SHOH VA SHOIR BOBOMIZ
Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz shoh, shoir, mohir sarkarda, g`avvos, Boburiylar sulolasi hamda “ Xatti Boburiy” alifbosining asoschisi hisoblanadi. Asl ismi Zahiriddimn Muhammad ibn Umarshayx Mirzo bo`lib, Bobur uning taxallusi. Bobur so`zi – sher, arslon degan ma’nolarni angatadi. Ul zot 1483-yilning 14-fevralida Andijon viloyatida tug`ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) Farg`ona, Xo`jand, O`ratepa hamda Sayramning hukmdori edi. Onasi Qutlug` Nigorxonim Mo`g`uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk Sohibqiron Amir Temurning o`g`li Mironshoh nabirasi bo`lmish Abu Said Mirzoning nabirasi hisoblanadi. Otasi Umarshayx Mirzo 1494-yilda vafot etadi. Hokimiyat uning katta o`g`li o`n ikki yoshli Bobur Mirzo qo`liga o`tadi. Yosh hukmdor davlatni onasi Qutlug` Nigorxonim va ishonchli beklardan bo`lmish Hojiqozi yordamida idora etardi. Uning maqsadi bobosi Amir Temurning Samarqanddagi taxtiga o`tirish edi. Bobur MIrzo bunga erishdi, ammo o`zaro ichki nizolar tufayli taxtni qo`ldan boy berdi. 1500-1501-yillarda yana uch bor Samarqandga yurish qildi. Bu paytda Samarqandda Shayboniyxon hukmronlik qilardi. Bobur uni o`z yurtiga qaytarib yuborish ilinjida ikki bor muvaffaqiyat qozonib, so`nggi hal qiluvchi jangda mag`lubiyat alamini chekdi. So`ngra 1504-yilda Kobulda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Bu orada Bobur tomonidan go`zal ruboiylar bitildi. Zahiriddin Muhammad Bobur 120 dan ortiq g`azal, 210 dan ortiq ruboiy, 10 dan tuyuq, qit’a, fard, 150 dan ortiq muammo yozgan. Uning mavzusi hayotga muhabbat, vatan sevgisi va hijron va g`urbat azobi haqida edi.
Bobur ikki she’riy to`plam yozadi. Uning faqat bittasi bizgacha yetib kelgan. Bizning qo`limizda uning to`rt yuzdan ortiq she`ri bor. Boburning yoshligi Andijon va Axsi shaharlarida o`tgan. Barcha temuriy shahzodalar kabi Bobur ham maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o`rganadi, ko`plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Bobur serdavlat, serfarzand ota hisoblanadi. U Gulbadanbegim (1522-1603), Fahr an –Nisabegim (1502-1502), Humoyun Mirzo (1508-1556), Mixr Jahonbegim, Ishan ad-Daulatbegim, Barbul Mirzo (1518-1521), Faruk Mirzo (1526-1527), Gulbargbegim, Masuma Sultonbegim, Kamron Mirzo (1509-1557), Gulizarbegim, Muhammad Askariy Mirzo (1517-1554), Sulton Ahmad Mirzo (1517-1525), Shohruh Mirzo (1522-1527), Gulrangbegim (1511/15-154-yildan keyin), Gulchehrabegim (1515/17- 1557), Abu Nosir Muhammad Hindol Mirzo (1519-1551), Alur Mirzo (1524-1529)ning otasi hisoblanadi.
Bobur haqida Javohirla’l Neru quyidagicha fikr bildirgan: “ Bobur dilbar shaxs, Uyg`onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo`lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko`rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo`lib, ko`p yaxshi fazilatlarga ega bo`lgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |