Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Abdusamatov A. Organik kimyo. Toshkent, 2005.
2.Ahmedov K.N., Yo‘ldoshev X.Y. Organik kimyo usullari / Toshkent. – Universitet. – 2003. – 252 bet.
3. Shoymardonov R.A. Organik kimyo. Savol, masala va mashqlar/Toshkent. - O’qituvshi. - 2008.
4.Asқarov M.A., Ismoilov I.I. Polimerlar kimyosi va fizikasi. T,,2004 y, 294 b.
5. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat T., Moliya, 2003 . -192 b.
Keys topshiriғi
1. Hozirgi kunda Respublikamizda polimer ishlab chiqarish zavodlari mavjudmi.
2. Kelajakda qanday istiqboli rejalar davlatimiz tomonidan qo’yilmoqda.
Keys yechimi - 1
O’qituvchi yechimi.
Polietilen qovurlarga sanoat ishlab chiqarishida va qurilishda talab yildan yilga o’sib bormoqda. Shu sababli polimer asosida olinayogan tovarlarini o’zimizda sifatli ishlab chiqarish zaruriyati mavjud. Shu sababli “ Sho’rtan gaz “va “Nukus gaz “ gazni qayta ishlash komlekslari qurildi. Sho’rtan gaz kompleksida polietilen olinib, uni polimerlash asosida poli- etilen qovurlari olinmoqda. “Nukus gaz “ kopleksida propilen olinadi. Propilen polimerlash asosida polipropilen qovurlari olinadi.
Keys yechimi - 2
O’qituvchi yechimi.
Kelajakda polietilendan sintetik tola olish usullari ham ishlab chiqiladi. Bunday tola namlikni yutmasligi tufayli , ularni faqat texnika ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Polipropilendan xossalari jihatidan pishiq sitetik tolalardan qolishmaydigan kimyoviy tola ishlab chiqarish mumkinligi isbotlandi.
Kimyoviy diktant
1. Tarkibi bir xil,molekulyar massasi bir xil, lekin tuzilishi har xil va shu sababli xossalari har xil bo’lgan moddalarga ...................deyiladi.
2. Bir xil molekulalarning ketma ket o’zora birikib, yuqori molekulyar massali birikmalarining hosil bo’lishiga ..............deyiladi.
3. Molekulasida bir biri bilan qo’sh bog’ yoki uch bog’ bilan bog’langan uglerod tomlari tutgan uglevodorodlarga ..............deyiladi.
4. To’yinmagan uglevodorodlarda birikish reaktsiyasida vodorod atomi qo’sh bog’dagi kam .............. uglerod atomiga, galogen esa ko’p ..................uglerod atomiga birikadi.
5. Molekulasida qo’sh bog’ tutgan uglevodorodlarga birikish reaktsiyasi ....................... qoidasi bo’yicha sodir bo’ladi.
6. Organik moddalarni sistematik nomenklantura bo’yicha nomlash qoidalari 1892 yili ................... shaxrida qabul qilindi .
7. Tarmoqlangan zanjirli to’yingan uglevodorodlarni nomlash uchun tarmoq zanjirning qaysi uchiga yaqin bo’lsa , shu tomonidan boshlab uzun uglerod zanjiridagi uglerod atomlariga son qo’yiladi. Dastlab radikal tutgan uglerod atomi nomeri, keyin radikal nomi, keyin uzun zanjirdagi uglevodorod nomi aytiladi. Bunday nomlash ......................nomenklantura deyiladi.
8. 1881 yili russ olimi ...................atsetilenga suv birikish reaktsiyasini katalizator sifatida simob (II ) - sulfat ishtirokida amalga oshirdi. Reaktsiya maxsulotadi sirka aldegidi hosil bo’ldi.
9. To’yingan uglevodorod molekulasi hosil bo’lishida uglerod atomlari ........ ., alkenlarda ....... va alkinlarda ........gibridlanishga uchraydi. Kimyoviy bog’lar .........., ..........., va ............ valent burchak bo’ylab fazoda joylashadi.
10. Krekinglash jarayonida juda ko’p gazlar (krekinglash gazlari ) hosil bo’ladi. Ular tarkibida ,asosan, ............ va ............. uglevodrodlar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |