5. Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” – “o’rnini to’ldirish”) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish, qayta qurishdir. Bu jarayoni oliy asab tizimning zahira imkoniyatlariga tayanadi.
6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – “qobiliyatini tiklash”) anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga ko’ra ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va kamaytirishga yordam beradigan maxsus tibbiy vositalar, maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli toifalari uchun maxsus o’quv muassasalarida hal etiladi. Ularda o’quv jarayoni bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga tayangan holda tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |