Taklif #2. To’g’ridan to’g’ri sotuv taklifi
90% bizneslarning ijtimoiy tarmoqlari xuddi shunday to’g’ri-
dan to’g’ri sotuv takliflaridan iborat.
Bunday takliflar ishlaydi - biz buni deyarli har kuni mijozlarim
-
iz va o’zimiz uchun ham amalga oshiramiz.
Lekin…
Strukturani noto’g’ri qo’llash obunachilarni zeriktirib,
sotuvlar-
ga, aksincha, negativ ta’sir qilib qoladi.
Yuqoridagi 90% bizneslarning sovuq auditoriyaga to’g’ri-
dan-to’g’ri sotishlarida mana shunday xatolik takrorlanadi -
deyarli har kuni.
Xo’sh, qanday qilib sovuq auditoriyaga to’g’ridan to’g’ri
sotuv
taklifi berib, ularni sotib olishga undash mumkin?
Buning uchun siz sotuv postlaringizda quyidagi uch jihatning
mavjud ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak:
- Taklifingiz maxsus va boshqa raqobatchilaringiz berayot
-
gan taklifdan farq qiladigan bo’lishi kerak;
- Taklifingiz maxsus
narxda taklif qilinishi kerak;
- Pozitsiyalashda ham boshqa joyda uchratish qiyin bo’lgan
taklif sifatida pozitsiyalanishi kerak.
OBSESS
Bet 15
Aslida, sovuq auditoriyaga to’g’ridan-to’g’ri sotuv taklifi ber
-
ishda biz bilgan muhim bir qoida bor:
“Sovuq auditoriyaga mahsulot yoki xizmatingizni to’g’ri-
dan-to’g’ri sotib olish taklifini berish - bu xuddi barga kirib,
istalgan begona qizga turmushga
chiqish taklifini berishga
o’xshaydi”
Lekin…
Siz taklif qilayotgan narsa boshqalarning e’tiborini tortish
xususiyatiga ega bo’lsa va ular uchun eng yaxshi taklif
bo’lsa…
Bu usul ishlaydi.
Oltin qoida #3 - Takliflaringizni qabul qilishni
kechiktirish mumkin bo’lmasin
Bu nima degani?
Juda ham ko’pchilik SMM menejerlar va biznes egalari ijti-
moiy tarmoqlardagi postlarni bir oy oldindan rejalashtirishadi.
...Va postlarning chiqishini avtomatlashtirib qo’yishadi.
Bu esa obunachilaringizning postlaringiz chop etilgan vaqtda
o’zlari kirib, taklifingizni ko’rib sotib olishlariga undamaydi.
OBSESS
Bet 16
Sizning
takliflaringiz aniq va
“deadline” (tugash muddati)ga
ega bo’lishi kerak.
Bu esa obunachilaringizni taklifingizni qabul qilishni ortga
surishiga yo’l qo’ymaydi.
Odamlarning eng yomon ko’rgan narsasi bu - qaror qabul
qilish. Ularning o’ziga qo’yib
bersangiz, hech qachon qaror
qabul qilishmaydi.
Siz ularga qaror qabul qilishni osonlashtirishingiz va hoziroq
qaror qabul qilishlariga kerak bo’lsa... majburlashingiz kerak.
Buning uchun “FOMO (fear of missing out)”, ya’ni
taklifni
yo’qotishdan qo’rqish hissini uyg’otish kerak.
Bu esa taklifning tugash vaqtini aniq ko’rsatish bilan amalga
oshiriladi.
Bu yerda siz bilgan bir namuna keltiramiz. Biror narsani xarid
qilayotganingizda, agar hozir xarid
qilsangiz chegirma narx-
da xarid qilish imkoniyatini qo’lga kiritishingiz mumkin degan
shartga guvoh bo’lgansiz.
Agar sizga u mahsulot yoki xizmat haqiqatda kerak bo’lsa,
siz uni o’sha zahoti sotib olasiz.
Chunki, olishingiz aniq bo’lgan narsani kechiktirish orqali
qimmat narxga xarid qilishni istamaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: