Bronxial astma kasalliklarida davo dietasi
Bronxial astma infektsion-allergik kasalliklar qatoriga kiradi va surunkali
hastalik bo‘lib, bronxlarning turli ta’sirlovchilarga reaktsiyasining o‘zgarishi, ya’ni
ularning spazmi, bronxial shilliq moddaning kuchli sekretsiyasi va bo‘g‘ilish
simptomi bilan xarakterlanadi.
Bronxial astmaning rivojlanishi va kuchayishida muhim rolga ega bo‘lgan
allergenlar turli-tuman tabiatga egadirlar. Asosan bu o‘simlik (chang), maishiy
(hayvon yunglari, uy changi, maishiy kimyoviy moddalar, dafniyalar), oziq-ovqat
va dori-darmon allergenlaridir. Infektsiya ham katta ahamiyatga ega bo‘lib allergen
rolini o‘ynaydi va hurujlarning paydo bo‘lishiga bevosita sabab bo‘ladi. Kasallik
patogenezida organizmda immun holatni buzilishi asos bo‘ladi, ya’ni autoimmun
jarayon shakllanadi.
Kasallikning asosiy belgisi xurujsimon yuzaga keladigan bronxlar spazmi
hisoblanadi. Xurujning paydo bo‘lish sabablari turlicha bo‘lib, ularga allergik
omillarning ta’siri, nerv-psixik toliqish, jismoniy yuklamalar, ba’zan sovuq havodan
nafas olinishi kiradi. Astma hurijida bemorda kislorod etishmaslik hissi bilan
namoyon bo‘ladi, bemor chuqur nafas ola boshlaydi, bir joyda o‘tira olmaydi, toza
havo kirishini osonlashtirish uchun oynalarni ochishga intiladi. Nafas olishni
osonlashtirish maqsadida bemor qo‘llari bilan tizzasiga tayangan holda o‘tiradi,
unda hushtak chalgandek ovozlar paydo bo‘lib, ular uzoqdan ham eshitiladi.
Keyinchalik o‘pkalar havoga to‘lib, maksimal nafas olish holatida qoladi, ko‘krak
qafasi o‘lchami kattalashadi, bemorning yuzi ko‘kimtir tusga kiradi, bo‘yin venalari
bo‘rtib qoladi. Nafas olishni osonlashtirish maqsadida qo‘shimcha mushaklar –
bo‘yin mushaklari, burun qanotlari, qovurg‘alararo mushaklar ishlay boshlaydi.
Xuruj o‘z-o‘zidan, yoki bronxlarni bo‘shashtirib, bronxlar shilliq moddasining
chiqishini osonlashtiruvchi dori preparatlari qabul qilingach yakun topadi. Asta-
sekin nafas olish osonlashadi, shishasimon balg‘amning yo‘tal bilan ajralishi
osonlashadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi.
Kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablar maxsus parhez ovqatlanishni
belgilashga ehtiyojni paydo qiladi. Dieta yordamida organizmning immun
imkoniyatlarini korrektsiya qilish, himoya kuchini oshirish mumkin. Ovqat tarkibida
allergenlar miqdori kamaytiriladi, aniqrog‘i, bronxial astma xurujiga sabab
bo‘luvchi allergen mahsulotlar aniqlangan bo‘lib, ular bemorning ratsionidan olib
tashlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ba’zi o‘zgarishlar bilan, talabga Pevzner bo‘yicha dieta
№9 to‘g‘ri keladi. Mazkur dietada allergik jihatdan xavfli mahsulotlar cheklanadi va
bronxial astma xurujiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar cheklanadi. Asal, shokolad,
171
kakao, kofe, shirinliklar iste’moli kamaytirilishi lozim. Bu mahsulotlar bevosita
allergik reaktsiya rivojlanishiga sabab bo‘lmasalarda, maxsus biologik modda –
gistaminning ajralishiga olib keladilar. Gistamin shishlar rivojlanishi va bezlar
sekretsiyasining kuchayishini stimullab, allergik reaktsiya rivojlanishida muhim
o‘rin tutadi va bronxiospazmga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari osh tuzi, tuzlangan,
dudlangan, achchiq taomlar, ko‘p miqdorda ekstraktiv moddalar tutuvchi taomlar
iste’moli ham cheklanadi. Dietada uglevodlar miqdori shakar, shirin taomlar va
mahsulotlar hisobiga kamaytiriladi.
Qabul qilinadigan suyuqlik hajmi 1,5–1,8 litrgacha bo‘lishi kerak. Ratsionning
quvvat moddalarning manbalariga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik normasini hisobga
olib, lekin shakar va shakar tutuvchi mahsulotlarni chelangan holda hisoblanadi.
Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda stolning o‘rtacha quvvat qiymati 2600–
2700 kkal ni tashkil etadi. Bu quvvat 100-130 g oqsillar, 85 g yog‘lar, 300 g
uglevodlar hisobiga olinadi. Ovqatning umumiy sutkalik miqdori 4-5 ta qabulga
taqsimlanishi lozim. Erkin uglevodlar – shakar, asal, shirinliklar (muzqaymoq),
qovurilgan va dudlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak. Undan tayyorlangan
mahsulotlar iste’molini ham imkon qadar cheklash zarur. Birinchi taomlar –
go‘shtning yog‘siz turlaridan tayyorlangan bulyonlar asosidagi barcha sho‘rva va
boshqa taomlar minimal miqdorda ekstraktiv moddalar tutishi lozim. Qo‘y go‘shti,
yog‘li cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan bulyonlar, yormalar va vermishel
qo‘shilgan sho‘rvalar ruxsat etilmaydi. Ikkinchi taomlar yog‘siz turdagi go‘sht,
baliq, parrandadan tayyorlanadi. Qovurilgan ovqatlardan, sho‘r va achchiq
taomlardan, taomlarga o‘tkir ziravorlar, souslar qo‘shishdan, konservalarni iste’mol
qilishdan bosh tortish maqsadga muvofiqdir. Sut va sut mahsulotlari ehtiyotkorlik
bilan, sut oqsili allergen ekanligi va allergik moyillikka ega bo‘lgan shaxslar uchun
xavfli bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda iste’mol qilinadi. Faqatgina sigir
suti emas, echki, ot sutlari ham allergenlik xususiyatiga ega va ularni ham
ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish lozim. Agar sutning ovqat allergeni sifatidagi
etiologik roli aniqlangan bo‘lsa, u imkon darajasida cheklanadi (sutning o‘zi ham,
boshqa taomlar tarkibida ham). Ko‘pincha alkogol ichimliklari iste’mol qilish xuruj
rivojlanishi uchun omil bo‘ladi, shunday ekan, bronxial astma bilan og‘rigan
bemorlar spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechishlari kerak. Odatda, bemorlar
organizmlarining bu xususiyatlarini darhol tushunib, o‘zlari spirtli ichimliklardan
voz kechadilar. Tovuq go‘shti va tovuq tuxumining oqi ham allergenlik xususiyatiga
ega. Agar ularning astma kelib chiqishidagi etiologik roli aniqlanmasa, ularni
iste’mol qilish mumkin, lekin ularning bemor ratsionidagi miqdori cheklangan
bo‘lishi kerak. Ikkinchi taomlar uchun garnirlar sabzavotlardan tayyorlanishi
mumkin, lekin bunda ularni qovurish emas, qaynatish, damlash, bug‘da ishlov berish
lozim. Tuzlangan baliq, marinovkalangan qo‘ziqorin, sabzavotlar, qalampir,
gorchitsa, ziravorlar butunlay taqiqlanadi. Mevalardan uzum, tsitrusli mevalar
(apelsin, limon, greypfrut, ulardan tayyorlangan sharbat, djem va boshqa
mahsulotlar), qulupnay, malina, xurmo, mayiz, bananlar iste’moli cheklanadi. Asal,
murabbo, djem, konfityur, shokolad, kakao iste’moli ham cheklanadi.
Ichimliklardan taqiqlangan mevalarning sharbatlari, kakao, kofe, issiq shokolad
172
kabilar cheklanadi, spirtli ichimliklar, hatto kuchsiz spirtli ichimliklar (pivo) ham
butunlay taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |