Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath



Download 213,06 Kb.
bet135/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

Mantiqiy mushohada uchun


  1. Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) ga bo‘linadi?

  2. Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki subyektiv?

  3. Qorong‘ulik va yorug‘liq so‘zlarining izohini lug‘atdan kuzatib, qiyoslang va talaba Eynshteyn fikriga munosabat bildiring.


Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:

  1. ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);

  2. sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).

O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:





11 Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. М.: Наука, 1980.

  1. ho‘l mevaning bir turi;

  2. shu mevaning quritilgani; d)shu mevani beradigan daraxt.

Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin (18-jadval):

18-jadval

SEMEMA


Tushuncha

Tushuncha

Tushuncha

TUSHUNCHA



Semema

Semema

Semema

Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.

Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha ifodalanadi: “Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki yordamchi leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha” (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet). Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq.

Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan

kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.

Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may qolishi” ta’kidlanadi.

Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.


Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish