Passiv va interaktiv mashina grafikasi
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘laklarga ajratish mumkin. Rasmlarni alfavit – raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan qog‘ozlarga chiqarish mumkin. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushurish orqali, rang tafovuti esa ba’zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang), bazi joylarda bir marta tushurib (och rang) hosil qilinadi. Tasvirlarni bunday usulda hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasida tasvirning holati, uning shakli, mazmuni, o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarilib turiladi.
Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatgichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafiklarning barchasi amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |