2.3.1-jadval
Payariq tumani fermer xo’jaliklarida asosiy vositalar qiymatining o’zgarishi*
T/r
Ko’rsatkichlar
2011 yil
2013 yil
2013 yilda 2011
yilga nisbatan
o’zgarishi
Q
iy
m
a
ti
,
m
ln
.s
o
’m
S
a
lm
o
g
’i
,
%
Q
iy
m
a
ti
,
m
ln
.s
o
’m
S
a
lm
o
g
’i
,
%
M
iq
d
o
ri
y
,
+
/-
N
is
b
iy
,
%
1.
Bino
3571,5
36,38
3601,9
323
30,4
100,8
2.
Inshoat
624,8
6,36
723,2
6,43
98,4
115,7
3.
Uzatish moslamalari
169,8
1,73
189,4
1,68
19,6
111,6
4.
Mashina va uskunalar 2624,6
26,74
3722,1
33,1
1097,5 141,8
5. Mebel va ofis
jihozlari
26,7
0,27
32,2
0,29
5,5
120,3
6.
Kompyuter va
hisoblash texnikasi
5,4
06
9,7
09
4,3
179,8
7.
Transport vositalari
913,3
9,3
1307,2
11,63
393,9
143,1
8.
Mahsuldor hayvonlar
18,2
0,19
21,5
0,19
3,3
118,4
9. Ko’p yillik
o’simliklar
1604,8
16,35
1604,8
14,27
0
100
10. Boshqa asosiy
vositalar
257,5
2,62
32,2
0,29
-225,3
12,5
Jami:
9816,5
100
11244,2
100
1427,7 114,5
*Manba: Payariq tumani fermer xo’jaliklari 2011, 2013 yillar hisobot ma’lumotlari
2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer
xo’jaliklari 2013 yilda 11244,2 mln. so’mlik asosiy fondlarga ega bo’lib, 2011
yilga nisbatan 1427,7 mln. so’mga yoki 14,5%ga oshgan. Fermer xo’jaliklaridagi
bu o’sishga mashina va uskunalardagi 41,8% yoki 1097,5 mln. so’m hamda
transport vositalaridagi 43,1% yoki 393,9 mln. so’mlik o’sish ta’sir etgan. Bundan
ko’rinib turibdiki, tuman fermer xo’jaliklarida asosiy fondlar qiymati yildan-yilga
oshib bormoqda.
Demak, ushbu raqamlardan ham ko’rinib turibdiki, tuman fermer
xo’jaliklarida asosiy vositalar qiymati yildan-yilga oshib bormoqda.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
31
III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
3.1. Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi, baholash va
hisobning vazifalari
Fermer xo’jaliklari ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatida mehnat, material va
moliya resurslari bilan birga asosiy vositalardan ham foydalanadilar. Asosiy
vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’prok vaqt
davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham
amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy
aktivlardir (5-son BHMA ning 7-bandi). Asosiy vositalarga binolar, inshootlar,
transport vositalari, uzatuvchi moslamalar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari
va h.k. kiradi. Fermer xo’jaliklarida mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko’p yillik
daraxtlar va h.k. ham asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Asosiy vositalarga yerlarni
melirativ holatini yaxshilash uchun qilingan kapital sarflar ham kiradi. Asosiy
vositalar aylanma mablag’lardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1) Ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishtirok etishi.
2) Xizmat muddati davomida natura ko’rinishini saqlab qolishi.
3) O’z qiymatini xarajatga bosqichma-bosqich (amortizasiya shaklida)
qo’shishi.
Xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan aktivlar (mehnat vositalari) tez
eskiruvchi buyumlar hisoblanadi.
Asosiy vositalar moliyaviy hisobotning 3-shakli «Asosiy vositalar harakati
to’g’risida hisobot»ga asosan quyidagicha turkumlanadi:
1. Bino.
2. Inshoot.
3. Uzatish moslamalari.
4. Mashina va jihozlar
shu jumladan:
−
kuch mashina va jihozlari.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
32
−
Ishchi mashina va jihozlar.
−
o’lchov va tartibga soluvchi asboblar, moslamalar va laboratoriya
jihozlari.
−
hisoblash texnikasi.
−
boshqa vositalari.
5. Transport vositalari.
6. Asbob-uskunalar.
7. Ishlab chiqarish inventari.
8. Xo’jalik inventari.
9. Xodim va mahsuldor hayvonlar.
10. Ko’p yillik daraxtlar.
11. Yer holatini yaxshilashdagi kapital xarajatlar (inshootsiz).
12. Boshqa asosiy vositalar.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatida tayinlanishiga ko’ra
turkumlanadi:
−
ishlab chiqarish asosiy vositalari.
−
zahiradagi asosiy vositalari.
−
konservasiya qilingan asosiy vositalar.
−
ijaraga olingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalar kimga tegishli ekanligiga ko’ra turkumlanadi:
−
o’z asosiy vositalari.
−
ijaraga olingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalar hisobini to’g’riligining sharti-ularni yagona prinsip asosida
baholanishidir. Asosiy vositalarning 4 xil bahosi mavjud:
Asosiy vositalar dastlabki qiymati – ularni barpo etish (qurish, o’stirish.
yetishtirish, yasash) yoki sotib olish bo’yicha amalda qilingan xarajatlar
qiymatidir.
Asosiy vositalar dastlabki qiymati, ularni kelish manbalariga qarab
quyidagicha bo’ladi:
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
33
−
ta’sischilardan, ularning ustav fondiga ulushi sifatida olinganda –
tomonlarning kelishuviga ko’ra baholanadi.
−
fermer xo’jaliklarining o’zida tayyorlangan, boshqa fermer xo’jaliklaridan
yoki shaxsdan sotib olingan asosiy vositalar – haqiqiy xarajatlar miqdorida (olib
kelish, montaj va o’rnatish xarajatlari qo’shilib) baholanadi.
−
tekinga olingan asosiy vositalar ekspertlar aniqlagan yoki qabul qilish –
topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan bahoda baholanadi.
Asosiy
vositalar
vaqti-vaqti
bilan
O’zbekiston
Respublikasi
Makroiqtisodiyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 2002 yil 29 oktyabrda
tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil
4 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan «1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har
yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom»ga ko’ra qayta baholanib
turiladi. Bunday qayta baholash har yili bir marta 1 yanvar holatiga o’tkazildi.
Qayta baholash natijasida aniqlangan asosiy vositalar qiymati – qayta tiklangan
qiymat deyiladi.
1. Boshlang’ich qiymat- asosiy vositani ishchi holatga keltirish uchun
qilingan jami xarajatlardir yoki ularni barpo etish (qurish, o’stirish. yetishtirish,
yasash) yoki sotib olish bo’yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir.
2. Joriy qiymat – asosiy vositalarning muayyan bir vaqtda amaldagi bozor
baholari bo’yicha qiymati yoki aktivlarni xabardor manfaatdor tomondan o’rtasida
almashtirilishi mumkin bo’lgan summasidir.
3. Qoldiq qiymati – asosiy vositalarning dastlabki (qayta tiklangan) yoki
joriy qiymatidan to’plangan amortizasiya chiqarib tanlangan summasidir.
4. Tugatish qiymati – asosiy vositalarni hisobdan chiqarish vaqtida ko’zda
tutilgan qiymati, bundan asosiy vositani tugatish xarajatlari ayriladi.
5. Amortizasiyalanadigan qiymat – dastlabki qiymatdan tugatish qiymatini
chegirilganidir.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
34
Asosiy vositalar hisobining vazifalari:
- asosiy vositalarni saqlanishini va maqsadga muofiq foydalanishini nazorat
qilish;
- asosiy vositalar kelishi, harakati va chiqishini hujjatlarda va hisob
registrlari to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;
- asosiy vositalarni ta’mirlash, kengaytirish xarajatlarini maqsadga
muvofiqligini ta’minlash;
- asosiy vositalar amortizasiyasi (eskirishi)ni to’g’ri hisoblashni va xarajatga
qo’shishni ta’minlash;
- asosiy vositalar o’z vaqtida va maqsadga muofiq ta’mirlanishini nazorat
qilish;
- asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va tugatish natijalarini aniq
hisoblashni ta’minlash.
Asosiy vositalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olishni to’g’ri
yo’lga qo’yish uchun ularga inventar nomerlar beriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
35
Do'stlaringiz bilan baham: |