Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi. Reja



Download 314,57 Kb.
bet23/93
Sana12.01.2022
Hajmi314,57 Kb.
#353758
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.

Populyatsiya strategiyasini tushunmoq uchun, populyatsiyadagi turlarni alfavitining bosh harflari bilan belgilab olaylik. Populyatsiyadagi juda tez ko`payuvchi turlarni T, nisbatan kam ko`payuvchi turlarni K tur­lar deb olaylik. Demak, bu misolimizda muvofiq ravishda T-strate­giyali va K-strategiyali turlar deb ataladi.

T - strategiyali turlar tez ko`payish qobiliyatlari natijasida yangi yashash sharoitlarini yoki bo`lmasa eskidan buzilgan yashash joylarini zudlik va tezkorlik bilan ishg`ol etadilar yoki qayta egallaydilar. Bu­zilgan joylar deganda tog` jinsli joylar, kesilgan o`rmonlar, bu­zilgan o`tloqlar e`tiborga olinadi. T-strategiyali turlar tez ko`payib, nasl qoldirib ana shunday joylarni tez osonlikcha egalla­shadi, K-strategiyali turlar esa - raqobatliroq bo`lib, keyinchalik T-strate­giyali turlarni yashash joylaridan osonlikcha siqib chiqaradilar.

T-strategiyali turlar ko`pincha bakteriyalar va hasharotlarda uchrasa, umurtqali hayvonlar va daraxtlar singari katta takomillashgan orga­nizmlar uchun esa K-strategiyali turlar mansubdir. Ba`zi bir guruh, jumladan o`sha hasharotlar va umurtqalilar orasida ham har xil strate­giyali turlar uchrashi ham mumkin. Masalan qushlar orasida keng bargli o`rmonlarda yashovchi Lazoryovka qushi tez ko`payish xususiyatiga ega bo`lib, T-strategiyali tur hisoblanadi. Bu kichik qushcha bo`lib tez ko`payadi, ko`p tuxum qo`yadi. Bir mavsum mobaynida o`zining sonini ikki barobar ko`paytiradi. Biroq qushlar orasida K-strategiyali turlar ham bor bo`lib, bularga Kondor va Al`batroslar kiradi. Ularning qanotlari 3 metrdan ortiq bo`lib, ikki yilda bittadan tuxum qo`yib juda sekin ko`payadi. Al`batros boshqa qushlarga qaraganda ancha keyinroq, ya`ni 9-11 yoshda jinsiy balog`atga etadi.

Xuddi shunday strategiyali turlarni gulli o`simliklar vakillari orasida ham uchraydi. Chunonchi, qoqi o`ti, ajriq, assalomalaykum, sho`ra, ituzum va shu kabi o`simlik turlari T- strategiyali turlar bo`lib, ular tez ko`payadilar, ko`p urug` va ildizpoyalar hosil qiladilar. Yangi yashash sharoitlarini tezlikda ishg`ol qiladilar. K – strategiyali tur­larga esa yo`qolish arafasida turgan angishvori, lolalar, anzur piyoz­larni, O`zbe­kiston chinni guli va Zarafshon archalarini kiritish mum­kin.

Odatda bir tur populiyatsiyasida dinamik o`zgarishlarni kuzatish qiyin va u kamdan - kam o`rganilgan. Turlararo populiyatsiyalar ta`si­rini o`rganuvchi ma`lumotlar etarli. Bu turlararo munosabatlarga raqobatlilik, parazitizm, yirtqichlik va hokazolar kiradi. Shu sa­babli jamoa ekologiyasini o`rganishda ekologik taxmonni tahlil qilish muhim kasb talab etadi.

Jamoada yashovchi har xil tropik darajada bo`lgan populyatsiyalar bir-birlariga o`zaro ta`sir etib turadi. Masalan, o`txo`r hayvonlarning o`simliklarga, yoki yirtqichning o`z o`ljasiga ko`rsatgan ta`siri yoki para­zitning xo`jayiniga ta`siri va hokazolar. Bundan tashqari populyatsiya­larning o`zaro boshqa xil munosabatlari ham bo`ladi. Masalan, Simbioz yashovchi organizmlarda ikki tomon ham foyda ko`radi.

Hatto populyatsiyadagi bir turga mansub individlar orasida ham o`zaro ta`sir ma`lum darajada sezilib turadi.

a) O`simlikxo`rlik Agar yirtqich birlamchi konsument (odatda hayvon), o`lja birlamchi produtsent (o`simlik) bo`lsa, bunda ikkita popu­lyatsiya orasidagi munosabat o`simlikxo`rlik deyiladi. Barcha o`txo`r hay­vonlar bunga misol bo`la oladi. Agar populyatsiyalardan bittasi ajratib chiqargan mahsulotlar (moddalar) ikkinchi raqobatdagi turlar uchun za­rarli bo`lsa, bunday holatdagi o`zaro munosabatlarga allelopatiya yoki antibioz deyiladi. Demak bunda ikki populyatsiya orasidagi munosabat + , - tipda bo`ladi.

b) Yirtqich – o`lja munosabatlari. Turlar orasida bo`ladigan o`zaro munosabatlarni laborotoriya sharoitda o`rganish mumkin. Buning uchun laborotoriyada tabiiy sharoit modelini yaratiladi. Bunga misol qilib bir-biriga o`zaro ta`sir ko`rsatadigan «yirtqich-o`lja» modelini olish mumkin. Chunonchi, ikkita kanadan bittasi (Tyhlodromus) yirtqich, ikkin­chisi esa (Eotetranyshus) – o`txo`r. Bu kanalarning ko`payish tsikli bir-biridan farq qiladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. "O`lja" soni­ning ko`payishi yirtqichlar populyatsiyasini so`zsiz ko`paytiradi, bu esa o`z navbatida "o`lja" kana sonining keskin kamayi­shiga olib keladi. Demak, undan so`ng esa yirtqich kanalar soni ham o`z-o`zidan kamayadi.

Yirtqich kanalar sonining kamayishi "o`lja" kanalar sonining yana qayta ko`payishiga imkon tug`dirgan taqdirdagina ularning tsikli tu­gaydi. Har bir tsikl bir nechta avlodni o`z ichiga oladi. Modelda olin­gan bu xulosaga asoslanib, tabiiy sharoitda ham xuddi shunday xulosa qilish qiyin, chunki tabiatda boshqa omillar ham rol` o`ynashi mumkin. Biroq ta`kidlash lozimki, tabiiy sharoitda ham populyatsiyalar turlari orasida tsiklik tebranishlar so`zsiz kuzatilib turiladi.

Parazitlar, yirtqichlar va o`simlikxo`rlar iste`mol qilinadigan po­pulyatsiya individlariga ularni eyish yoki ularga nisbatan zararli modda­lar ajratish yo`li bilan katta zarar keltiradilar. Natijada bu xildagi popluyatsiya individlari soni kamayadi yoki toksik moddalar ta`siri na­tijasida populyatsiyalarning o`sish tezligi pasayadi. Biroq yirtqichlarsiz, zararli toksik moddalarsiz populyatsiya hamma vaqt ham yaxshi holatda bo`ladimi? Bu bir tomoni, ikkinchidan, ikkinchi bir po­pulyatsiya individ­larini eyishdan faqatgina yirtqichlar foyda ko`radimi?

Bu savollarga javob tariqasida shuni ta`kidlash mumkinki, yirtqich va parazitlar o`zlarining o`ljalarini mutlaqo yo`qotishga moslashmagan­lar, aks holda o`zlarining yashash sharoitini yo`qotgan bo`lar edilar. De­mak, yirtqich va parazitlar populyatsiyalarning zichli­gini normal ta`minlab turadilar.

Bunga misol, Peopold (1943) ma`lumotiga ko`ra Arizon shtatining katta Kan`on hududidagi 280000 gektar maydonda 1907 yilda hammasi bo`lib 4000 ta bug`i yashagan, bug`ilar bilan ovqatlanadigan yirtqichlarga (bo`rilarga) qarshi ashaddiy kurash tashkil qilingandan so`ng yirtqichlar keskin kamayib ketgan. Natijada bug`ilar tez ko`payib 1924 yilga kelib, ularning soni 100.000 ga etgan (Koli, 1970). Ko`paygandan keyin o`tka­zilgan kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, em – xashak etishmas­ligi natija­sida bu bug`ilar arriqlab, kasallangan vakillari juda ko`payib ketgan. Oqibatda bug`ilarning ko`pchiligi qirilib ketib maz­kur sharoitda popu­lyatsiya individlari yashash imkoniyati bor miqdorda saqlanib qolganlar. Bunda tabiiy tanlanish o`zining ta`sirini ko`rsatgan.

Yuqori o`simliklar ajratib chiqaradigan ingibitorlar jamoa suk­tsessiyalar tezligiga hamda jamoaning tur tarkibiga jiddiy ta`sir etib turadi. Kuchli va dominantli allellopatik munosabatlar, bir xil ja­moalarda tur tarkibining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi bir ja­moada esa kimyoviy adaptatsiyalanish, ya`ni moslanish natijasida tur­larning turli-tumanligiga olib kelishi mumkin.

Antibioz faqatgina yuksak o`simliklardagina uchramasdan, u mikro­or­ganizmlarda ham ko`p bo`ladi. Chunonchi, penitsillin ingibitorni ajra­tuvchi penitsill zamburug`i bunga misol bo`la oladi. Penitsillin prepa­rati hozirgi kunda antibiotik modda sifatida meditsinada keng ishla­tilmoqda.


Download 314,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish