Oqimchali (injekstion rejim). Agar gaz tezligi yanada oshirilsa, gaz oqimchasining uzunligi ko’payadi va u barbotaj qatlamidan chiqib qoladi. Shu bilan birga, barbotaj qatlam buzilmaydi va ko’p miqdorda yirik tomchilar hosil bo’ladi. Bunday rejimda fazalarning to’qnashish yuzasi keskin ravishda kamayib ketadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bir rejimdan keyingisiga o’tish asta-sekin bo’ladi. Barbotajli tarelkalar gidravlik rejimlari chegarasini hisoblashning umumiy usullari shu kungacha yaratilmagan. Shuning uchun ham, tarelkali absorberlarni loyahalashda tarelka ishlashining pastki va tepa oraliklari uchun hisoblash yo’li bilan topiladi. So’ng esa, gazni ishchi tezligi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |