Korxonalar moliyaviy holati tahlilining mazmuni, vazifalari va axborat manbalari


Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlili



Download 60,4 Kb.
bet6/7
Sana20.04.2022
Hajmi60,4 Kb.
#566905
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish

Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlili

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxona faoliyatini erkin va mustaqil boshqarishni taqozo etiladi. Endi boshqarish iqtisodiy dastaklar bilan amalga oshirilib, hozirgi kunda korxonani boshqarishda ularning mohiyati keskin o‘zgardi.
Korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkich- lardan eng muhimi uning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Shu tufayli bu ko‘rsatkichlami tahlil qilish hozirgi kunda muhim va dolzarb hisoblanadi.
Aktivlar (asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag‘lar) ga qo‘yilgan mablag‘lami o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, noo‘rin debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘laydigan korxona moliyaviy barqaror korxona hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikka tegishli ko‘rsatkichlar, ulami hisoblash yo‘llari va tahlili iqtisodiy adabiyo’llarda yetarlicha yoritilgan. Xususan, Rossiya iqtisodiy tahlil fanining ko‘zga ko‘ringan yirik namoyondalari A.D.Sheremet, R.S.Sayfullin, A.L.Li, S.I.Kravchen- ko, V.V.Kovalev va boshqalaming moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan qator darslik, o‘quv qo'llanmalarini, ilmiy maqolalarini e’ti- rof etish joiz. Iqtisodchi olimlaming korxonaning moliyaviy barqa- rorligini tahlil qilishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi borasida tavsiyalari turlicha.
A.D.Shyeremet, R.S.Sayfullin tomonidan moliyaviy tahlilga bag‘ishlab chop etilgan “Moliyaviy tahlil uslubi” o‘quv qo‘Uan- masida korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni tavsiya qilganlar:

  • o‘zlik manbalar koeffisiyenti;

  • o‘zlik va majburiyatlar nisbati;

  • chaqqonlik koeffisiyenti;

  • harakatchan va harakatsiz mablag‘lar nisbati;

  • qisqa muddatli qarzlar koeffisiyenti;

  • zahira va xarajatlami shakllanishida mustaqil manbalar koeffisiyenti;

  • kreditorlik qarzlar koeffisiyenti;

A.F.Ionova quyidagi moliyaviy koeffisiyentlami tavsiya etgan:

  • o‘zlik kapitalining jamlanganlik koeffisiyenti;

  • uzoq muddatli majburiyatlaming tarkibiy koeffisiyenti;

  • o‘zlik kapitalining chaqqonlik koeffisiyenti;

  • qarzlami uzoq muddatga olish koeffisiyenti.

O‘zbekistonda ham iqtisodiy tahlilga va uning ayrim sohalariga bag‘ishlangan adabiyo’llar, ilmiy risola va maqolalar chop etilgan. Bevosita korxonalaming moliyaviy holatiga bag‘ishlangan nufuzli ishlardan biri E.A.Akramov tomonidan chop etilgan “Korxona- laming moliyaviy holatini tahlili” o‘quv qo‘llanmani e'tirof etish joiz. Ushbu ishda muallif moliyaviy barqarorlikni ikki tizimli ko‘rsatkichlarga umumlashtirishni tavsiya etgan:

  1. Asosiy ko‘rsatkichlar:

  1. O‘zlik mablag‘larining manbalari.

  2. O‘zlik mablag‘larining manbalari va uzoq muddatli passivlar.

  3. Umumiy manbalar - o‘zlik mablag‘larining manbalari, uzoq muddatli va boshqa passivlar.

  1. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar:

  1. Aylanma mablag‘larning o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti.

  2. Majburiyat va o‘z manbalar nisbat koeffisiyenti.

  3. Moliyaviy qaramlik koeffisiyenti.

  4. O‘zlik kapitalning chaqqonlik koeffisiyenti.

  5. Moliyalashtirish koeffisiyenti.

  6. Kapitalni qarzga olish koeffisiyenti.

Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev va B.A.Xasanovlar tomonidan chop etilgan “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” o‘quv qo‘llanmada moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlami 5 guruhga bo‘linadi:

  1. Xususiy mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

  2. Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

  3. Harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

  4. Aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

  5. Asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.

Uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan korxona faoliyatining barqarorligi, korxona iqtisodiyotining tashqi kreditorlar va inves- torlarga bog‘liqlik darajasi moliyaviy barqarorlik mezoni hisob- lanadi. Korxonaning o‘zining shu vaqtga bo‘lgan qarzlari bilan hisob-kitob qilish qobiliyatini tavsiflovchi balans likvidligidan farqli o‘laroq, moliyaviy barqarorlik - korxonaning to‘lovga doimo layoqatliligini kafolatlovchi muayyan holatdir.
Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda ulami tavsiflovchi ko‘rsatkichlami hisoblab chiqish, ularni bir yil yoki bir necha yil uchun dinamikada qiyoslash, ularning yomonlashish yoki yaxshilashish sabablarini aniqlash, moliyaviy holatni yaxshilashga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqish kerak bo‘ladi.Moliyaviy barqa- rorlik koeffisiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, zero ushbu koeffisiyentlar orqali ular
korxonaning chet el sannoyalariga qaramlik darajasini, moliyaviy holatining barqarorligini, bankrotlik (sinish) ehtimolini hamda investisiya siyosatini yurgizish variantlarini aniqlaydilar.

Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish