242. Bir qavatli sanoat binolarining fazoviy bikrligi qanday
ta’minlanadi?
Bir qavatli sanoat binolarining fazoviy bikrligi ko‘ndalang
ramalar yordamida ta’minlanadi. Ko‘ndalang ramalar ustun
va rigellardan tashkil topgan. Rigel sifatida balkalar, fermalar
yoki arkalar qo‘llanilishi mumkin. Agar binoning oralig‘i 12–
18 m ni tashkil qilsa balka 24–30 m bo‘lsa, ferma 36 m yoki
undan ortiq bo‘lsa arkalar qo‘llaniladi. Stropil konstruksiyala-
riga uzunligi 6 yoki 12 m bo‘lgan tomyopma panellari o‘rna-
tiladi. Panellar payvandlanadi va choklar betonlanadi, natijada
bikr diafragma hosil bo‘ladi. Bu diafragma boshqa konstruksi-
yalar bilan birgalikda binoning fazoviy bikrligi va ustuvorligini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |