Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash


-§. Suv obyektlari muhofazasini ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari



Download 196,16 Kb.
bet55/63
Sana30.06.2022
Hajmi196,16 Kb.
#719376
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Bog'liq
e-k-m

3-§. Suv obyektlari muhofazasini ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
21. Suv obyektlarini muhofaza qilish maqsadida:
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sanitariya-muhofaza zonalari hududlarida xavfli obyektlarni joylashtirish;
xo‘jalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliqchilik xo‘jaligiga mo‘ljallangan maqsadlarda foydalaniladigan suv obyektlariga, joy relyefiga, shuningdek, yer osti suvli gorizontlariga hamda sug‘orish maydonlariga tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqava suvlarni tashlash;
shahar va posyolka kanalizatsiya tizimlariga mahalliy tozalash inshootlarida oldindan tozalamasdan kanalizatsiya tizimiga qabul qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
kanalizatsiya tizimlariga tarkibida hali aniqlash usullari belgilanmagan moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
oqava suv tozalashning talab etiladigan uskuna va inshootlari va ularni nazorat qilish vositalari bilan jihozlanmagan xo‘jalik va boshqa faoliyatning statsionar obyektlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
suv obyektlarining yuzasidagi o‘zi yurar va o‘zi yurmaydigan kemalar, shuningdek, boshqa obyektlardan ularda hosil bo‘ladigan oqava suv va chiqindilarni to‘plash moslamalarisiz foydalanish;
suv obyektlariga ishlab chiqarish, maishiy va boshqa chiqindilarni tashlash, shu jumladan suv obyektlari va ularning sohillarini chiqindilar bilan ifloslantirish;
ruxsat etilmagan joylarda oqava suvlarning cho‘kindilarini saqlash yoki joylashtirish;
oqava suvlarning suv obyektlariga va joy relyefiga ko‘plab chiqarilishi;
ichimlik, xo‘jalik-maishiy va davolash maqsadlarida foydalaniladigan yoki foydalanish uchun istiqbolli bo‘lgan yer osti suvlarini to‘yintirish va olish sohasida kimyoviy, bakteriologik yoki radiatsiyaviy ifloslanish manbai bo‘lgan chiqindilarni ko‘mish, axlatxona, qabriston, chorva mollari qabristonlari va boshqa obyektlarni joylashtirish;
ichimlik suvi sifatiga ega bo‘lgan yer osti suvlaridan boshqa ehtiyojlar uchun asossiz foydalanish;
burg‘ulash jarayonida hosil bo‘ladigan oqava suv va shlamlarni tashlash uchun loydan qurilgan turli himoyalanmagan omborlar, to‘plagich hovuzlar, shuningdek, karstli voronkalar va boshqa chuqurliklardan foydalanish;
foydali qazilmalarni qazib olish, suv sathini pasaytirish ishlari, meliorativ yerlarda drenaj tizimlarini qurish va ulardan foydalanish paytida yer osti suvlarini ifloslantirish;
dalalarning drenaj suvlarini va aholi punktlari hududlarida jala yomg‘ir oqava suvlarini jarlik va soyliklarga chiqarib tashlash;
markazlashtirilmagan suv ta’minotida ishlatiladigan yer osti suvlari to‘planadigan joylarda zaharli kimyoviy vosita va o‘g‘itlarni qo‘llash va saqlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarini ushbu yerlar va yer osti suvlari holatiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki salbiy ta’sir ko‘satishi mumkin bo‘lgan oqava suvlar bilan sug‘orish.
22. Faoliyati natijasida oqava suvlar hosil bo‘ladigan xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar:
ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlari va joy relyefiga tashlash normativlariga rioya etilishini, shuningdek, ularni kamaytirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
er usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv miqdori hamda sifati, shahar suv ta’minoti tizimi yoki boshqa korxonaning suv ta’minoti tizimidan olinadigan suv hajmi hisobini, shuningdek, oqava suvlar tashlamalari (er usti suv obyekti, joy relyefi, kanalizatsiya tizimi, alohida qazilgan o‘ralar, parlanish maydonlari, filtrlash maydonlari, sug‘oriladigan dehqonchilik dalalariga va boshqalarga) hisobini yuritadi;
oqava suvlarni tozalashga mo‘ljallangan uskunalar va inshootlardan foydalanish qoida va rejimlariga rioya qiladi;
