Soliq tekshiruvlari turlari, shakllari, muddatlari va ularni o'tkazishning asosiy shartlari.
Reja
1 Kirish.
2 Soliq tekshiruvi turlari
3 Kameral soliq tekshiruvi
4 Sayyor soliq tekshiruvi
5 Soliq auditi
1 Kirish
Yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan taftishdan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bulinmasi tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma;
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrugi yoxud maxsus vakolatli organning tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish maqsadi, uni o‘tkazish sanasi va tekshirishni amalga oshirish topshirilagan mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan qarorlari.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliya – xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliya - xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi.
Rejali soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan
olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan ko‘chirma. Bunda ko‘chirma uning asliga to‘g‘ri ekanligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o‘tkazish
muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i.
Rejadan tashqari soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiriladigan ob'ektning nomi, tekshiruvning maqsadlari, tekshiriladigan davr (taftish uchun), tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori;
davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |