1.1.Korxona yoki tashkilot haqida umumiy ma'lumot
1.Umumiy qoidalar Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi "InTech NamMQI" unitar korxonasining (bundan buyon matnda "unitar korxona" deb yuritiladi), mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6079-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son qarori hamda Namangan muhandislikqurilish instituti Nizomi asosida va ularga muvofiq ishlab chiqildi.
1.1. Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshida tashkil etilgan "InTech NamMQI" unitar korxonasi ("InTech NamMQI" UK) mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ekt bo'lib, to'la xo'jalik hisobi va o'zini-o'zi mablag'bilan ta'minlash printsipiga asoslangan. "InTech NamMQI" unitar korxonasi ("InTech NamMQI" UK) Namangan muhandislik-qurilish instituti ("ta'sischi") Kengashi Majlisining 8-sonli bayonnomasidan asosan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, sanoat, qishloqxo'jaligi hamda fuqaro binolarini loyihalash, qurish, qurilish-ta'mirlash, pardozlash, me'morchilik, dizaynerlik ishlarini amalga oshirish, landshaft loyihalash ishlarini amalga oshirish, shahar va qishloq hududlarini bosh rejalarini ishlab chiqish, qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va sotish, zamin va poydevorlarni mustahkamlash hamda ta'mirlash bo'yicha maxsus ishlarni bajarish, muhandislik-geologik qidiruv izlanishlarini olib borish, me'yoriy xujjatlarni va loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, mutaxassislarning malakasini oshirish, yangi usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilishga doir ishlarni bajarish va xizmatlarni ko'rsatish, axborot va joriy qilish xizmatlari ko'rsatish maqsadlarida tashkil qilindi. "Unitar korxona" va "ta'sischi" o'rtasidagi munosabatlar ta'sis shartnomasi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
1.2. "Unitar korxona" o'z faoliyatini ta'sis shartnomasiga muvofiq amalga oshiradi. "Unitar korxona" har qanday davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlari va korxonalari hamda ayrim fuqarolik-xuquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega bo'lib, ular bilan munosabatlarni shartnomalar asosida yo'lga qo'yadi.
1.3."Unitar korxona" o'z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va xususiy nomulkiy tuzilmalar: vakolatxonalar, agentliklar, idoralar, do'konlar, filiallar va boshqa qisman hamda to'liq mustaqil bo'linmalarga egalik qilish 3 huquqiga ega bo'lib, ular haqidagi qoidalarni tasdiqlaydi, bir yo'la bir necha faoliyat turini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |