarolar tinchligini ta’minlash va milliy kelishuvga erishish qisqa muddatda siyosiy vazifalar sifatida qad tiklagan bo‘lsa, «insonparvar demokratik huquqiy davlat …»6 va fuqarolik jamiyatini qurish – strategik maqsad qilib belgilandi.

1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti rasman e’lon qilindi va «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik davlat deb e’tirof etildi7 va o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ldi.

Bu printsip keyinchalik 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlandi. Konstitutsiyaning XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda ikki mustaqil organ – vakillik va ijro hoki-miyati organi o‘z ifodasini topdi. 1993 yil 2 sentyabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini tuzilishi va faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 1992 yil 4 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki musta-qil organi, ya’ni vakillik va ijro organlari tizimini hamda joylarda yakka-boshchilik asosida ish olib boruvchi hokim lavozimi joriy qilinishini belgilab berdi8.

Mazkur qonun hokimlarning yuqori ijro organlari tomonidan tayinlanib, tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanishini mustahkamladi.

O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari va ularning tizimini shakllantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qator qonunlar, jumladan, 1992 yil 4 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun, 1993 yil 2 sentyabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlar, 1994 yil 5 mayda «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi, 2004 yil 2 dekabrdagi «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar muhim o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asosi o‘z ifodasini topgan. Mazkur bobda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangan.

Shuningdek, mahalliy vakillik organlari tizimi bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi bir-biridan ajratildi. Endilikda fuqarolar-ning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi vakillik organlari tizimiga kirmaydi.

Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi9. Shuningdek, bu qoida «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga asosan «Vi-loyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tash-qari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar», deyilgan bo‘lsa, «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 1-moddasida «Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari», deb belgilandi.

Natijada, shu davrgacha O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tu-zilishining eng quyi bo‘linishlari - qishloq, posyolka (shaharcha)larda vakillik organlari tuzilmaydigan bo‘lib, ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.

Shunday qilib, mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimi, ya’ni viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari – yuqori bo‘g‘in; tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari – quyi bo‘g‘in vujudga keldi.

Shuningdek, mavjud hududiy tuzilishlarning ham ba’zilarida, masalan, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydigan bo‘ldi. Bu joylarda faqat ijroiya hokimiyati organlari rahbari hokimlar bo‘lishi nazarda tutiladi.

Mahalliy davlat hokimiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, mahalliy vakillik organlariga ham ijroiya hokimiyati boshlig‘I hokim rahbarlik qiladi, hokimning rahbarligi, asosan, vakillik organlarining ishini tashkil etish va yo‘naltirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘ziga xos hususiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, bu tizim demokratik xarakterga ega bo‘lib, u mahalliy vakillik organlari xalq ommasining o‘zi tomonidan tuzilishida, ular tomonidan saylovlarning o‘tkazilishida, umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida mahalliy hokimiyat organlarining tashkil etilishida, saylovlarning to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatilishida ko‘rinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining demokratik xarakteri, yana, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘ri-sida»gi qonun hamda boshqa qonunlarda belgilangan demokratik printsiplarga, ya’ni xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etishlari, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda hamda Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari, xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilishlari, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashishlari, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni ishchanlik, oshkoralik ruhida muhokama qilish yo‘li bilan hal etishlari, muntazam ravishda ijro organi va xalq deputatlari kengashlari tomonidan tuzilgan organlarning hisobotlarini tinglab borishlari, Kengashlar va ular tomonidan tuzilgan organlarning o‘z faoliyatlari va qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida muntazam ravishda axborot berib borishlarida ifodalanadi.

Ikkinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyatning o‘ziga xos tizimini tashkil etishi bo‘lib, «xalq deputatlari kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining karorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O‘zbe-kiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi»10.

Uchinchidan, mahalliy vakillik va ijro organlari mahalliy davlat hokimiyati boshqaruvining muhim funktsiyalarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu o‘ziga xoslik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunga asosan xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar bevosita va o‘z organlari orqali davlat, xo‘jalik va ijtimoiy madaniy qurilishning barcha tarmoqlariga rahbarlikni amalga oshiradilar, qarorlar qabul qiladilar va ularning ijrosini ta’minlaydilar, hamda bu qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qiladilar.

To‘rtinchidan, hudud aholisi va saylovchilar mahalliy vakillik va ijro organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Bu asosan, deputatlarning davlat hokimiyatining mahalliy vakillik organlari-xalq deputatlari Kengashlaridagi xalqning to‘la huquqli vakillari sifatidagi burch va vazifalaridan kelib chiqib, ularning o‘z faoliyatlari va xalq deputatlari Kengashlarining ish faoliyatlari to‘g‘risida saylovchilar oldida muntazam hisobot berib turishlarida hamda saylovchilarning ishonchini oqlamagan deputat saylovchilar ko‘pchiligining qarori bilan qonunda belgilangan tartibda istagan vaqtlarida chaqirib olinishida ifodalanadi.

Beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati tizimida vakillik va ijroiya organlari faoliyatida bevosita va vakillik demokratiyasining turli shakllari bilan jonli aloqa o‘rnatiladi.

Bevosita demokratiya xalq deputatlari Kengashlarining mahalliy vakillik organi sifatidagi faoliyatini ta’minlab beradi, ularni hudud aholisi bilan muntazam aloqasini, xalq ommasini deputatlar va ijroiya organlari faoliyati ustidan nazoratini amalga oshiradi.


Download 84,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish