Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash


keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini kuchaytirish



Download 196,16 Kb.
bet46/63
Sana30.06.2022
Hajmi196,16 Kb.
#719376
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
e-k-m

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini kuchaytirish;

  • keng tarqalgan foydali qazilmalarning muhofaza qilinishi
    va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;


  • atrof-muhitni muhofaza qilish, keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish va ulardan foydalanish sohasida davlat nazoratining samaradorligini ta’minlash;

  • tabiiy resurlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish, shu jumladan keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirishga хizmat qiladi.

    Aksavli TUMIShOVA,
    Aliya YuNUSOVA 
    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,
    OʻzXDP fraksiyasi a’zolari.
     
     
    1Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot, Moliya, Qishloq va suv хoʻjaligi, Adliya vazirligi, “Sanoatgeokonteхnazorat” davlat inspeksiyasi, Geologiya
    va yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.

    Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/foydali_qazilmalarni_qazib_olishning_belgilangan_tartibini_buzganlik_uchun_javobgarlik_kuchaytiriladi


    O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish. O’zbekiston zamini turli tabiiy minyeral boyliklarga ega. Bu hol hududning geologik jihatdan uzoq o’tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarni boshdan kechirganligi, ilk bor tog’ hosil bo’lish hodisalarini, dengiz havzalarining vaqt-vaqti bilan quruqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro’y byerganligi, vulqon harakatlari, yer osti magmatik jinslarni turli qatlamlarga kirib, qotib qolishi va boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog’liq.
    Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda 2700 dan ziyod qazilma boylik konlari va istiqbolda ochilishi mumkin bo’lgan yangi konlar aniqlangan. Ushbu konlarda yer yuziga yaqin joylashgan xilma-xil minyeral xom-ashyolar mavjud. Ularning 60 hilidan iqtisodiyotda foydalanilmoqda. O’zbekistonning umumiy minyeral xom-ashyo salohiyati 3,3 trl. AQSh dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati 5,5 mlrd.. AQSh dollariga teng bo’lgan turli qazilma boyliklar qazib olinadi.
    Bir qator muhim foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, kaliy tuzlari, fosforidlar, kaolin bo’yicha O’zbekiston zahiralarining ko’pligi va istiqbolda foydalanish bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari balki, jahonda oldingi o’rinlarni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha dunyoda 4- o’rinni, qazib olish bo’yicha esa 7-o’rinni egallaydi, mis bo’yicha 10-11-o’rinni, uran bo’yicha esa 7-8-o’rinni egallaydi (Karimov, 1997). Tabiiy gazning umumiy zahirasi qariyb 2 trln. m3, ko’mirniki 2 mlrd.. t. dan ziyodroq. Mutaxassislarning dastlabki baholash natijalariga ko’ra mamlakat hududining taxminan 60% qismi neft va gaz zahiralari bilan band.
    O’zbekiston hududida Farg’ona, Surxondaryo, Janubi-Farbiy Hisor, Buxoro-Xiva va Ustyurt neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi vaqtda eng ko’p neft va tabiiy gaz Buxoro-Xiva neft-gaz rayonida-O’rtabuloq, Ko’kdumaloq, Sho’rtan, Toshli, Sho’rtepa, Zevar va boshqa ularga yaqin bo’lgan konlardan qazib olinmoqda. Birgina Qashqadaryodagi gaz konlari butun respublikada qazib olinayotgan tabiiy gazning 90%ini etkazib byermoqda. Keyingi vaqtlarda Ustyurt platosi va Orol dengizining suvdan bo’shab qolgan qismida neft va gaz konlarini qidirish ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu hududlarda tabiiy gaz va neft konlari ochilishi mumkinligiga mutaxassislar katta ishonch bilan qaramoqdalar (hozirgacha Shohpaxta, Urga, Byerdaq, Shibinli, Qizilqayir, Oqshuloq, Qorashuloq kabi joylardagi konlar istiqbolga ega), dastlabki gaz konlari ishga tushirilgan (hozirgi kunda Urga gaz konidan kuniga 1,2 mln.. m3 gaz olinmoqda, shuningdek, har kuni 25 t. gaz kondensati qazib olinmoqda).
    O’zbekistonda 20 dan ortiq ko’mir konlari va ko’mirli havzalar aniqlangan. Ko’mirning sanoat zahiralari Angren, Sharg’un va Boysun konlarida joylashgan. Boysun (jami zahirasi taxminan 150 mln.. t.) konida ochiq usulda tosh ko’mir qazib olish boshlangan. G’uzor-Qumqo’rg’on temir yo’lini ishga tushirilishi bilan bu kondan ko’plab ko’mir olish mumkin bo’ladi.
    O’zbekiston noyob va nodir metallar-oltin, kumush, uran va boshqalar qazib olish bo’yicha oldingi o’rinlarni egallaydi. Oltinning umumiy zahirasi 4 ming t. dan ko’p, respublikada tarkibida oltin va kumush mavjud bo’lgan 30 dan ortiq ruda konlari topilgan. Yirik oltin konlari Muruntov, Marjonbuloq, Qurama va Chotqol tizma tog’larida topilgan. Kumush Qizilnura tarmoqlarida, Qizilqumda katta zahiralarga ega. Odatda oltin boshqa elementlar bilan birga uchraydi.
    Rangli va nodir metallar–mis, qalayi, qo’rg’oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom-ashyosi(alunitlar,kaolinlar) va boshqalardan iborat. Mis rudasi Qurama tog’larida Qalmoqqir, Saricheka, Qizota konlarida, volfram, molibden, qalayi, vismut, simob, surma Janubiy va O’rta Tyanshandagi Qoratepa, Langar, Qo’ytosh, Ingichka, Yaxshon, Sargardon va boshqa joylarda mavjud, 20 ta molibden koni aniqlangan. Vismut rudasi, mishyak-vismut, mis-vismut konlari Chotqol-Qurama tog’larida (Burchmulla, O’rtasaroy) bor. Janubiy Farg’onada 100 dan ortiq simob va 10 dan ziyod surma konlari mavjud.
    Qora metallar (temir,titan, marganets va xrom)ning bir necha yuz konlari mavjud. Ulkan titan marganetsli kon Sulton Uvays tog’larida (Tepabuloq, zahirasi 4 mlrd.. t.), Nurota tog’larida, marganetsli cho’kindi konlari Zarafshon-Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan.
    Tog’-kimyo sanoati xom-ashyosi bo’lgan fosforitlar (Qizilqum), osh tuzi va boshqa tuzlarning katta zahiralari Borsakelmas, Xo’jaikon, Boybichakon va boshqa joylarda aniqlangan. Qurilish matyeriallarning 370 dan ortiq koni borligi hisobga olingan. Oq, qora, qizg’ish, marmar konlari ishga tushgan. Geologiya qidiruv ishlari keng miqyosda jadallik bilan davom ettirilmoqda, istiqbolda yangi konlarning topilish ehtimoli katta.

    Download 196,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish