Kurs ishi mavzu: " Informatika darslarida ochiq on-line kurslardan foydalanish metodikasi " Termiz -2022 mundarija kirish


II BOB. INFORMATIKA DARSLARIDA ON-LINE KURSLAR UCHUN MATERIALLAR TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI



Download 1,02 Mb.
bet4/7
Sana14.11.2022
Hajmi1,02 Mb.
#865591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19 Informatika darslarida ochiq on line kurslardan foydalanish metodikasi

II BOB. INFORMATIKA DARSLARIDA ON-LINE KURSLAR UCHUN MATERIALLAR TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI

2.1. Informatika darslarida ochiq on-line kurslardan foydalanish metodikasi va ularning tutgan o‘rni
Didaktika (ta`lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma`nosini bildiradi) ta`limning nazariy jihatlari (ta`lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta`lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta`lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hakazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan.
Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashxur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu fakat ta`limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta`kidlaydi. Mazkur asarda olim ta`lim nazariyasining muxim masalalari: Ta`lim mazmuni, ta`limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.
Pedagogika fani ta`lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida urganadi. Ikki faoliyatning xar birining moxiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta`lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar.
Xozirgi davrda didaktika o‘qtishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika soxasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashkari xususiy didaktikalar yoki aloxida fanlar buyicha ta`lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta`limning ma`lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta`lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Xar bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash buyicha turli qarashlar ilgari surilgan qarashlarning turlicha bulishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini anik ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko‘pchilik olimlar ta`lim obyekt deb o‘qitish jarayonining maksadi, mazmuni, konuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.
O‘rgatuvchi didaktik ta`limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e`tirof etadi. Ta`lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta`limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshka o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan kaysi biri didaktika uchun asosiy xisoblanishi kerakligi borasida xam turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya`ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e`tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.
Didaktika predmetini moxiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta`lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta`limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni uzlashtirishlarini ta`minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma`lum ma`naviy-axlokiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe`l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta`limning mazmunli va jarayonli jixatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan xolda didaktika ta`limni fakatgina o‘rganish ob’yekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyixalashtirish ob’yekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bogliqligi va aloqadorligi xisoblanadi.
O‘rgatuvchi didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta`lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta`riflash va tushuntirish;

  • ta`lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya`ni, ta`lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqsh;

  • ta`lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini taxlil qilish va ta`riflash.

O‘rgatuvchi didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida me`yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta`limning mavjud jarayonlarini o‘ganish, uning turli jixatlari o‘rtasidagi bogliqliklar, ularning moxiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta`lim amaliyotini yunaltirish, ta`limini jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofik takomillashtirishga imkon beradi. Ta`lim mazmunini anglab olish, ta`lim tamoyillari, ta`lim metod va vositalarini qo‘llash me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me`yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish