G c = s , bu erda
G - YAIMning xaqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamg’arish xajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik, S /Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamgarishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati
cr – talab etiladigan capital talabchanlik koeffitsenti ( ketgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari xam doimiy bo’ladi.
Agar xaqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqkaror dinamik muvozanati to’lik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’zaro teng bo’lganda ta’minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
R.Solouning neoklassik iktisodiy o’sish modeli. Neoklassiklar keynschilardan farqli o’laroq iqtisodiy o’sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o’sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta’minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq xolatini qamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o’sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so’ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o’sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya’ni
Y= f( L,K,N),
modelda yukori texnik rivojlanish bosqichida yerning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish fakaq mexnat resurslari va kapitalga bog’lik deb olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |