Allergik kasalliklarda shifobaxsh ovqatlanish
Allergik kasalliklardagi shifobaxsh ovqatlanish profilaktik va parhez
ovqatlanishga bo‘linadi. Profilaktika eng kam allergenlik xususiyatlariga ega
bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish tamoyiliga amal qilishdan iborat hayvon
oqsillarini, apelsin, mandarin, ananas kabi sensibilizatsiyalovchi xususiyatga ega
meva va sabzavotlarni cheklash.
Agar allergiya allaqachon shakllanib bo‘lib, allergen almashtirish qiyin bo‘lgan
mahsulot (sigir suti, tuxum kabi) bo‘lsa, ratsiondan allergenlarni chiqarib tashlash
bilan birga, mavjud allergenni ham cheklash lozim. Buning uchun individual
eliminatsion dietani belgilash lozim. Ovqatlanish ratsionidan yuqori qiymatga ega
bo‘lgan allergenlarning (sut, tuxum, baliq) olib tashlanishi bemor ahvolining
yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
Organizmda allergik reaktsiya chaqirish qobiliyatiga ega, ya’ni yuqori
sensibilizatsiyalovchi aktivlikka ega bo‘lgan ovqat mahsulotlari obligat ovqat
allergenlari deb ataladi. Ratsiondagi qiymati va ahamiyatiga ko‘ra obligat
allergenlar ikki guruhga bo‘linadi:
1) ratsiondan katta zararsiz chiqarib yuborish mumkin bo‘lgan mahsulotlar
(shokolad, kakao, tsitrus mevalari, anor, qovun, smorodina, qulupnay, malina, asal,
baliq, ikra, yong‘oq, qo‘ziqorinlar);
2) Allergik reaktsiya chaqirishga moyillik mavjudligiga qaramasdan,
ratsiondagi qiymati yuqori bo‘lganligi uchun ratsiondan to‘liq olib tashlanmaydigan
mahsulotlar sigir suti va tovuq tuxumi bo‘lib, ularning miqdori 2-3 barobar
qisqartiriladi, kulinar ishlov beriladi.
209
Bundan tashqari mannka yormasi, bug‘doy non, tvorog, to‘liq sut, smetana,
yog‘li mol go‘shti va cho‘chqa go‘shti, tovuq go‘shti iste’moli cheklanadi.
Gipoallergen dietadan ichaklar shilliq qavatida oqsillar, ya’ni ovqat allergenlari
o‘tkazuvchanligini oshiruvchi ekstraktiv moddalar, o‘tkir ziravorlar, sho‘r taomlar
istisno qilinadi. Go‘shtli bulyonlar sabzavotli qaynatmalar bilan almashtiriladi,
qovurilgan sabzavotlar va go‘sht esa qaynatilgan yoki bug‘da tayyorlanganlari bilan
almashtiriladi. Yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatib, allergenlarning qonga o‘tishiga
to‘sqinlik qiluvchi mahsulotlar jumladan suli, guruch bo‘tqalari tavsiya qilinadi.
Qo‘shimchalar tutuvchi barcha mahsulotlarni – konservalarni, dudlangan
mahsulotlarni, siroklarni, gorchitsani, xrenni, qalampirni cheklash zarur. Ovqat
qo‘shimchalari sensibilizatsiyalovchi faollikka ega bo‘lmasada, allergiyasimon
reaktsiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Hayvon oqsillari defitsitini to‘ldirish uchun mol go‘shti iste’moli oshiriladi va
haftada ikki marta mol go‘shti o‘rniga tovuq go‘shti ishlatiladi. O‘simlik oqsillari
gipoallergen dietada huddi oddiy dietadagi kabi bo‘ladi.
Qo‘zg‘alish davrida oqsilning sutkalik miqdori ikki barobar kamaytiriladi, shu
bilan birga dieta meva va sabzavotlar bilan boyitiladi.
Gipoallergen dietada yog‘larning 15-20% i o‘simlik yog‘laridan iborat bo‘ladi.
O‘simlik yog‘i tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari ichaklar shilliq qavatiga
ijobiy ta’sir qiladi.
Oddiy uglevodlar ya’ni shakar, siroplar, asal kabi oson o‘zlashtiriladigan
uglevodlar miqdori cheklanadi, chunki ular organizmda suyuqliklarni ushlab qolib,
allergik reaktsiyalarni kuchaytirish xususiyatiga ega. Uglevodlarga bo‘lgan talab
sabzavotlar va don mahsulotlari hisobiga ta’minlanadi.
Suyuqlik miqdori faqatgina shishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalarda
jumladan Kvinke shishi, krapivnitsa kabi holatlarda cheklanadi. Suyuqlikning
organizmda ushlanib qolishini profilaktika qilish maqsadida osh tuzi iste’moli
kamaytiriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda allergik kasallik belgilari bo‘lsa, bu vaqtda
ko‘krak suti bilan oziqlantirish optimal variant bo‘lganligi uchun, ona albatta
gipoallergen dietaga amal qilishi kerak.
Qo‘shimcha ovqatlantirish uchun sabzavot pyurelari qaynatilgan holda
tayyorlanadi. Bo‘tqalar turli-tuman bo‘lishi kerak, chunki, qaysidir bir donli
mahsulot qancha uzoq vaqt davomida iste’mol qilinsa, unga nisbatan allergik
munosabat paydo bo‘lishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Sabzi, tsitrus mevalari va o‘rmon mevalaridan tayyorlangan sharbatlar va baliq
yog‘i allergik reaktsiya chaqirgani sababli, ularni iste’mol qilgach bolada hatto
kichik allergik belgilar paydo bo‘lsa ham, bu mahsulotlarlardan to‘liq bosh tortish
lozim.
Gipoallergen dietada ruxsat etilgan mahsulotlar:
1. Kurka, quyon, buzoq go‘shtlari.
2. Karam, kabachki, kartoshka, bodring, olma, nok.
3. Grechka, perlovka, suli va guruch yormalari.
4. Kungaboqar, zaytun yog‘i.
210
5. Sariyog‘.
6. Kefir, ryajenka, yogurt.
7. Olma, nok kompotlari, na’matak damlamasi, gazsiz mineral suv, choy.
Yarim tayyor mahsulotlar, konservalar, qandolat mahsulotlari iste’molidan
cheklanish lozim, chunki ularda turli yashirin allergenlar bo‘lish ehtimoli bor. Ko‘p
miqdorda gistamin va tiramin tutuvchi mahsulotlar, ya’ni pishloq, alkogolli
ichimliklari, konservalangan baliq, dudlangan mahsulotlar ya’ni kolbasa, sosiska,
sard
Do'stlaringiz bilan baham: |