xomashyo, ishlab chiqarish mahsulotlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish chiqindilari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni saqlash idishlarining suv o‘tkazmasligini ta’minlaydi;
tuproq yuzasidagi ifloslangan suvlarning yer osti suv gorizontlariga sizib o‘tishining oldi olinishini ta’minlaydi;
neft va neft mahsulotlarini to‘plash tizimlarining germetikligini ta’minlaydi;
foydalanib bo‘lgan karyerlarning rekultivatsiya qilishni ta’minlaydi.
23. Shahar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlariga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida dastlab tozalamasdan:
abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjalarga tiqilib qoladigan yoki quvurlar, quduqlar devorlarida, panjaralarda o‘tirib qoladigan (metall zaki, to‘pon, ohak, qum, gips, metall qirindilari, hayvon qoldiqlari hamda kelib chiqishi organik bo‘lgan chiqindilar) moddalar, qurilish va maishiy chiqindilar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik chiqindilari bo‘lgan ishlab chiqarish oqavalarining;
kommunal-ekologik normalarda belgilanmagan shartli toza oqava suvlarni, tarkibida bo‘yoqlar bo‘lgan oqava suvlarni, sanoat korxonalar maydonlarida (yomg‘ir, qor va muz erigan, sug‘orish-yuvish suvlari) hosil bo‘ladigan yuza oqava suvlarni, ishlab chiqarish maydonlari va hududlarning (kanalizatsiya tizimiga umumiy yoki alohida tashlanadigan) sizot suvlar sathi pasaytishi tufayli hosil bo‘ladigan drenaj suvlarning;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarining quvurlari va texnologik kommunikatsiyalariga yemiruvchan ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, ishlab chiqarish oqava suvlarini biologik tozalashga to‘sqinlik qiluvchi konsentratsiyadagi zararli moddala, xavfli bakteriologik ifloslantiruvchi moddalar, erimaydigan ishlab chiqarish neft mahsulotlari, biologik jihatdan qiyin oksidlanadigan organik, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, shuningdek, mineral moddalarning;
suv obyektiga kelib tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalar hajmi va miqdorining ruxsat etilgan belgilangan normalaridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari, harorati 40°C dan yuqori, suv muhitining ko‘rsatkichi rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori bo‘lgan, kisloroddagi kimyoviy ehtiyoj darajasi (KKE) kisloroddagi biologik ehtiyojga (KBE5) nisbatan 2,5-martadan ortiq bo‘lsa yoki KBEto‘liq 1,5-marta – 500 mg/l.dan oshmaydigan, muallaq va qalqib chiquvchi moddalar 500 mg/l dan ortiq konsentratsiyalardan oshuvchi, kanalizatsiya tarmoqlariga tashlamalarning ruxsat etilgan cheklangan limitlari belgilanmagan moddalari bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining;
kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt vodorodi, oltingugurt uglerodi, tsianidvodorodli kislota, oson uchuvchan aromatik uglevodorodlar bug‘lari va boshqalar) hamda boshqa portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan, zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qo‘r va kub eritmalarni hosil qilishga qodir bo‘lgan kislota, qaynoq aralashma, toksik va gazsimon moddalarni, xususan, erituvchilar (benzin, dietilli efir, dixlormetan, benzol va boshqalar) bo‘yoqlar, shuningdek, tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan oqava suvlarning tashlanishi taqiqlanadi.
24. Tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini qabul qilish uchun maxsus kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmaganda, ular shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashning radioaktiv xavfsizlik normalari va sanitariya qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
25. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlarida o‘zaro ta’siri emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi bo‘lgan gazlar, shuningdek, katta miqdordagi erimaydigan moddalarni (misol uchun, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzlari va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfidi va tarkibida ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari) hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 196,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish