Kuntartibi


Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi D. Boboqulova tomonidan



Download 402 Kb.
bet21/21
Sana09.07.2022
Hajmi402 Kb.
#761715
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
bayannomalar (4)

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi D. Boboqulova tomonidan :
2.3. Kichik yoshdagi o`quvchilarga iqtisodiy tarbiyani berishda oila maktab hamkorligi.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o`quv bilim yurti hamkorligi" konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma‘lum dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator meyoriy hujjatlar, jumladan, O`zbekiston Respubli-kasining "Ta‘lim to`g`risida"gi qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o`quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqozo etadi. Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz
ta‘kidlaganidek,
- birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;

- ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud b``lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;


- uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda

O`zbekistonga munosib hurmat uyg`otish istagida intilish ruhida tarbiyalash;


- to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
- beshinchidan, yosh avlodning ulug` ajdodlarimizga munosib vorislari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida O`zbekistonda talaba-yoshlari eng dolzarb masalalardir.

Bu "Oila, o`quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy - ahloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiya ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o`quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.


O’zbekistonda ro`y berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o`quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o`quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.
Oila jamiyatning asosiy bo„g„inidir Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro`y beradigan, uning ahloki, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo`lgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir ko`rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta‘sir ko’rsatishining chuqur o`ziga hosligi bilan uyg`unlashib ketadi. Bu esa, uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina
qolmay, shu bilan birga shahsni shakllantirish jarayonining zarur bo`g`iniga ham aylantiradi. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o`ziga hos hususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro`liligi va hokazolar bilan ta‘minlanadi. O`z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yo`rgakdagi chog`idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta‘sir etishni biladigan onadan va otadan yahshirok kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka,do`stlikka, muhabbatga o`rgata oladi!

Inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab etadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avvaylash, uy jihozlarini ta’mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniksa, bola-yoshlarda oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.


Bugungi bolalar qaerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda bolalarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish
kunikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar iqtisodiyot to‘g‘risida boshlang‘ich
tushunchalar olib, oila farovonligi mamlakat iqtisodiyoti bilan chambarchas
bog‘liqligini anglaydilar. Bolalarga odob-axloq doirasini tushunish, ko‘pchilikni
o‘ylash va unga bo‘ysunish, oila sha’niga dog‘ tushirmaslik, oila mulkini himoya
qilish kabi fazilatlar shakllantiriladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas xolda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam xamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy ta’lim bolalarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, kupaytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va
hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon.
Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi – yosh avlodga iqtisodiy faoliyat
sub’ekti sifatida karalgan xolda yosh avlodning kelajakdagi xayot faoliyatlarini
oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat tuzilishini o‘rganish, undagi o‘zining
o‘rnini xis etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini iqtisodiy
madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat
vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimiz shiddat bilan rivojlanib, xalqimiz o‘z oldiga
qo‘ygan ezgu va ulug‘ maqsadlarga erishishga intilmoqda. Bu maqsadlarga etish
uchun ota-bobolarimiz asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy,
ilmiy, adabiy qarashlarni ifoda etadigan ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlariga tayanamiz. Bu bebaho merosdan qanchalik
yoshlarimizni ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda,
jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda qudratli ma’rifiy
salohiyatga ega bo‘lamiz. Bular yoshlarimizni milliy o‘zligini anglaydigan, shu
bilan birga dunyoni chuqur o‘rgangan, zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan
etuk insonlar bo‘lib etishishiga yordam beradi.
Jamiyat rivojlana borgan sari, ko‘pgina tarbiya kategoriyalari kabi iqtisodiy tarbiya ham sekin-asta shakllanib borgan. Iqtisodiy tarbiya insoniyatning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllandi. Har bir tarbiyachi xalqimizning asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos odobi, urfodatlari, qadriyatlari, insof, iymon, vijdon, diyonat, adolat, halollik va poklik kabi xislatlarni bolalarga o‘rgatib borishi shart. CHunki bugungi bola o‘zbek xalqining iqtisodiyotidan faxrlanishi, axloqli, iqtisodiy odobga ega bo‘lgan fuqarosi sifatida jahon xalqlari hurmatiga sazovor bo‘lishi lozim. Iqtisodiy tarbiya insoniyatning ijtimoiy hayotini belgilab berishda, shaxs sifatida shakllanishida asosiy manba hisoblanadi. Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq ushbu jarayonga iqtisodiy faoliyat ham kiradi. Iqtisodiy tarbiya jarayoni vaqtni iqtisod qilish qonunlaridan kelib chiqadi. Bu qonuniyatning jamiyatdagi mavjud shart - sharoitlarida mavqei ortadi.
Iqtisodiy tarbiyani jamoasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bolalarni mehnatga o‘rgatish uchun, avvalo, ularni mehnat qilishga o‘rgatish, ularning mehnatlarini
turli yo‘llar bilan rag‘batlantirish lozim. Ularda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini
hosil qilgan holda moddiy zahiralarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni,
mehnatni tejab-tergab foydalanishga o‘rgatish lozim. Boshlangich sinf o’quvchilariga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga yega bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o’rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o’z ishiga pishiq bo’lishi kerak. Shunda u o’z mehnatining natijalarini o’lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko’p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo’lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni ye’tirof yetadi. Bu o’rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko’rsatib o’tgan yedih pedagogik jihatdan samarali yo’l hisoblanadi.
Tejamkorlik hususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga muvofiq ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida ko’zga tashlanadi. Xasis kishilar o’z imkoniyatlarini tejamhga doimo intiladilar, ammo o’zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil o’lmaydilar,undaylar shaxsiy manfaat, boyligini ko’paytirish jazavasi bilan yonib, insof, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar.Bunday kishilar sarxil mevamiz bozoriga, sutimizning qaymog’i haridorga, nonimizning mazalisi, ko’rpato’shakning yangisi, xonamizning chiroylisi mehmonga, o’zimiz sifatsiz ne’matlarni tozalab yeb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yashasak ham bo’laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro’ orttirishga intiladilar.
Ular "Topganingdan yetarlisini yeb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», degan g’oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur yetkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga, tarbiyaga xilof usullarini qo’llab, ba’zan ko’pchilikning nafratiga duchor bo’ladilar, o’z xasisliklari, yasama xushomadlari, yolg’on mulozamatlari bilan turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog’ tushiradilar. Boshlang’ich ta’limda iqtisodiy tarbiyani yo’lga qo’yish 1-sinfdan boshlab matematika darslarida amalga oshirsa maqsadga muofiq bo’ladi. Chunki matematika darslari orqali hisoblash jarayonlarida iqtisodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi. Misol uchun: 1-sinf matematika darsida hisoblash orqali o’quvchilarda iqtisodiy fikrlashni o’stirish. Dars jarayonida o’quvchilar diqqatini, fikrlash qobiliyatini o’stirish barobarida ularni tejamkor bo’lishga va tadbirkorlikka ham o’rgatib boriladi. Ona tabiatni asrash, avaylash lozimligiga alohida ye’tibor qaratiladi. Undan tashqari maktabda olgan bilimlarini amalda qo’llashga ham yo’naltiriladi
Ko’pincha ota-onalar bolalarining hamma narsani muhayyo bo’lishi, ya’ni yaxshi yeb-ichishi, yaxshi kiyinishi, katta bo’lganda uy-joyli bo’lishi haqida o’ylaydilar. Bularning hammasini farzandlariga cheksiz mehribonliklaridan va ularni behad sevganliklaridan qiladilar. Bolalarini deb o’zlarining yeng zarur yehtiyojlarini qondirishni ham chetga surib qo’yyadilar, lekin buni bola yesiga ham keltirmaydi va hatto sekin-asta o’zini hammadan ortiq, mening istagim ota-onam uchun qonun, deb o’ylashga odatlanadi.
Bu tarbiyaning noto’g’ri va zararli yo’li bo’lib, bundan ota-onalarning o’zlari ko’proq zahmat chekadilar. Bizningcha, ota-onalar o’z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.
Bola o’z ota onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab-chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
Umuman, bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat yevaziga olinadigan ish haqi yekanini mumkin qadar yertaroq yaxshi tushunishi lozim.
Bolani oila byudjeti bilanmumkin qadar yertaroq tanishtirish lozim. u otasi va onasining qancha maosh olishini bilishi kerak. Bola ota yoki onasining nimaga muhtoj yekanligini, bu muhtojlikning qanchalik zarurligini bilishi zarur, u oilaning boshqa a’zolari yehtiyojini yaxshiroq qondirish uchun o’zining ba’zi yehtiyojlaridan vaqtincha kechishga odatlanishi kerak. Oilaning umumiy yehtiyojiga doir masalalarini muhokama qilishga bolani ko’proq jalb qilish lozim. Ota-onalar bolalarining halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko’z o’ngida yotgan bo’lsa ham, so’roqsiz olmaslikka o’rgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning ko’z o’ngicha qo’yib, uni ana shu narsalarga beparvolik bilan, suhlik qilmay qarashga o’rgatish lozim. Bola faqat o’z xonadonidagi buyumlarinigina yehtiyot qilib qolmay, balki boshqa kishilarning buyumlarini ayniqsa, ko’pchilik foydalanadigan buyumlarni ham yehtiyot qiladigan bo’lishi lozim. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar yertaroq tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo’ladi. shu yo’l bilan bolada buyumlarni tejab-tergab turish istagini doimo rag’batlantirib turish kerak. Pulni tejab-tergan sarflash ayniqsa muhimdir. bunday harajatlarning ro’yxati bolaning yoshiga va oilaning qurbiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Deylik, 10 yashar bola uchun taxminan quyidagicha ro’yxat tuzsa bo’ladi: daftar, kitob sotib olish, yo’l kira, butun oila uchun non, sut, saryog’, sovun sotib olish, uning o’zi va ukasiga ruchka olish… bola katta bo’lgan sari, bunday harajatlar ro’yxati ancha ma’suliyatliroq va murakkabroq bo’la borishi lozim. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va yehtiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi. O’qituvchi darsning tashkiliy qismidan keyin quyidagi ikki lavhani ikki o’quvchiga o’qitadi.
Iqtisodiy holat haqidagi umumiy tushunchalarni shakllamtirishda oila a’zolari xususan ota-onaning o’rni beqiyosdir
Pul va molni kerakli, zarur narsalarga sarflagandan keyin qolgan puldan bir qismini kelgusi kunlar uchun saqlash lozim. shunday qilinsa, doimo iqtisod qilib borilsa, katta sarmoya hosil bo’ladi.
Oilada bolalarni yoshligidanoq oilaning iqtisodiy masalalarni hal qilishga jalb yetish birinchidan bolanining ota-ona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning o’ziga ishonchini kuchaytiradi, ikkinchidan pul sarflash madaniyatiga hisob-kitobga, tejamkorlikka o’rgatadi. Oila xo’jaligining iqtisodiy masalalari demokratik asosda, hamma oila a’zolari ishtirokida o’tadigan oilalarda pul-mablag’ sababli janjallar ro’y bermaydi, balki oila a’zolarini oila kollektiviga yanada jipslashtiradi.
Bolaning mehnati yoki o’qishi hech qachon pul bilan rag’batlantirmaslik kerak. Umuman olganda iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib ular bir-birini to’ldiradi. Ularni biz o’zimiz to’liq anglab yetganimizdan keyin, o’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishimiz va shu orqali o’quvchilarda iqtisodiy, bilim, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy dunyoqarashlar amalga oshiriladi. Iqtisodiy qonunlarni o’rgatish orqali biz yoshlarni jamiyatda o’z o’rnini topishga, qilayotgan sa’yi – harakatilari samarali bo’lishga, tejamhga, avaylab asrashga, o’rgatib isrofgarchilikka yo’l qo’yishning oldini olamiz. Iqtisodiy bilimlar har doim kishilik jamiyatining rivojiga hissa qo’shib kelganligi bois iqtisodiy tarbiyaga yehtiyoj bor. Bunda ota-onalarning ta’lim tarbiya jarayonida uzluksiz ishtirok yetishi bolaning yetuk shaxs bo`lib yetishishiga asosiy turtki bo`ladi.

Q A R O R Q I L A D I :

Yig’ilish raisi: N. Ashurov
Yig’ilish kotibi: N.Donayeva
Download 402 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish